Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12K photos
1.64K videos
109 files
3.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#soliq_tekshiruvi

Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan "Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉VMQ-132 13.03.2024

Kameral soliq tekshiruvi jarayonida quyidagilar taqiqlandi:
▫️soliq toʻlovchining hududiga kirish;
▫️soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish;
▫️soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
▫️soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.

❗️QQSni qoplash (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.
—————--
#налоговая_проверка

В связи с упрощением порядка проведения камеральной налоговой проверки внесены изменения и дополнения в Положение "О порядке организации и проведения налоговых проверок".
👉ПКМ №132 от 13.03.2024

При проведении камеральной налоговой проверки запрещается:
▫️доступ на территорию налогоплательщика;
▫️осмотр территории и помещений налогоплательщика;
▫️истребование документов у налогоплательщика и его вызов;
▫️выемка документов и предметов налогоплательщика.

❗️За исключением камеральных налоговых проверок, проводимых при возмещении (возврате) НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Yillar kesimida Faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar

🔰2024- yil 1- fevral holatiga koʻra, Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni 39,0 mingtaga yetdi.

📌So‘nggi yillarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha:

☑️2020 yilda – 33 375 ta

☑️2021 yilda – 40 380 ta

☑️2022 yilda – 44 577 ta

☑️2023 yilda – 47 567 ta

☑️2024 yilda – 38 986 ta
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlari yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi.

Ushbu davr mobaynida soliq organlarining elektron xizmatlari vaqtinchalik ishlamaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1198 raqami orqali 24/7 rejimda faoliyat olib boruvchi Call-markazga murojaat qilish mumkin.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных с 21:00 часов 21 марта до 09:00 часов 23 марта будут проводиться профилактические работы.

В этот период порталы электронных налоговых услуг будут временно недоступны.

За консультацией можно обратиться в круглосуточный Call-центр по номеру 1198.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Hozirda fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuborilmoqda.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilmoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq organlari faoliyati hamda sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida Soliq qoʻmitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
🟦🟦🟩🟩  Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar

🟢Kimlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan?

🟢 "Mahalla yettiligi" a’zolari hamda tanlab olingan ko‘chalarga biriktirilgan mas’ulllar bilan yig'ilish o'tkazdi.

🟢Reytingi "yuqori" bo'lganlar uchun imtiyozlar taqdim etiladi.

🟢  Bo‘stonliq tumani 4-sektor rahbari Yangiqo‘rg‘on MFY hududdida aholi bilan birgalikda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

🟢 1-apreldan QQS boʻyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Yaʻni quyidagilar uchun QQS to‘lanadi.

🟢 Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullandigan faoliyat turi  hisoblanadi.

🟢 O‘zbekiston 24 radiosi🎙Xabarlar dasturi.  

🟢 Chinoz tumani “Birlik” mahallasida yashovchi Xoliqulovlar oilasi tomorqada koʻchat yetishtirib, yiliga 100 ming AQSH dollari doromad topmoqda. Oila shuningdek, yana 35 nafar yoshni mavsumiy ish bilan taʼminlaydi.

🟢 Toshkent viloyatida 64,7 milliard so‘m mol-mulk va yer soliqlari undirilgan.

🟢Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari  tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🟢 1-apreldan gazlangan va energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etiladi.

🟢Toshkent  tumanida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi hajmi.

🟢 Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sonini bilmoqchimisiz?

🟢 Viloyat 4-sektor mutasaddilari Pskentda sayyor qabul o‘tkazdi.

🟢- Aksiz solig‘i stavkalari qanday tartibda belgilanadi?

🟢 Deklaratsiya – jismoniy shaxsning yil davomida olgan daromadlari va ushlangan soliq miqdori haqidagi hujjat bo‘lib, yashash joyidagi soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.

🟢 Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini
qanday topshiradi?

🟢 Toshkent  viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  Pskent tumanida "Kultepa" mahalla fuqarolari yig'inida aholi muammolariga joyida ijobiy yechim topish maqsadida  sayyor
qabul o‘tkazdi.

🟢
Navbatdagi uchrashuv manzili Angren shahrida faoliyat olib borayotgan “MILL EXPO” MCHJ boldi. Korxona rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashuvda yuqori reytingga ega tadbirkorlar ragbatlantiriladi  lekin bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo`llash nazarda tutilmaganligini tushuntirildi.

🟢
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini belgilash tadbirkorlarga qanday imkoniyatlar yaratadi?

🟢 Barqarorlik reytingi mexanizmlari
tushuntirilmoqda.

🟢 Toshkent viloyati soliq organi xodimlari tomonidan aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot
ishlari davom ettirilmoqda.

#soliqpressa#dayjest

Telegram | Facebook | Instagram
QQS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20-mart - fevral oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 марта - последний день представления отчетности по НДС за февраль

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hashar

♻️Yurtimizning har bir go‘shasida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

‼️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ham hasharda yuqori kayfiyatda uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar.

Hasharda  bino atrofi supurilib, saranjom-sarishta holga keltirildi, ariqlar tozalandi, atrof turli chiqindilardan holi etildi.

🌱Xayrli ishlar davomida boshqarma hovlisiga turli gul ko'chatlari ham o'tkazildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#obodonlashtirish

♻️Olmaliq shaxar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tashabbusi bilan mahalla xodimlari hamkorligida "Zarbuloq" MFY "Ma’rifat" ko‘chasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning xonadonida obodonlashtirish ishlari tashkillashtirilib, iftorlik o‘tkazib berildi.

✔️Shuningdek, Ohangaron shaxar 4-sektor rahbari va "Qo'rg'on" MFY mutasaddilari boshchiligida mahallaning Ohangaron ko'chasida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

📌 Ushbu ko'chada joylashgan 83-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro xonadonida iftorlik dasturxoni yozilib, mahalla aholisi bir dasturxon atrofiga yig'ildlar. Aholi bilan o'z tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo'yicha tushuntirishlar ham berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #soliq_hisoboti

2024-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41

👉YouTube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads