Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.71K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay
ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉
Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

👉2024-yildan QQS bo‘yicha qonunchilikka qanday o‘zgarishlar kiritilgan?
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti va to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉
Soliq kodeksi 220-modda

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.
👉
MJTK 175-modda 2-qism

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉
MJTK 175-modda 5-qism

Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉
MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda

*BHM 1 baravari = 340 000 so‘m
#imtiyoz

Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq imtiyozlari


✍️"2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida"gi Prezident
qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yaratilgan har bir yangi ish o‘rni uchun oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 50 foizi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llanadi.

⚠️ Mazkur imtiyoz:
🔹Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda;
🔹 ushbu fuqarolarga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda qo‘llanadi.
Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni 43,4 mingtaga yetdi

♻️2024-yil 1-may holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 43,4 mingtani tashkil etdi, ulardan 37,2 mingtasi kichik korxona va mikrofirmalar.
🔸Shuningdek, ushbu davrga 67,7 mingta korxona ro‘yxatdan o‘tib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,3 % ni tashkil etdi.
#bu_muhim #TTY

1-iyuldan - barcha xojalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

Elektron TTYni rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:

📍 yuk jo’natuvchi elektron TTY ishtirokchilari, transport vositalari va tovarlar tog’risidagi ma’lumotlarni shakllantirib, ERI bilan tasdiqlaydi;

📍 elektron hujjat almashish operatori elektron TTYga ID va QR kodlarini biriktirib uni ishtirokchi sub’yektlarga jo’natadi;

📍 yukni yetkazib berishga masul shaxs o’ziga tegishli ma’lumotlarni tekshiradi va yuklar qabul qilganligini Face-ID tizimi yordamida mobil ilova orqali tasdiqlaydi;

📍 yukni qabul qiluvchi o’ziga tegishli ma’lumotlarni tekshirib, kelib tushgan elektron TTYni yuk qabul qilish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi yoki sababini ko’rsatgan holda rad etadi.

📌Eslatib o`tamiz: 2024-yil 1-apreldan - yirik soliq tolovchilar uchun TTY elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
PARKENT TUMANI_4-SEKTOR RAHBARI BOSHCHILIGIDA SAYYOR QABUL
So‘nggi yillarda yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni qancha?

🔸Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-aprel oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 2 961 tani tashkil etdi. Ularning so‘nggi besh yilning mos davrlaridagi dinamikasi quyidagicha:

2020- yilda – 3 084 ta

2021- yilda – 3 584 ta

2022- yilda – 3 807 ta

2023- yilda – 3 055 ta

2024- yilda – 2 961 ta
Toshkent viloyatining qaysi hududida xususiy korxonalar ko‘proq joylashgan?

2024- yilning 1- may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 43 409 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 715 tani tashkil qildi (ulushi 8,5 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Zangiota tumani – 355 ta
Toshkent tumani – 298 ta
Qibray tumani – 297 ta
Chirchiq shahri – 296 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 1 739 ta
sanoat sohasida – 487ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 353 ta
boshqa turlar – 486 ta
qurilish– 184 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 199 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 151 ta
axborot va aloqa – 59 ta
tashish va saqlash – 57 ta
Sayyor qabul-muammolarga yechim

🔸Quyi Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari hamda tuman Xalk qobulxonasi xodimlari "Surum" MFY aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

♻️Uchrashuvda 42 nafar fuqarolarning 11 nafaridan murojaatlar tushdi.

Murojaatchilarning aksariyati yuk avtomobillari qatnovi, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik ob’ektlaridan chiqayotgan chang va zararli moddalarni tartibga solish, toza ichimlik suvi, ichki yo‘llarning ta’mirlanishi, tungi chiroklarni o‘rnatilishi hamda kadastr xujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammolar haqida bo‘ldi.

✔️Mazkur murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi mutasaddilar tomonidan nazoratga olinadigan bo‘ldi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
#deklaratsiya

3-iyun* – jismoniy shaxslar tomonidan 2023-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:
▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin
___________
#декларация

3 июня* - последний день уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2023 год.
👉ст.398 НК

В платежных системах и мобильных приложениях для уплаты:
▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172;
▶️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182.

*В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 3 июня.

👉Уплатить налоги можно через мобильное приложение Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlar barqarorlik reytingida yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.

Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon ko‘zda tutilgan.
Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud.

Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi.

Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon.
Ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.

Tadbirkorlik subyektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi.

Shuning uchun soliq majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarish reytingda yuqori ball olishni kafolatlaydi.
______
#рейтинг_устойчивости

Что необходимо предпринять для получения высокого балла в рейтинге устойчивости предпринимателей?

Установлены 23 критерия рейтинга, которые разделены на 3 группы.

Первая – 10 критериев, одинаковых для всех. Данные критерии предоставляют предпринимателям возможность набрать 100 баллов.

Вторая – 9 понижающих критериев. Данные критерии применяются к случаям нарушения требований законодательства или случаям повторного представления налоговой отчетности с исправлениями, переезда из одного региона в другой в течение года.

Третья – 4 поощрительных критерия. От 5 до 10 дополнительных поощрительных баллов будут присваиваться субъектам предпринимательства, трудоустроившим граждан из социального реестра, внесенных в «Женскую тетрадь», доля которых составляет более 10% от общего числа сотрудников.

При оценке субъектов предпринимательства основную роль играют такие факторы, как продолжительность деятельности, своевременное представление налоговой отчетности, добровольная уплата налогов в установленные сроки.

Поэтому своевременное и добровольное исполнение налоговых обязательств гарантирует высокий балл в рейтинге.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads