Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.2K photos
1.66K videos
111 files
3.77K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#imtiyoz

Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
👉Soliq kodeksi 378-modda

Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.

Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.

Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.

Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.
Yashil makon” - vijdonimiz, boʻlajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi masʼuliyatimiz — Shavkat Mirziyoyev

🌳 Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari boʻyicha o'tkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Ohangaron shahar 4-sektor hududida shahar Soliq inspeksiyasi rahbari Anvar Mo'minov boshchiligida "Yashil makon" loyihasi va hashar ishlari tashkil etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sektor_faoliyati
#xayriya

🔰Mahalla obodligi yo'lida 4-sektor tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda ijtimoiy ta'minotga muhtoj oilalarga berilayotgan ko'maklar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i

👉Qaysi obyektlar uchun to‘lanadi?
👉Qanday hisoblanadi?
👉Stavkalar miqdori qancha?


🎞Batafsil videorolikda

❗️15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
🟦🟦🟩🟩  Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar

🟢Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Hududlarni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish sektorlarni muvofaqlashtirish sho‘basi boshlig‘i hamda Zangiota tumani soliq inspeksiyasi rahbari shu tumanning 4 – sektoriga qarashli Bo‘zsuv xududi Nurobod mahalla
fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.

🟢 Muammolar “yettilik” ko‘magida hal etilmoqda...

🟢Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🟢Mahallabay ishlash yo‘nalishiga mas’ul etib biriktirilgan xodimlar tomonidan 2024- yilning bugungi kunigacha amalga oshirilgan ishlar ...

🟢 Barqarorlik reytingi - tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat...

🟢 Qibray tumani prokurori va Soliq inspeksiyasi boshlig'i tadbirkorlar bilan ochiq
muloqot qildi...

🟢QUYI CHIRCHIQ TUMANI_OBOD XONADON – OBOD KO‘CHA –
OBOD MAHALLA...

🟢Angren shahrida tadbirkorlar bilan
uchrashuv bo‘lib o‘tdi...

🟢Rajab Ummatov  Piskent tumanidagi “Istiqlol” mahallasida yashaydi. U uch oʻgʻli bilan tomorqasining 10 sotix maydoniga rediskaning
“dungan” navini ekkan.

🟢Saviya Nigmatulina 80 yoshda. U Nurafshon shahar “Hurriyat” mahallasi
istiqomat qiladi.

🟢Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk
solig‘ini to‘laydi? ..

🟢1-apreldan QQS boʻyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Yaʻni quyidagilar uchun
QQS to‘lanadi.

🟢 Toshkent viloyati soliq boshqarmasining mas’ul xodimlari hamda Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsadida targ‘ibot-tashviqo
t ishlari olib borilmoqda.

🟢Viloyat 4-sektor mutasaddilari Angren shahrida sayyor
qabul o‘tkazdi..

🟢1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim
etishning oxirgi kuni..

🟢Davlatimiz rahbari raisligida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Quyi Chirchiq tumani soliq inspeksiyasi mutasaddilari 4 -sektor hududidagi "Beruniy"mahallasidagi
xonadonlarda bo'ldilar.

🟢 Jismoniy shaxslardan olinadigan
mol-mulk solig‘i..

🟢Olmaliq shahar Soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Ixtiyor Aliyev bugun sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan 30 nafardan ziyod ishsiz ayollarni "Chambil" mahallasida faoliyat ko‘rsatayotgan "BOLEZZIO TEKSTIL" MCHJga olib borib
sayohat tashkil qildi.

🟢MIB hamda soliq
inspeksiyasi hamkorligi...

#soliqpressa#dayjest

Telegram | Facebook | Instagram
#aksiz_soligi

1-apreldan gazlangan va energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etiladi

🗓 2024-yil 1-apreldan:

👉tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) – 1 litr uchun 500 so‘m;

👉energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar – 1 litr uchun 2 000 so'm miqdorida aksiz solig‘i joriy etiladi.

📃Soliq kodeksi 289 prim 3-modda
#deklaratsiya

‼️Deklaratsiya – jismoniy shaxsning yil davomida olgan daromadlari va ushlangan soliq miqdori haqidagi hujjat bo‘lib, yashash joyidagi soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.

✔️Asosiy ish joyidan tashqari boshqa daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar 1-apreldan kechikmay doimiy turar joyidagi soliq inspeksiyasiga deklaratsiya taqdim etishi shart. Deklaratsiyada quyidagilar ko‘rsatiladi:

☑️mulkiy daromadlar , agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
☑️ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar
☑️moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida
soliq solinmagan bo‘lsa

📍O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;

soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;

soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

📌Deklaratsiya o‘tgan yil (soliq davri) uchun taqdim etiladi.
#savol_javob

Savol:
— Elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtish jarayonida ayrim savollar tug‘ilmoqda. Jumladan, yuk jo‘natuvchi tomonidan tovar-transport yuk xati rasmiylashtilgach qo‘shimcha yoki o‘zgartirish kiritish zarurati tug‘ilsa buni amalga oshirish imkoniyati mavjudmi?

❗️Javob:
— Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi
249-son qarori 3-1-ilovasi 3-bob 19-bandiga asosan, avval rasmiylashtirilgan elektron tovar-transport yuk xatiga qo‘shimcha va tuzatish kiritish mazkur Nizom talablari asosida yuk oluvchi tomonidan tasdiqlangunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
___________________________
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!


Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilgan
___________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Не забудьте уплатить налоги на имущество и землю до 15 апреля!

❗️
Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

📲 Получить информацию о начисленных налогах на имущество и землю и произвести оплату можно через мобильное приложение Soliq.

👉Физические лица получили уведомления об уплате налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz #daromad_soligi

Kimlar ishchilari uchun toʻlangan daromad soligʻini qaytarib olishi mumkin?


Bular:
👉Jazo muddatini oʻtab qaytgan fuqarolarni ishga qabul qilgan korxonalar;
👉Paxta va gʻalla yetishtiruvchi fermerlar;
👉Issiqxonasi 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar;
👉“20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis” dasturidagi korxonlar;
👉Mikrofirma va kichik korxonalar.


Qaytarib olish talabi va tartibi qanday?

🎞Batafsil videorolikda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_soligi

🔴 Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini to‘laydi?

Soliq kodeksining 418-moddasiga muvofiq mulkida soliq solish obyekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

📍O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
▫️ tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar.
▫️ ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar. jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi.

❗️Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.

🔗 2024-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari