Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.5K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
109 files
3.69K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

💐Qibray tumanida “Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z” shiori ostida o’tkazilgan Navro’z sayli fuqarolarga o'zgacha shukuh va bahoriy kayfiyat ulashdi.

🌺Sayl davomida bahoriy taomlar sumalak va halim kabi taomlar tayyorlanib ishtirokchilarga tortiq etildi. San'atkorlar va folklor ansambli tomonidan Navro'zni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar ijro etilib, barchaga bayramona kayfiyat baxsh etdi.
#yer_soligi

📌Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2023-yil 30-dekabrdagi “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2024-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash haqida”gi qaroriga muvofiq 2024-yil uchun belgilangan yer solig‘ining bazaviy stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar.
#Qulaylik

Navroʻz bayrami arafasida hududlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi

📌Viloyat aholisi va mehmonlarini arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Navroʻz bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

✔️4-sektor hududidagi tuman-shaharlar markazlarida, shuningdek, olis chekka mahallalarda tashkil etilgan yarmarkada fuqarolarning kunlik isteʼmoli hamda bayram dasturxoni uchun kerakli oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi hamda goʻsht va goʻsht mahsulotlarini maqbul narxlarda xarid qilishmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qayta_aloqa

Soliq organlari va soliq to‘lovchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar o‘rtasida konstruktiv onlayn muloqotni tashkil etish maqsadida “Soliq organlari bilan qayta aloqa” axborot tizimi ishga tushirilganini ma'lum qilamiz.

Xabar yo'llash uchun:
1. Soliq qo‘mitasining soliq.uz saytiga kiriladi;
2. “Bizga xabar yuboring” xizmati tanlanadi.
*xabar yuboruvchi “Soliq” mobil ilovasi foydalanuvchisi bo'lishi lozim.

Tizim foydalanuvchini roʻyxatdan oʻtishi uchun avtomatik ravishda interaktiv platformaga yoʻnaltiradi.

3. Platformaga oʻtgandan soʻng, “xabar yuborish” tugmasi bosiladi. Ochilgan oynaga savol matni kiritiladi va zarur hollarda hajmi 5 mb.dan katta boʻlmagan faylni ilova qilish mumkin.

Jarayonni yakunlash uchun “keyingi qadam” tugmasi bosiladi.

Savollar va xabarlarni 24/7 rejimda yuborish mumkin.
Javoblar ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha beriladi.


"Tadbirkor va soliqchi" telegram guruhi faoliyati ”Qayta aloqa” AT da davom ettiriladi.
____________
#обратная_связь

С целью создания конструктивного диалога с налогоплательщиками и другими заинтересованными лицами внедряется Информационно-интерактивная система "Обратная связь с налоговыми органами".

Для отправки сообщения:
1. войдите на сайт Налогового комитета soliq.uz;
2. нажмите на вкладку “Отправьте нам сообщение”

*Чтобы отправить сообщение необходимо быть пользователем мобильного приложения Soliq.

3. После успешного входа на платформу нажмите “Отправить сообщение”. В открывшемся окне введите текст своего вопроса и при необходимости прикрепите файл не более 5 мб.

Нажмите “Следующий шаг” для завершения процесса.

Сообщения и вопросы можно направлять в режиме 24/7.
Ответы предоставляются в рабочие дни с 9:00 до 18:00 часов.

Работа телеграм-группы "Tadbirkor va soliqchi" продолжится в рамках ИС "Обратная связь".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Navroz_muborak

🌺Bugun, 21-mart milliy va qadimiy bayramimiz Navro‘z nishonlanadigan kun.

💐Navro‘z xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Chin ma’noda bahor bayrami.

🌷Shunday ajoyib va qutlug‘ kun bilan barcha Vatandoshlarimiz va yurtimiz mehmonlarini Toshkent viloyati  soliq boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.

🌹Oilangizdan tinchlik-totuvlik, xonadoningizdan fayz- baraka arimasin.

🇺🇿Navro‘z bayraminingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navroʻz_sayli #Oʻrtachirchiq

O‘rta Chirchiq tuman ma’muriy markazida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida "Navro‘z" umumxalq bayrami tantanalari bo‘lib o‘tmoqda
.
🇺🇿Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Alovitdin Inagamov Navro‘z ayyomi bilan yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi!
#barqarorlik_reytingi

🔰Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

📌Ma’lumki, iqtisodiyotning qishloq xojaligi yonalishi ham muhim tarmoq hisoblanib, ular ham tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reyting tizimida ishtirok etmoqda.

🌷Navbatdagi uchrashuv Toshkent tumanining "Sabzavot" mahallasida faoliyat olib borayotgan issiqxonada tashkil etildi.

☘️Aytish kerakki, mazkur issiqxona 4,5 gektar yer maydonida joylashgan issiqxonada meva-sabzavot mahsulotlaridan tortib, turfa xil gullargacha topish mumkin. Issiqxonaning 2,5 gektarida qulupnay, 1 gektarida pomidor, bodring, 1 gektarida esa lola va atirgul kabi gullar yetishtirilmoqda.

🔺Korxona rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashuvda yuqori reytingga ega tadbirkorlar ragbatlantirilishi lekin bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo`llash nazarda tutilmaganligi tushuntirildi.
Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar nechta?

📌Viloyatimizda 2024- yilning 1-mart holatiga jami 3 689 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

🔹Oqqo‘rg‘on tumani – 129 ta
🔹Ohangaron tumani– 80 ta
🔹Bekobod tumani– 79 ta
🔹Bo‘stonliq tumani– 357 ta
🔹Bo‘ka tumani– 72 ta
🔹Quyi Chirchiq tumani– 78 ta
🔹Zangiota tumani– 362 ta
🔹Yuqori Chirchiq tumani– 302 ta
🔹Qibray tumani– 285 ta
🔹Parkent tumani– 335 ta
🔹Piskent tumani. – 49 ta
🔹O‘rta Chirchiq tumani– 405 ta
🔹Chinoz tumani– 78 ta
🔹Yangiyo‘l tumani– 209 ta
🔹Toshkent tumani– 325 ta
🔹Nurafshon shahri– 145 ta
🔹Olmaliq shahri– 58 ta
🔹Angren shahri– 86 ta
🔹Bekobod shahri– 52 ta
🔹Ohangaron shahri– 70 ta
🔹Chirchiq shahri– 47 ta
🔹Yangiyo‘l shahri– 86 ta