О‘rganish ishlari O‘rta Chirchiq tumanida
🔺Xabaringiz bor, 2024-yil 16- aprelda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi.
🔹Mazkur qaror talablari ijrosi bajarilishini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deppartamenti Toshkent viloyati boshqarmasi, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan joylarga o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
♻️ Ana shunday o‘rganish ishlari O‘rta Chirchiq tumanida davom ettirildi.
📌Unda mas'ullar tomonidan non ishlab chiqaruvchi korkona va nonvoyxonaIarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda non va non mahsulotlari narxini asossiz oshirishga yo'l qoy'maslik yuzasidan tushuntirish va ogohlantirishlar berilildi.
✅Shuningdek, ishchi guruh a’zolari tuman aholisi hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashib iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish maqsadida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Pudrat tashkilotlarining soliq hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida aks etadi
“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-165-son, 29.04.2024-y.
Qarorga koʻra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi belgilanmoqda.
Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning o‘zaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Soliq qoʻmitasi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
🔹 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga:
▫️Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar.
🔹 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga:
▫️Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar;
▫️Loyiha va pudrat tashkilotlarining JSHODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari.
Ushbu roʻyxatda keltirilgan maʼlumotlar begʻaraz (bepul) taqdim etiladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#Toshkent_xalqaro_investitsiya_forumi
Investitsiyalar – bu mamlakatimiz transformatsiyasining lokomotivi va iqtisodiy taraqqiyotimizning mustahkam drayveridir
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi.
Davlatimiz Rahbari forumda ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan bir qator davlatlar vakillarini, xususan, Singapur, Qirgʻiz Respublikasi, Saudiya Arabistoni, BAA, Oʻmon Sultonligi va Yevropa iqtisodiy komissiyasi vakillarini qabul qildi.
Shuningdek, Forum davomida soʻzlagan nutqida yurtimizda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik sharoitlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi.
Xususan, “Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar boʻyicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi. ...Tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etildi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlik subyektlari uchun soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

#soliqchi_komakchi
QQS to‘lovchiga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish va baholashning ilg‘or mexanizmlari
QQS to'lovchi har bir korxonaga soliq inspektori biriktirildi. Soliq to'lovchiga shaxsiy kabinetida o‘zining inspektori haqidagi aloqa ma'lumotlari ko‘rsatilgan xabarnomalar yuborildi.
Bitta soliq inspektori bir xil faoliyat sohasidagi bir nechta korxona (masalan, qishloq xo'jaligi, sanoat va boshqalar) bilan ishlaydi. Soliq xizmati organining ma’lumotlar bazasida soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi mavjud barcha zarur ma’lumotlarni bir joyda to‘plash, monitoringini yuritish va tezkor tahlil qilish maqsadida soliq inspektorlari uchun avtomatlashtirilgan tizim yaratildi.
Undagi barcha ma'lumotlar alohida toifalarga ajratilgan:
▫️tovar aylanma,
▫️hisobot taqdim etilishi,
▫️soliq turlari kesimida ma'lumotlar,
▫️soliq qarzi,
▫️ortiqcha to'lov,
▫️tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari (avtokameral) va h.k.
Soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) yuqoridagi toifalar bo‘yicha baholanadi.
Bular tadbirkorlar barqarorlik reytingi mezonlariga juda yaqin ko‘rsatkichlardir. Shu boisdan ham ushbu tizim ikki tomon uchun ham manfaatlidir - soliq inspektori soliq to'lovchiga qonun doirasida soliq majburiyatlarini bajarishga yordam beradi, natijada tadbirkorning barqarorlik reytingi yuqorilashi barobarida inspektorning mehnat samaradorligi ham oshib boradi.
Tizim QQS to'lovchilar bilan muhokama qilindi. Soliq to‘lovchilar inspektor bilan bir vaqtda tizimdagi ma’lumotlarni ko‘rish imkonini berish taklifini bildirgan. Yaqin kunlarda ular shaxsiy kabinetida o‘zlariga tegishli ma'lumotlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.
Bu o‘zaro munosabatlarda tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi: soliq to‘lovchilar kamchiliklarini aniq ko‘rib turadi va soliq inspektorlari ularni bartaraf etishda yordam beradi.

Adabiy uchrashuv tashkil etildi
♻️Toshkent viloyati soliq boshqarmasida 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni hamda soliq organlarida o‘tkazilayotgan adabiyot xaftaligi munosabati bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi.
🔺Unda jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Zohidjon Olov ishtirok etib, ijodiy ishlaridan namunalar o‘qidi.
❇️Shuningdek jurnalist, shoir mamlakatimizda jurnalistlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning tobora «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylanib borishlari uchun yaratib berilgan so‘z erkinligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
📍Tadbir she’riyat bayramiga aylanib ketdi.
✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.

Noqonuniy foydalanishga chek qo‘yilmoqda
🔺Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda sohaga mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish hamda tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarini fosh etish bo‘yicha kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
🔹Vazirlar Mahkamasining 2024- yil 16- apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida shtab a’zolari va ishchi guruh rahbarlari ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishda aholi orasida mazkur hujjatning mazmun-mohiyatini tushuntirish, resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotganligi muhokama qilindi.
♻️Bundan tashqari, ishchi guruhiga targ‘ibot tadbirlarini jadallashtirish, energiyadan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlarini kuchaytirish, narx-navo sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
📍Xususan, joriy yilda energiya tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini fosh etish bo‘yicha o‘tkazilgan 2 ming 216 ta reyd tadbirida 2 ming 39 ta noqonuniy holat aniqlanib, 87,7 milliard so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlangan.
☑️Mazkur noqonuniy holatlar yuzasidan 1 ming 350 ta ma’muriy va 86 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davomida aniqlangan zararni undirilish choralari ko‘rilmoqda.

#raqamlashtirish #mobil_ilova
Joriy yilning 1-may holatiga Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar soni qariyb 6,6 mln nafardan oshdi.
_______
#цифровизация #мобильное_приложение
По состоянию на 1 мая этого года в мобильном приложении Soliq прошли регистрацию более 6,6 млн человек.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Joriy yilning 1-may holatiga Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar soni qariyb 6,6 mln nafardan oshdi.
_______
#цифровизация #мобильное_приложение
По состоянию на 1 мая этого года в мобильном приложении Soliq прошли регистрацию более 6,6 млн человек.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#hamkorlik
Gruziya Daromadlar xizmati Oʻzbekiston tajribasini oʻrganmoqda
Gruziya Daromadlar xizmati bosh direktori oʻrinbosari Levan Sitelashvili boshchiligidagi delegatsiya Soliq qoʻmitasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar Soliq qo‘mitasining Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmurchiligini isloh qilish” loyihasi bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalarini oʻrgandi.
Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev boshchiligidagi qoʻmita vakillari delegatsiya aʼzolarini zamonaviy axborot-texnologiyalari va ilgʻor dasturiy taʼminotlar joriy qilinishi, xususan, Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi faoliyati bilan tanishtirdi.
Amalda qoʻllanilayotgan dasturiy mahsullarning imkoniyatlari boʻyicha taqdimotlar namoyish etildi.
Tashrif yakunida Gruziyaning sohadagi ijobiy tajribasi yuzasidan ham fikr almashildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi.

#imtiyoz
Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi
Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.
👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
👉Soliq kodeksi 378-modda
Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.
Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.
Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.
👉 JShODS imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom

✅ Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'i to'lamaydi
Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil
Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?
Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.
Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.
U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.
Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.
Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?
Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.
👉 Kontrakt to'lashda deklaratsiya to'ldirish bo‘yicha videoqo'llanma
❗️Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan amal qilmoqda.

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 6-may
aprel oyi uchun:
- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);
- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODS va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
___________
#календарь_налогоплательщика
🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 6 мая 2024 года последний день
за апрель:
- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);
- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).