Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.56K subscribers
12K photos
1.64K videos
105 files
3.61K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Chirchiq davlat pedogogika universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi


🔺Toshkent viloyati soliq boshqarmasi, Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi xodimlari hamda faol tadbirkorlar ishtirokida Chirchiq davlat pedogogika universiteti talabalari bilan muloqot o‘tkazildi.

🔹Uchrashuv jarayonida yurtimizda tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida axborot berildi.

♻️Shuningek, halol biznes yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan Barqarorlik reytingi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

‼️Tadbirda 2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda berilishi ta’kidlandi.

📎Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Jarayon
#Uchrashuv

♻️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamda Quyi Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari tumandagi alohida kómakka muxtoj "Og'ir" toifadagi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar.

🔹Uchrashuv davomida yoshlarni kasb-hunar, chet tillariga o'qitish, bandligini ta'minlash bilan bog'liq asosiy muammolari o'rganildi, hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlar olib borildi.

🔺Shuningdek, yoshlarni hayotda o'z o'rnini topishi va ijobiy yutuqlarga erishishlari bo'yicha taklif va ko'rsatmalar berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
10:00:00-11:00:00
RADIO 24
📻 O‘zbekiston 24 radiosi

🎙Xabarlar dasturi

📈 “Toshkent viloyati soliqboshqarmasi hamda hududiy soliq inspeksiyalarida Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan targ‘ibod tadbirlari .

🎤Bu haqda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimi Ulug'bek Sayfullayev ma’lumotlari.
#AOS

Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda
belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 25 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 34 mln soʻm.

Qatʼiy belgilangan miqdorda AOS toʻlovchilar ushbu soliq va dividendlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
👉
Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan
ozod etiladi.
👉
PQ-419-son, 10.11.2022-y.
Soliq hisoboti oz vaqtida taqdim etilmasa...

📌Soliq kodеksining 220-moddasiga kora, soliq hisoboti oz vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq tolovchi bolgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq tolovchi bolgan jismoniy shaxs mamuriy javobgarlikka tortiladi.

Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodеksga muvofiq, yani soliq solish obеktlarining hisobini va hisobotini yuritishning bеlgilangan tartibini, shuningdеk tolov intizomini buzish:

🔸YATT lar uchun – BHM*ning 3 baravari miqdorida
🔸Yuridik shaxslar uchun – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.
#bu_muhim #TTY

1-iyuldan - barcha xojalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

Elektron TTYni rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:

📍 yuk jo’natuvchi elektron TTY ishtirokchilari, transport vositalari va tovarlar tog’risidagi ma’lumotlarni shakllantirib, ERI bilan tasdiqlaydi;

📍 elektron hujjat almashish operatori elektron TTYga ID va QR kodlarini biriktirib uni ishtirokchi sub’yektlarga jo’natadi;

📍 yukni yetkazib berishga masul shaxs o’ziga tegishli ma’lumotlarni tekshiradi va yuklar qabul qilganligini Face-ID tizimi yordamida mobil ilova orqali tasdiqlaydi;

📍 yukni qabul qiluvchi o’ziga tegishli ma’lumotlarni tekshirib, kelib tushgan elektron TTYni yuk qabul qilish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi yoki sababini ko’rsatgan holda rad etadi.

📌Eslatib o`tamiz: 2024-yil 1-apreldan - yirik soliq tolovchilar uchun TTY elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #foyda_soligi

Elektron tijorat sohasi uchun pasaytirilgan soliq stavkalari qo'llaniladi

Elektron tijorat maxsus platformalar — marketpleyslar orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ular soliq organlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reyestriga kiritilgan boʻlishi kerak. O‘zbekistonda 174 ta marketpleys roʻyxatga olingan.

Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun pasaytirilgan soliq stavkalari qo‘llaniladi:
▫️AOS bo'yicha - 2%;
▫️foyda solig'i bo'yicha - 7,5%.

Onlayn xaridlar uchun fiskal chek elektron shaklda beriladi.
———-
#налог_с_оборота #налог_на_прибыль

В сфере электронной торговли действуют сниженные налоговые ставки

Электронная коммерция осуществляется через специальные торговые площадки - маркетплейсы, которые должны быть внесены в Государственный реестр и интегрированы с налоговыми органами. В Узбекистане зарегистрировано 174 маркетплейса.

Для предпринимателей в сфере электронной торговли действуют сниженные налоговые ставки:
▫️по налогу с оборота - 2%;
▫️по налогу на прибыль - 7,5%.

За онлайн-покупки фискальный чек выдается в электронной форме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

Savol:
— Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtish jarayonida ayrim savollar tug‘ilmoqda. Jumladan, yuk jo‘natuvchi tomonidan tovar-transport yuk xati rasmiylashtilgach qo‘shimcha yoki o‘zgartirish kiritish zarurati tug‘ilsa buni amalga oshirish imkoniyati mavjudmi?

❗️Javob:
— Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi
249-son qarori 3-1-ilovasi 3-bob 19-bandiga asosan, avval rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xatiga qo‘shimcha va tuzatish kiritish mazkur Nizom talablari asosida yuk oluvchi tomonidan tasdiqlangunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
#Bilasizmi

👨‍👩‍👧‍👦Oilaviy tadbirkorlar quyidagi miqdorlarda ijtimoiy soliq to`laydi:


➡️oilaviy YTT sifatida ro`yxatdan o`tgan oila a`zosi uchun – oyiga 340 000 so`m;

➡️oilaning boshqa a`zolari uchun – oyiga 170 000 so`m;

➡️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi oilaviy tadbirkorlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so`m;

➡️boshqa oilaviy tadbirkorlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so`m.
Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar nechta?

📌Viloyatimizda 2024- yilning 1-mart holatiga jami 3 689 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

🔹Oqqo‘rg‘on tumani – 129 ta
🔹Ohangaron tumani– 80 ta
🔹Bekobod tumani– 79 ta
🔹Bo‘stonliq tumani– 357 ta
🔹Bo‘ka tumani– 72 ta
🔹Quyi Chirchiq tumani– 78 ta
🔹Zangiota tumani– 362 ta
🔹Yuqori Chirchiq tumani– 302 ta
🔹Qibray tumani– 285 ta
🔹Parkent tumani– 335 ta
🔹Piskent tumani. – 49 ta
🔹O‘rta Chirchiq tumani– 405 ta
🔹Chinoz tumani– 78 ta
🔹Yangiyo‘l tumani– 209 ta
🔹Toshkent tumani– 325 ta
🔹Nurafshon shahri– 145 ta
🔹Olmaliq shahri– 58 ta
🔹Angren shahri– 86 ta
🔹Bekobod shahri– 52 ta
🔹Ohangaron shahri– 70 ta
🔹Chirchiq shahri– 47 ta
🔹Yangiyo‘l shahri– 86 ta