Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.55K subscribers
12K photos
1.64K videos
105 files
3.62K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Rеytingi "yuqori" bo`lganlar uchun imtiyozlar taqdim etilishi tushintitrilmoqda

📌Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

✔️Muloqotlarda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 10 ta umumiy mezon, yana qo‘shimcha 45 ball olish mumkin bo‘lgan rag‘batlantiruvchi, shu bilan birga, kamaytiruvchi mezonlar batafsil tushuntirilmoqda.

Xususan, Toshkent tumanida faoliyat yurituvchi “BONITO GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z mahsulotlarini asosan MDH mamlakatlariga eksport qilib keladi. Jamiyat o‘z ish faoliyatini 2017-yilda boshlagan bo‘lib, korxonada hozirgi kunda 300 nafarga yaqin ishchi xodimlar samarali mehnat qilib kelmoqdalar.

🔹Uchrashuvda korxona rahbari hamda hisobchisiga shaxsiy kabinet orqali reytingdagi toifasini muntazam kuzatib borishlari, kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkinligi tushuntirildi.
Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari qanchaga ko‘paygan?

☑️2024- yil yanvar oyida Toshken
t viloyatida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 536 taga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 45 taga ko‘paygan va 109,2 %ni tashkil etdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

💐Qibray tumanida “Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z” shiori ostida o’tkazilgan Navro’z sayli fuqarolarga o'zgacha shukuh va bahoriy kayfiyat ulashdi.

🌺Sayl davomida bahoriy taomlar sumalak va halim kabi taomlar tayyorlanib ishtirokchilarga tortiq etildi. San'atkorlar va folklor ansambli tomonidan Navro'zni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar ijro etilib, barchaga bayramona kayfiyat baxsh etdi.
#yer_soligi

📌Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2023-yil 30-dekabrdagi “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2024-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash haqida”gi qaroriga muvofiq 2024-yil uchun belgilangan yer solig‘ining bazaviy stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar.
#Qulaylik

Navroʻz bayrami arafasida hududlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi

📌Viloyat aholisi va mehmonlarini arzon, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Navroʻz bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

✔️4-sektor hududidagi tuman-shaharlar markazlarida, shuningdek, olis chekka mahallalarda tashkil etilgan yarmarkada fuqarolarning kunlik isteʼmoli hamda bayram dasturxoni uchun kerakli oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi hamda goʻsht va goʻsht mahsulotlarini maqbul narxlarda xarid qilishmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qayta_aloqa

Soliq organlari va soliq to‘lovchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar o‘rtasida konstruktiv onlayn muloqotni tashkil etish maqsadida “Soliq organlari bilan qayta aloqa” axborot tizimi ishga tushirilganini ma'lum qilamiz.

Xabar yo'llash uchun:
1. Soliq qo‘mitasining soliq.uz saytiga kiriladi;
2. “Bizga xabar yuboring” xizmati tanlanadi.
*xabar yuboruvchi “Soliq” mobil ilovasi foydalanuvchisi bo'lishi lozim.

Tizim foydalanuvchini roʻyxatdan oʻtishi uchun avtomatik ravishda interaktiv platformaga yoʻnaltiradi.

3. Platformaga oʻtgandan soʻng, “xabar yuborish” tugmasi bosiladi. Ochilgan oynaga savol matni kiritiladi va zarur hollarda hajmi 5 mb.dan katta boʻlmagan faylni ilova qilish mumkin.

Jarayonni yakunlash uchun “keyingi qadam” tugmasi bosiladi.

Savollar va xabarlarni 24/7 rejimda yuborish mumkin.
Javoblar ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha beriladi.


"Tadbirkor va soliqchi" telegram guruhi faoliyati ”Qayta aloqa” AT da davom ettiriladi.
____________
#обратная_связь

С целью создания конструктивного диалога с налогоплательщиками и другими заинтересованными лицами внедряется Информационно-интерактивная система "Обратная связь с налоговыми органами".

Для отправки сообщения:
1. войдите на сайт Налогового комитета soliq.uz;
2. нажмите на вкладку “Отправьте нам сообщение”

*Чтобы отправить сообщение необходимо быть пользователем мобильного приложения Soliq.

3. После успешного входа на платформу нажмите “Отправить сообщение”. В открывшемся окне введите текст своего вопроса и при необходимости прикрепите файл не более 5 мб.

Нажмите “Следующий шаг” для завершения процесса.

Сообщения и вопросы можно направлять в режиме 24/7.
Ответы предоставляются в рабочие дни с 9:00 до 18:00 часов.

Работа телеграм-группы "Tadbirkor va soliqchi" продолжится в рамках ИС "Обратная связь".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Navroz_muborak

🌺Bugun, 21-mart milliy va qadimiy bayramimiz Navro‘z nishonlanadigan kun.

💐Navro‘z xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Chin ma’noda bahor bayrami.

🌷Shunday ajoyib va qutlug‘ kun bilan barcha Vatandoshlarimiz va yurtimiz mehmonlarini Toshkent viloyati  soliq boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.

🌹Oilangizdan tinchlik-totuvlik, xonadoningizdan fayz- baraka arimasin.

🇺🇿Navro‘z bayraminingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navroʻz_sayli #Oʻrtachirchiq

O‘rta Chirchiq tuman ma’muriy markazida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida "Navro‘z" umumxalq bayrami tantanalari bo‘lib o‘tmoqda
.
🇺🇿Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Alovitdin Inagamov Navro‘z ayyomi bilan yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi!