#uchrashuv
📌Toshkent viloyati soliq boshqarmasida Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Fayziboev hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inagamovlar Soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatish bo'limi hodimlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
📌Unda viloyat Soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatish bo'limining ayrim xodimlari belgilangan rejalarni bajarishda sustkashlikka yo'l qo'yib, past ko‘rsatgich qayd etayotganliklari tanqid qilindi.
⚡️Shuningdek, korxonabay ishlayotgan xodimlarning faoliyati birma-bir tahlil qilinib, belgilangan vazifalarni bajarmayotgan xodimlar qat'iy ogohlantirildi.

Xotira muqaddas-inson qadri aziz!
🔸9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasida ko‘p yillar samarali faoliyat yuritgan marhum xodimlarning yaqinlari holidan xabar olindi.
🔻Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan boshlangan ushbu xayrli ishda sobiq kasbdoshlarning umr yo‘li, yaxshi amal va fazilatlari hamda erishgan yutuqlari xotirlandi.
✅Xususan, Bugalteriya sho‘basida ko‘p yillar halol mehnat qilgan Adil Abduqadirov hamda Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori Rustam Raxmonovlar qisqa umr ko‘rgan bo‘lsalarda o‘zlaridan yaxshi nom qoldira oldilar. Ko‘plab shogirdlar tarbiyaladilar. Faoliyatlari davomida olgan tajribalarini boshqalarga ham o‘rgatdilar.
‼️Marhumlarning yaqinlari bilan bo‘lgan suhbat davomida ularning oilalariga hamdardlik bildirib, xotiralari hamisha barhayot ekanligi ta’kidlandi.
✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#gimnastrada_2024
Sport — nafislik va salomatlik manbai
Bugun vazirlik va idoralar xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” sport festivali bo‘lib o‘tdi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan festivalda Soliq qo‘mitasining jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Soliqchi ayollardan iborat jamoaning chiqishlari muhlislar olqishi va hakamlar e'tirofiga sazovor bo‘ldi.
Soliq qo'mitasi jamoasi 30 ga yaqin tashkilotlar ichida eng yaxshi TOP-5 jamoalar safidan joy oldi. Shuningdek, "Kompozitsiyani sahnalashtirishdagi kutilmagan yechimlari uchun" nominatsiyasi g'olibi bo‘ldi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads