Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12.9K photos
1.8K videos
117 files
4.25K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Sayyor qabullar davom etmoqda

🔰Bugun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘I o‘rinbosari Chirchiq shahri “Hamza” mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

📍Sayyor qabulda Chirchiq shahar sektorlari rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdilar.

⚡️Aholi bilan muloqot davomida elektr energiyasi, ichimlik suvi, bolalar maydonchasi qurish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, davolanishga amaliy yordam berish, bandlikni ta’minlash kabi ko‘plab masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

☑️Qabulda 50 nafar fuqarodan 20 yaqin mummolar eshtilib 4 ta murojaat joyida hal etildi.

‼️Muddat talab etadigan muammolar nazoratga olinib tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim
👉
Soliq kodeksi 440-modda

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi.
👉
Soliq kodeksi 433-modda

Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️qishloq va dehqon xoʻjaligi uchun berilgan;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan;
▫️jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchilik uchun berilgan,
▫️yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan;
▫️meros yoki hadya qilingan va sotib olinganda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilganda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari ostidagi yer uchastkalari.
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
👉
Soliq kodeksi 434-modda
#yer_soligi #imtiyoz

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OLMALIQ SHAHRI_EKSPORT MAHSULOTLARINI MAHALLIYLASHTIRISH_04.03.2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo'yicha profilaktik tadbirlar


🔍Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Toshkent viloyati soliq boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda tadbirkorlarga tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, sotuvchilar mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, chek bermaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirildi.

Chirchiqda o‘tkazilgan tadbirda bozorda ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan 86 nafar shaxslarning faoliyati qonuniylashtirildi, 90 ta yangi ish o‘rni yaratildi, shuningdek 98 ta nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallari o‘rnatildi.

👉Youtube orqali ko‘rish

Avvalroq "Malika", "Jomiy", "Sergeli mashina bozori" hamda “Chinni bozor”dagi tadbirkorlar faoliyati o‘rganilgan edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
___________
#онлайн_ККТ

Покупателям должны выдавать чек с QR-кодом

Субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККМ и виртуальные кассы и выдавать покупателям чек с QR-кодом и фискальной отметкой.
Такой чек выдаётся покупателю как при оплате наличными, так и через терминал.
👉№ УП-5813 от 06.09.2019 г.

При осуществлении денежных расчетов с населением через электронные платежные организации или платформы электронной коммерции (маркетплейсы) предоставляется электронный фискальный чек.
👉ПКМ № 943 от 23.11.2019 г.

Осуществление торговли и оказание услуг без применения контрольно-кассовой техники, реализация товаров и оказание услуг без выдачи чека покупателю считается налоговым правонарушением и является основанием для привлечения к ответственности в установленном порядке.
👉ст.221 НК

Осуществление расчетов через P2P-переводы (с карты одного физического лица на карту другого физлица) за товары или услуги между продавцом и покупателем без выдачи чека противоречит налоговому законодательству❗️

Подать жалобу на невыдачу чека можно в разделе "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-mart

fevral oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini byudjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 марта 2024 года последний день

за февраль:


- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_soligi

– Jismoniy shaxslarning noturar obyektlari uchun mol-mulk solig‘i qanday tartibda hisoblanadi

🟢 Joriy yildan e’tiboran soliq yukini adolatli taqsimlash maqsadida, jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan birxillashtirildi.

🗓 Ya’ni, 2024-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln so‘m;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln so‘m;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln so‘m.

📌 Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past bo‘lsa, soliq to‘lovchilar ko‘chmas mulk qiymatini soliq solish maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda, mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar so‘nggi 2 yil davomida baholovchi tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkni baholash natijalaridan mol-mulk solig‘i bazasini aniqlashda foydalanish mumkin.

⚠️ Bundan tashqari, 1 kvadrat metr uchun minimal qiymat tartibi jismoniy shaxslar egaligidagi:
▫️qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash;
▫️ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari;
▫️minoralar;
▫️ko‘priklar (estakadalar);
▫️rezervuarlar (o‘t o‘chirish inshootlari, sisternalar);
▫️bostirmalar;
▫️ shiyponlar;
▫️beton maydonlar;
▫️devorlar (bordyurlar) ga nisbatan qo‘llanilmaydi.
#imtiyoz

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'I to'lamaydi

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Endi ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?


Ota (ona) imtiyozni:
▫️ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
▫️soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.
👉 Kontrakt to'lashda deklaratsiya to'ldirish bo‘yicha videoqo'llanma

❗️Imtiyoz 2022-yil 1-apreldan amal qiladi.
Savdo sohasida nechta yangi korxonalar ochilgan?

📌2024- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida savdo sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 620 taga yetdi va bu sohada 216 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.Ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:

✔️Zangiota tumani – 40 ta
✔️Bekobod shahri– 16 ta
✔️Yuqori Chirchiq tumani– 14 ta
✔️Qibray tumani– 14 ta
✔️Parkent tumani– 14 ta
✔️Toshkent tumani – 12 ta
Chet el investitsiya ishtirokidagi korxonalar

‼️2024- yil 1- fevral holatiga koʻra Toshkent viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan chet el investitsiya ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 1 597 tani tashkil etdi va keyingi besh yilda korxonalar soni 1,3 barobarga oshdi. Yetakchi o‘rinni 518 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasi egallagan.
Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar

🔰2024- yil 1- fevral holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 3 126 tani tashkil etdi. Shudan:

☑️Yashash boʻyicha xizmatlar – 335 ta

☑️Oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish boʻyicha xizmatlar – 2 791 ta
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi?
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#YaTT

YaTTlarning ijtimoiy soliq to’lovi

YaTTlar ucun Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:👇🏻👇🏻

📍Soliq kodeksi 408-moddasiga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlar oyiga 340 000 so’m;

📍savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YaTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga 170 000 so’m;

📍boshqa YaTTlarning yollanma xodimlari uchun yiliga 340 000 so'm;

📍oilaviy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmagan YaTT sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosi oyiga 340 000 so’m;

📍oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to’lmaganlar bundan mustasno) oyiga 170 000 so’m.
#muhokama

Mahallada sodir etilgan jinoyat sabablari sektor rahbari va boshqa mas'ullar boshchiligida muhokama qilindi

🔰Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Bo‘stonliq tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i va tuman IIB mas'ullari, tumanning 4-sektor hududida joylashgan Chimyon mahallasida dala hovlilarda elektr, suv ta'minotlarini noqonuniy tarzda foydalanib kelayotgan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi.

📍Muhokama davomida bu kabi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, kelgusida mahalla tizimidagi xodimlar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilab olindi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.