Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.69K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Seminar-trening o‘tkazildi

♻️Toshkent viloyati soliq boshqarmasida qurilish sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan hisobvaraq-fakturalarining yangi shaklini to‘ldirish va hisobini yuritish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

🔻Muloqotda boshqarma mutaxassislari tomonidan PQ-165-son qaror mazmun-mohiyati haqida batafsil axborot berildi.

🔸Xususan, 2024-yil 1-iyuldan obyektlarning smeta qiymati “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ma’lumotlari asosida shakllantirilishi ta’kidlandi.

‼️Shuningdek, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirilgan holda yuborilishi qayd etildi.

📍Qurilish-pudrat tashkilotlari hisobvaraq-fakturalarining yangi shaklini toʻldirish va hisobini yuritish boʻyicha o‘tkazilgan seminar-treningdan o‘zimizni qiziqtirgan barcha savollarga javob oldik-deydi, "IMPERIAL HOUSE" ma’suliyati cheklangan jamiyati rahbari Ergash Lutfullaev. Bu kabi seminarlar bundan keyingi faoliyatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
#amaliy_seminar

🔹Bo‘stonliq tumanida Farmasevtika instituti professor-o‘qituvchilari hamda yosh olimlari ishtirokida tomorqalarda yetishtirilishi mumkun bo‘lgan ekspertbop dorivor o‘simliklarning istiqbolli navlarini ko‘paytirish bo‘yicha talabalar o‘quv seminar o‘tkazildi.

🔹Seminarda tuman soliq inspeksiyasi xodimlari ham ishtirok etib, talabalarga yerdan unumli foydalanish hamda tomarqada yetishtirilishi mumkin bo‘lgan dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish borasida tushunturishlar berdilar.
#markirovka

Xaridorlar
Soliq mobil ilovasi orqali mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirishi mumkin

Mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini ta’minlash maqsadida Respublikamizda 2021-yildan boshlab tovarlar bosqichma-bosqich raqamli
markirovkalanmoqda.

Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar raqamli markirovkalangan holda sotilishi
lozim:
👉tamaki va alkogol mahsulotlari;
👉pivo;
👉maishiy texnika;
👉dori vositalari va tibbiy buyumlar.
Ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga alohida e'tibor bering va uni
Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.

Markirovkani tekshirish uchun Soliq mobil ilovasining "Umumiy xizmatlar" bo‘limidan "Markirovkani tekshirish" tanlanadi. Ochilgan oyna pastki qismidan "Datamatrixni skanerlash" tugmasi bosiladi va kamera mahsulotdagi markirovka kodiga yo‘naltiriladi.

Agar markirovka kodi haqiqiy bo‘lsa:

🔸"Kod haqiqiy" yozuvi;
🔸Mahsulot nomi;
🔸Mahsulot holati (ishlab chiqarilgani, sotuvdaligi yoki sotilganligi);
🔸Qaysi korxona tomonidan qachon ishlab chiqarilgani;
🔸Ulgurji savdo korxonasi qachon sotib olgani;
🔸iste'molchiga qaysi korxona tomonidan qachon sotilgani tog‘risidagi ma'lumotlar ekranda paydo bo‘ladi.
📝"Mahsulot tavsifi" bo‘limi orqali tovar haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin.
"Kod haqiqiy emas" yozuvi markirovkaning soxtaligini bildiradi.

Yuqoridagi mahsulotlarda markirovka mavjud bo‘lmasa yoki soxta markirovkalangan bo‘lsa Soliq mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

❗️Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar)
Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni 43,4 mingtaga yetdi

♻️2024-yil 1-may holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 43,4 mingtani tashkil etdi, ulardan 37,2 mingtasi kichik korxona va mikrofirmalar.
🔸Shuningdek, ushbu davrga 67,7 mingta korxona ro‘yxatdan o‘tib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,3 % ni tashkil etdi.
#JShODS #YTT

2024-yil 15-may - may oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

👉 O‘zbekistonda 274,7 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
____________
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 мая 2024 года - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за май.

👉 В Узбекистане осуществляют деятельность 274,7 тысяч индивидуальных предпринимателей

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ijtimoiy_soliq #YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq miqdorlari

Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT)oyiga 340 000 so‘m;

🔹savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 340 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno)oyiga 170 000 so‘m.

Ijtimoiy soliq to'lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
- har oyda to'laydiganlar 15 sanadan kechiktirmay;
- yilda 1 marta to'laydiganlar 1 dekabrgacha.

👉 Soliq kodeksi 408-modda

❗️Bugun – YTT tomonidan may oyi uchun ijtimoiy soliq to‘lashning oxirgi kuni.
____________
#социальный_налог #индивидуальный_предприниматель

Размеры социального налога для индивидуальных предпринимателей

Соцналог уплачивают:

🔹индивидуальные предприниматели в размере 340 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников индивидуальных предпринимателей, осуществляющих деятельность в торговых комплексах и на рынках - 170 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников других индивидуальный предпринимателей — 340 000 сумов в год;

🔹семейные предприниматели без образования юрлица:
▫️член семьи, зарегистрированный в качестве индивидуального предпринимателя, — 340 000 сумов в месяц;
▫️другие члены семьи (за исключением не достигших 18 лет)170 000 сумов в месяц.

Уплата соцналога производится в следующие сроки:
- теми, кто уплачивает ежемесячно, - не позднее 15 числа;
- теми, кто уплачивает раз в год, - до 1 декабря.

👉ст.408 НК

❗️Сегодня - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями социального налога за май.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Aholi murojatlari mas’ullar e’tiborida

♻️Bugun Yangi yo‘l shahrida Toshkent viloyati sektor rahbarlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ ma’sullarining aholi bilan sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔻Mazkur sayyor qabulda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, aholi bilan ochiq muloqot qildi va ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi.

🔸Qabulda soliq tizimi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxs vakillarining 8 dan ortiq murojatlari tinglandi.

Shuningdek, qabul davomida kelib tushgan 4 ta murojaat qanoatlantirilib, 3 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlarni o‘rganish qo‘shimcha vaqt talab qilganligi bois, boshqarma boshlig‘i tomonidan nazoratga olinadigan bo‘ldi.

📍Mazkur yo‘nalishda ishlar davom etmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 15-may – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil aprel oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning
oxirgi kuni

AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_NKT

Onlayn-NKT tanlash tadbirkorlarning o‘z ixtiyorida

Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM yoki virtual kassalardan foydalanishi shart.

O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Davlat reyestriga kiritilmagan, kassa cheklarida mahsulotlar yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan, shuningdek, shtrix-kodlar va raqamli markirovka belgilarini erkin o‘qish hamda aniqlash qurilmalarini ulash imkoniyatiga ega bo‘lmagan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Soliq qo'mitasining rasmiy saytida onlayn-NKM, virtual kassa va TXKMlarning doimiy yangilanib boriladigan reestrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Onlayn-NKM davlat reyestri
👉https://soliq.uz/page/davlat-reestri
Virtual kassa davlat reyestri
👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri
Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari davlat reyestri
👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri

Tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM yoki virtual kassalarning narxi, qulayligi, funksionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda erkin tanlash huquqiga ega.

👉VMQ-943-son 1-ilovas 8-band 23.11.2019-yil

Agar soliq xizmati xodimlari tomonidan maʼlum bir onlay-NKTdan majburan foydalanishga undash holatlariga duch kelsangiz, bu haqda @dsq_anticorrupciya_bot orqali xabar bering.
___________
#онлайн_ККТ

Выбор модели онлайн-ККТ за предпринимателем

Все предприниматели, имеющие наличную выручку, должны использовать онлайн-ККМ либо виртуальную кассу.

На территории Узбекистана разрешается применение онлайн-ККМ и виртуальных касс, только включенных в установленном порядке в Государственный реестр.

Не допускается применение онлайн-ККМ и виртуальных касс, не включенных в Государственный реестр, не отображающих на кассовых чеках идентификационные коды по Единому электронному национальному каталогу продукции, а также не имеющих возможности подключения устройств свободного считывания и определения штрих-кодов и цифровой маркировки.

С реестрами онлайн-ККМ, виртуальных касс и ЦТО можно ознакомиться на официальном сайте Налогового комитета:

Государственный реестр онлайн-ККМ
👉 https://soliq.uz/page/davlat-reestri?lang=ru
Государственный реестр виртуальных касс
👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri?lang=ru
Государственный реестр Центров технического обслуживания
👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri?lang=ru

Предприниматели вправе свободно выбирать модель онлайн-ККМ или виртуальной кассы, внесенной в Государственный реестр, исходя из стоимости, функциональности, удобства в использовании и других характеристик.

👉 Прил.№1 к ПКМ №943 от 23.11.2019 г.

Если вы столкнулись с тем, что сотрудники налоговых органов принуждают к использованию определенной онлайн-ККТ, сообщите об этом через специальный Telegram-бот @dsq_anticorrupciya_bot.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Mahallaga biriktirilgan ilg‘or soliq inspektori faoliyati

Mamlakatimizda boshqaruv organlarining yangicha ishlash, ya’ni mahalla darajasiga tushirilganidan ko‘pchilik xabardor. Bunday o‘zgarishlar, mahallalarda o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda albatta. Xususan, “Mahalla yettiligi” ning mahallabay ishlash mexanizmi orqali aholining asosiy muammolari mahallaning o‘zida hal bo‘lmoqda.

O‘zim misolimda aytadigan bo‘lsam, mahalla boshqaruviga mahalla soliq inspektori lavozimi qo‘shilganidan keyin menga tumanimizdagi “Do‘stlik” mahallasi biriktirildi. Bu yerda mening asosiy vazifam mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashishdan iborat.

Hududimda 23 ta AOS (aylanmadan olinadigan soliq) to‘lovchi yuridik shaxslar, 617ta mol-mulk hamda 630 ta yer soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar va 34 ta YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor) mavjud.

Endilikda, vazifalarimiz aniq belgilab berilgan bo‘lib, har kuni mahallada bo‘layapmiz hamda buning natijasida mahallada tadbirkorlar safini oshirish va shu orqali soliq bazasini kengaytirishga erishyapmiz.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan uch oyida (fevral-mart-aprel) men o‘zimga biriktirilgan mahallalarda 5 ta holatda fuqarolarning yashirin tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganliklarini aniqladim. Achinarlisi, soliq savodxonligi yetarli bo‘lmagan ushbu fuqarolar noqonuniy faoliyatning oqibatlarini ham bilmaydilar. Shu bois, ularning har biri bilan yuzma-yuz suhbatlashib, qonuniy ishlashning afzalliklari, huquqlari va qonuniy manfaatlarini tushuntirganimdan keyin 2 nafar fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyatini qonuniylashtirdi. Faoliyatini to‘xtatib qo‘yib yashirin daromad topayotgan 12 ta tadbirkor faoliyatini qayta tikladi.

Xuddi shunday o‘tgan uch oy davomida menga biriktirilgan mahalladagi o‘z uyida norasmiy daromad topayotgan 211 nafar fuqaro bilan ham olib borilgan tushuntirishlar natijasida ular o‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risida guvohnoma olib, faoliyatini rasmiylashtirib qo‘yishdi. Buning natijasida byudjetga qo‘shimcha qariib 71.7 million so‘m kelib tushishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, hududimdagi 4 ta tadbirkor norasmiy ishlatib kelayotgan 12 nafar ishchisini legallashtirdi. Aslida ushbu tadbirkorlar ishchi xodimlar uchun to‘langan daromad solig‘ini qaytarib olish huquqi borligidan, ya’ni ushbu yo‘nalishda davlatimiz tomonidan berilgan soliq yengilliklaridan xabardor bo‘lmaganliklari bois, ularni norasmiy ishlatib kelayotgan bo‘lgan.

Ish samaradorligimizni oshirishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikdagi ishlarimizning ham muhim ahamiyati bor albatta. Birgalikda hududdagi moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan bir nechta tadbirkorlik sub’ektlarida bo‘lib, ularning rejalarini o‘rganib chiqqan holda bu ishga tuman hamda viloyat mas’ullarini e’tiborini jalb qilib jami 1 ta bo‘sh turgan ob’ketni qayta ishga tushirishga erishdik. Buning hisobiga joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida byudjetga 20,5 million so‘m soliq hisoblangan.

Raqamlarga ko‘ra, mening oylik prognoz ko‘rsatkichim 176.2 million so‘m bo‘lib, aprel oyi yakunida 203.3 million so‘mga, yoki 115.4 foizga bajardim. Samaradorlik ko‘rsatkichim 95.8 ballni tashkil qildi. Quvonarlisi, o‘tgan 3 oy yakunida ham prognoz ko‘rsatkichlarimni, barcha soliq turlari bo‘yicha 100 foizdan yuqori ko‘rsatkichda bajarishim hisobiga samaradorlik ko‘rsatkichim 95 balldan tushgani yo‘q. Eng asosiysi, ish samaradorligim yuqori bo‘lganligi uchun shu oylarda oyligimdan tashqari lavozim maoshimning 1000% miqdorida mukofot puli ham berildi. Bundan oila a’zolarimning ham xursandchiligini ko‘rib, may oyi boshidan boshlab ish samaradorligimni yanada oshirib qo‘shimcha 100% lik mukofot pulini olishga harakat qilyapman.

Zilola Shermatova,
O‘rtachirchiq tumanidagi mahalla soliq inspektori.
Viloyat 4-sektor rahbari Parkent tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

🔰 Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inagamov Parkent tumani aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

📍Sayyor qabulda viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i, tuman sektor rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdilar.

⚡️Aholi bilan muloqot davomida elektr energiyasi, ichimlik suvi, bolalar maydonchasini qurish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, davolanishga amaliy yordam berish, bandlikni ta’minlash kabi ko‘plab masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

☑️Sayyor qabul davomida 31 ta fuqarodan 15 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ayrim murojaatlar shu yerning o‘zida qanoatlantirilib, ma’lum muddat talab qilinadigan masalalar tegishli mutasaddi idora va tashkilotlarga yo‘naltirildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.