Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.46K subscribers
12.5K photos
1.72K videos
113 files
3.98K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#gimnastrada_2024

Sport — nafislik va salomatlik manbai

Bugun vazirlik va idoralar xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan festivalda Soliq qo‘mitasining jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Soliqchi ayollardan iborat jamoaning chiqishlari muhlislar olqishi va hakamlar e'tirofiga sazovor bo‘ldi.

Soliq qo'mitasi jamoasi 30 ga yaqin tashkilotlar ichida eng yaxshi TOP-5 jamoalar safidan joy oldi. Shuningdek, "Kompozitsiyani sahnalashtirishdagi kutilmagan yechimlari uchun" nominatsiyasi g'olibi bo‘ldi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
O‘zbek ayollarining matonati unutilmaydi

9 may – Xotira va qadrlash kuni


Ikkinchi jahon urushining dahshati va fojialari haqida ko‘p gapirish mumkin. Bu urushda o‘zbek xalqining ham qanchadan-qancha o‘g‘lonlari qurbon bo‘ldi. Urush qoldirgan jarohatlar necha yillar o‘tsa ham insoniyat xotirasidan o‘chmaydi. Buni unutishga avlodlarning haqqi yo‘q.

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Nurafshon business city” hududidagi 1,2 gektar maydonda Zulfiya Zokirova nomidagi memorial yodgorlik majmuasi barpo etildi.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonobod qishlog‘ida yashagan Zulfiya Zokirova Ikkinchi jahon urushida besh o‘g‘lidan – Isoqjon, Ahmadjon, Mamajon, Vahobjon, Yusufjondan judo bo‘lgan. Urush tufayli, kelinlar beva, nabiralar yetim qolgan.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Zulfiya Zokirovaning matonatli hayot yo‘li haqida badiiy film yaratildi.

Bu yodgorlik majmuini ziyorat qilgan, yaratilgan bog‘ni aylangan insonlarda urushlarga nafrat tuyg‘usi uyg‘onishi bilan birga buyuk momolarimiz, ularning mard o‘g‘lonlari jasorati, matonatidan g‘ururlanish hissi ham paydo bo‘ladi.

Zulfiya Zokirova oilasi misolida Ikkinchi jahon urushi o‘zbek xalqiga qanchalik musibat keltirganini tasavvur etish mumkin.

Bu yodgorlik majmuini ziyorat qilgan, yaratilgan bog‘ni aylangan insonlarda urushlarga nafrat tuyg‘usi uyg‘onishi bilan birga buyuk momolarimiz, ularning mard o‘g‘lonlari jasorati, matonatidan g‘ururlanish hissi ham paydo bo‘ladi.
#sayyor_qabul

🔰Qibray tumani hokimi va Soliq inspeksiyasi boshlig‘i boshchiligida 4-sektorga qarashli "GES Qodiriya" mahalla aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida aholining kommunal, ichki yo’llar ta’miri, mahalladagi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishini yakunlash, tibbiyot maskanini jihozlash va boshqa sohalardagi muammolari tegishli tashkilot mutasaddilari bilan birgalikda atroflicha muhokama qilindi.

📌Shuningdek, aholining mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi
.
#Xotira

Yangiyo'l tumanida urush faxriysiga ehtirom koʻrsatildi

🎖9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, II jahon urushi qatnashchisi Nodir ota Mansurov holidan xabar olindi.

📌Bugun Urush faxriysi  farzandu nabiralari ardogʻida yashamoqda.

❇️Mutasaddilar tomonidan Nodir otaga munosib ehtirom koʻrsatilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

🔹Shuningdek, 20 million soʻm miqdorda bir martalik pul mukofoti hamda esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

🔥Faxriy bilan o'tgan muloqotda Nodir ota mehmonlarga urushning suronli yillari, tinchlikdek ulugʻ neʼmatning qadri toʻgʻrisida so'zlab berdi.

✔️Tadbirda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i A.Inagamov  ishtirok etdi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.