Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.56K subscribers
12K photos
1.64K videos
105 files
3.61K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#qayta_aloqa

Soliq organlari bilan qayta aloqa

Agar Sizda joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha savollar bo‘lsa, qayta aloqa axborot tizimi orqali soliq organlariga xabar qilishingiz mumkin:

💻 saytda - https://appeal-bot.soliq.uz/
📲 Soliq mobil ilovasida

Soliq toʻlovchilar bilan ishlash sifatini yaxshilashga yordam berish uchun Sizda soliq toʻlovchining javobini baholash imkoni mavjud.

📞Maslahat olish uchun siz 24/7 rejimida xizmat ko'rsatuvchi 1198 telefon raqamiga ham murojaat qilishingiz mumkin.
___________
#обратная_связь

Обратная связь с налоговыми органами

Если у вас имеются вопросы по начисленным на этот год налогам на имущество и землю или другим темам, можете оставить сообщение налоговым органам через систему обратной связи:

💻 на сайте - https://appeal-bot.soliq.uz/
📲 или в мобильном приложении Soliq

У вас есть возможность оценить ответ налогового инспектора, чтобы помочь нам улучшить качество взаимодействия с налогоплательщиками.

📞За консультацией также можно обратиться в круглосуточный call-центр по номеру 1198.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'i to'lamaydi

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?


Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.
👉 Kontrakt to'lashda deklaratsiya to'ldirish bo‘yicha videoqo'llanma

❗️Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan amal qilmoqda.
#imtiyoz

Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
👉Soliq kodeksi 378-modda

Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.

Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.

Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.

Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.
#ucharashuv

📌 Ohangaron shahar mutasaddi rahbarlari  Zangiota tumanida joylashgan Ark buloq majmuasida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan galdagi uchrashuvni o'tkazdi.

⚡️ Uchrashuvdan maqsad Xitoy davlati investorlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish investitsiya samaradorligini oshirish, shahar eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan.

🔺Mazkur tadbirda 4-sektor rahbari Anvar Mo'minov ham ishtirok etib, sektor hududidagi "Birlik" MFY sanoat zonasida ishlab chiqarish sohasi bo'yicha qo'shma korxonalar tashkil qilish bo'yicha o'zining takliflarini bildirdi.
#kun_raqami
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

O‘zbekistonda qancha jismoniy shaxs mulk va yer soliqlarini to‘laydi?
Bugungi kunda 6,7 ​​mln nafar jismoniy shaxs mol-mulk solig‘i, 5,7 mln nafar jismoniy shaxs yer solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi.

Ular qancha mulkka ega?
7,7 mln ko'chmas mulk obyekti va 6,7 ​​mln yer uchastkasi.

Ularga qancha soliq hisoblangan?
2,5 trln so‘m mol-mulk solig‘i, 3,6 trln so‘m yer solig‘i.

Qancha fuqaro imtiyozlardan foydalanadi?
▫️1,7 mln nafar jismoniy shaxs 220,6 mlrd so‘mlik mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan foydalanadi;
▫️209,7 ming nafar jismoniy shaxs 96,1 mlrd so‘mlik yer solig‘i imtiyozlaridan foydalanmoqda.

❗️Mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda toʻlanadi. Har bir kechiktirilgan kun uchun penya hisoblanadi.
___________
#цифра_дня
#налог_на_имущество #земельный_налог

Сколько физлиц в Узбекистане платят налоги на имущество и землю?

На сегодняшний день 6,7 млн физлиц - плательщики налога на имущество и 5,7 млн физлиц - плательщики земельного налога.

Сколько объектов им принадлежат?
7,7 млн объектов недвижимости и 6,7 млн земельных участков.

Сколько налогов им начислено?
2,5 трлн сумов налога на имущество и 3,6 трлн сумов земельного налога.

Сколько человек пользуются льготами?
▫️1,7 млн физлиц пользуются льготами по налогу на имущество на сумму 220,6 млрд сумов;
▫️209,7 тысяч физлиц пользуются льготами по земельному налогу на сумму 96,1 млрд сумов.

❗️Налоги на имущество и землю уплачиваются равными долями до 15 апреля и 15 октября. За каждый день просрочки начисляются пени.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ochiq_muloqot

Tadbirkorlarning muammolari mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi

📌Qibray tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i tuman hokimiligi mutasaddilari va tuman prokuraturasi mas’ul xodimlari tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, faoliyatlariga oid taklif va muammolarini o’rgandilar.

Uchrashuv davomida, tadbirkorlarning turli yo’nalishlarda duch kelayotgan muammolari atroflicha o’rganilib, tegishli tartibda amaliy yordam ko’rsatish uchun vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, ayrim tadbirkorlarning soliq va bojxona to‘lovlaridagi imtiyozlar bo’yicha murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi
.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga asosan qoʻllanilgan jarima summasining 98 %i hisobdan chiqariladi

🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-39 son Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra:
Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i (avval 100%);

♻️Bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar (227 prim 1-modda) uchun qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar boʻyicha mavjud qarzdorlikning 98 %i hisobdan chiqariladi va qarzdorlikni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

📌Undirilgan jarima summalarining 98%i kelgusi toʻlovlar hisobiga tadbirkorlik subyektlariga qaytariladi.