Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Belgilangan vazifalar ijrosi amalda

Soliq qo‘mitasi raisi rahbarligida, joriy yil may oyi prognoz ko‘rsatkichlari ijrosi hamda vazifalariga bag‘ishlangan Hayʼat yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda qator masalalar muhokama qilinib, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda hududiy soliq inspeksiyalari faoliyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Xususan, viloyatdagi Angren shahri hamda Parkent tumanlarida belgilangan prongoz ko‘rsatgichlarini o‘z vaqtida bajarilmaganligi, “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida soliq inspektorlari faoliyati tanqid ostiga olindi.

Soliq qo‘mitasi raisining 2024- yil 7 -iyundagi 173-sonli buyrug‘iga asosan, o‘zining asosiy ishidan ozod etilmagan holda Parkent tumani soliq inspeksiyani nazorat qilish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari A. Zulfanovga yuklatildi.

Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari A. Zulfanov Parkent tumanida bo‘ldi va soliq inspeksiyasi xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.  Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi hamda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida  35 nafardan ortiq boshqarma xodimlari jalb etildi.

Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ish taqsimlanib, jarayon bugunning o‘zida boshlandi.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari A.Zulfanov xodimlar bilan birgalikda bozor hududi atrofidagi savdo majmualarida bo‘ldi va  holatni o‘rgandi. Undirilmayotgan soliq qarzdorligi bor korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi va ularga tushuntirishlar berdi.

Natijada bugunning o‘zida 190 mln so‘m soliq qarzdorligi undirildi. Shuningdek, 126 ta nazorat kassa mashinasida ikkitadan kam chek berilgan va 200 ming so‘mdan kam kirim qilgan tadbirkorlar bilan profilaktik suhbat olib borilib, faoliyati tahlil qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda
.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-iyun

may oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

iyun oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 июня 2024 года - последний день

за май:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за июнь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции*
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#jarayon

🔰Avval xabar berganimizday, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari A. Zulfanov tashabbusi bilan Parkent tumanida ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

♻️Olib borilgan o‘rganishlar o‘z samarasini berib, bugungi kunga qadar 460 mln so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

‼️Shuningdek, 126 ta tadbirkorlik sub’ektlari bilan bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganda, 22 ta holatda nazorat kassa mashinasidan chek urmaslik hamda 100 ta holatda ONKMda
300 ming so‘mdan kam kirim qilinganligi aniqlanib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

📌Natijada KPI samaradorlik ko‘rsatgichida Toshkent viloyatining shahar va tumanlari ichida 22-o‘rinda bo‘lgan Parkent tumani 6-o‘ringa chiqib oldi.

❇️Bu boradagi ishlar davom etadi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati