Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
121 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#hamkorlik
#raqamlashtirish

Mintaqaviy o‘quv seminarining “Mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish (Markaziy Osiyo, Kavkaz va Mo‘guliston) va o'sish, shuningdek, raqamli iqtisodiyot istiqbollari" mavzusidagi birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Muhokamada XVJning Oʻzbekistondagi doimiy vakili K.Gvenetadze, Oʻzbekiston Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev, Qozog'iston Davlat daromadlari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Anuar Suleymenov ishtirok etmoqda.

Ekspertlar geosiyosiy oʻzgarishlarning soliq tizimlari barqarorligini taʼminlashga taʼsiri, samarali soliq va budjet siyosati choralari, jumladan, mintaqa mamlakatlari iqtisodiy oʻsishini jadallashtirish uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.

Bugungi kunning dolzarb mavzusi bo‘lgan mintaqaviy iqtisodiyot strukturasini qayta ko‘rib chiqish va raqamli iqtisodiyot rivojlanishini rag'batlantirishga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan soliq organlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.
_______
#сотрудничество
#цифровизация

Проводится первая сессия международного учебного семинара на тему "Развитие экономики региона (Центральная Азия, Кавказ и Монголия) и приоритетные отрасли роста, включая цифровую экономику".

Участниками обсуждения выступают представитель МВФ в Узбекистане К.Гвенетадзе, первый заместитель председателя Налогового комитета Узбекистана М.Мирзаев, заместитель председателя Комитета 
государственных доходов (КГД) Казахстана А.Сулейменов.

Экспертами рассмотрены вопросы воздействия геополитического развития в обеспечении стабильности налоговых систем, эффективные меры налогово-бюджетной политики, в том числе поддержка уязвимых слоев населения для ускорения экономического роста стран региона.

Затронута актуальная на сегодняшний день тема реструктуризации региональных экономик и стимулирования темпов развития цифровой экономики региона.

С презентациями о результатах проделанной работы по цифровизации налоговых органов выступили эксперты Налогового комитета

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik
#barqaror_rivojlanish_maqsadlari

“Daromadlarni jalb qilish va rivojlantirish dasturi – oʻrta muddatli daromad strategiyalari va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda soliqqa tortishning roli” mavzusidagi sessiyada xalqaro ekspertlar mintaqaning soliq ma’murchiligi va soliqqa tortish sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda barqaror rivojlanish maqsadlarining dolzarbligini ta’kidladi.

BMTTD soliq mutaxassislari “Soliqlar va BRM” tashabbus dasturi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Ushbu diagnostika vositasi davlat soliq siyosatini barqaror rivojlanish maqsadlari prizmasidan tahlil qilish, xususan, salomatlik va sog‘iqni saqlash, soliq va daromadlarning yig'iluvchanligini oshirishda ichki manba resurslarini safarbar qilish imkonini beradi.

Shuning bilan seminarning birinchi kuni yakunlandi, ertaga o‘z ishini davom ettiradi.
_______
#сотрудничество
#цели_устойчивого_развития

В рамках сессии "Мобилизация доходов и программа развития – роль налогообложения в достижении среднесрочных стратегий по доходам и целей устойчивого развития" международные эксперты обозначили актуальность целей устойчивого развития в реализации мер в сфере налогового администрирования и налогообложения региона (Центральная Азия, Кавказ и Монголия).

Специалистами ПРООН по налогообложению презентована инициативная программа «Налоги и ЦУР». Данный диагностический инструмент позволяет осуществлять анализ государственной налоговой политики через призму целей устойчивого развития, в частности, - здоровья и здравоохранения, мобилизации ресурсов внутренних источников для повышения возможностей по сбору налогов и доходов.

На этом первый день семинара завершен. Семинар продолжит свою работу завтра.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#barqarorlik_reytingi

Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqib beriladi


Prezident qarori bilan soliq imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalarni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqib taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

🟩Yuqori toifa
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %

🟦O‘rta toifa
▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %
.

Muhim! Mazkur yangi tartib, bugungi kungacha amalda boʻlgan imtiyozlarga taʼsir qilmaydi. Yaʼni tadbirkorlik subyektlariga bugungi kungacha berilgan va foydalanayotgan mavjud imtiyozlarga tatbiq etilmaydi.

Ma'lumot uchun. Bugungi kunda AAA toifadagi tadbirkorlik subyektlari soni oy boshiga nisbatan 304 taga koʻpayib 479 tani, AA toifadagilar soni 494 taga oshib 1 449 tani, A toifadagilar soni 718 taga oshib 2 206 tani tashkil etmoqda.

BBB toifadagilar soni esa oy boshiga nisbatan 2 990 taga oshib 11 504 taga, BB toifadagilar soni 4 544 taga oshib 26 2019 taga,
B toifadagilar 6 576 taga oshib 46 834 taga yetdi.

Shuningdek bir oy ichida eng quyi D toifasidagi 73 507 ta tadbirkorlik subyektlarining reyting koʻrsatkichlari yaxshilanib C toifasiga chiqishiga erishildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2024-yil yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 3 417 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹3 153 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹161 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹6 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹97 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 1444 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 755 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100,0 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2024-yil davomida to‘langan mukofot summalari 1003 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 618,0 mln soʻmga yetdi.
Aholi murojaatlari e’tiborsiz qolmaydi

📌So‘ngi yillarda xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tamomila yangi tizimga asos solindi.

⚡️Birgina soliq xizmati organlariga tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan turli masalalarda bildirilgan murojaatlar 24 soat davomida uzluksiz ravishda qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar aniq, qonuniy va tezkorlik bilan hal etilmoqda

Xususan, Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlariga yanvar-aprel oylarida jami 24 476 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

👨💻 21 374 tasi elektron;

💬 2 697 tasi og‘zaki ravishda yo‘llangan.

‼️Bugungi kungacha murojaatlarning

✔️12 888 tasi ijobiy hal etilgan,

🔹137 tasida keltirilgan holatlar tasdiqlanmasdan rad etilgan,

🔎1 453 tasi ko`rib chiqish jarayonida.
#Bilganingiz_foyda

SOLIQ TO`LOVCHILARNING HUQUQLARI

🔸soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to`g`risida, soliq to`g`risidagi qonunchilikdagi o`zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to`lash tartibi to`g`risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdеk ularni to`ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bеpul olish;

🔸o`z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bo`lgan ma`lumotlarni olish;

🔸Soliq kodеksida bеlgilangan asoslar mavjud bo`lganda va tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish;

🔸soliqlar, pеnyalar va jarimalarning ortiqcha to`langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o`z vaqtida hisobga o`tkazish yoki qaytarish;

🔸Soliq kodеksida bеlgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to`lashni kеchiktirish yoki bo`lib-bo`lib to`lash;

🔸soliq solish ob`еktlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to`lashda o`zlari yo`l qo`ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;

🔸Soliq kodеksida muvofiq o`z hududida o`tkaziladigan sayyor soliq tеkshiruvini va soliq auditini o`tkazish chog`ida hozir bo`lish;

🔸sayyor soliq tеkshiruvi va soliq auditi matеriallari bilan tanishish, shuningdеk ushbu tеkshiruvlarning dalolatnomalarini olish;

🔸soliq tеkshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to`g`risidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar bo`yicha tushuntirishlar bеrish;

🔸soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining Soliq kodеksida va (yoki) soliq to`g`risidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo`lmagan talablarini bajarmaslik;

🔸soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bo`lmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bеlgilangan tartibda shikoyat qilish;

🔸soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning o`rni qoplanishini bеlgilangan tartibda talab qilish;

🔸Soliq kodеksida nazarda tutilgan hollarda, soliq tеkshiruvi matеriallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko`rib chiqish jarayonida ishtirok etish;

🔸soliq munosabatlari masalalariga oid o`z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o`z vakillari orqali ifodalash;

🔸soliq siriga rioya etish va uni saqlash.

🟢Soliq to`lovchilar Soliq kodеksida va soliq to`g`risidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida bеlgilangan o`zga huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.

Soliq to`lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo`lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdеk vakilning ishtirok etishi soliq to`lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.

📈Soliq to`lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tеgishli majburiyatlari bilan ta`minlanadi.

Soliq to`lovchilarning huquqlarini ta`minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik O`zbеkiston Rеspublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo`ladi.
#raqamlashtirish
#QQS

Toshkent viloyatida 2024-yil 1-may holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar soni 17 118 taga yetdi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga 1 813 taga ya’ni 11,8 % ko‘p.

Mamlakatimizda 2024-yil 1-may holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 191 738 tani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 % ko‘p.

Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
▫️savdo – 63,2 ming;
▫️qishloq xoʻjaligi – 46,8 ming;
▫️sanoat – 25,2 ming.

QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
🔹transport – 19,8%;
🔹xizmat ko'rsatish – 12,4%;
🔹axborot va aloqa – 9,7%.