Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.72K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi imkoniyatlari tadbirkorlarga tushuntirilmoqda

📌Toshkent viloyati soliq boshqarmasi ma’sul xodimlari hududlarda faoliyat yuritib kelayotan tadbirkorlik sub’ektlariga barqarorlik reytingni imkoniyatlari xususida tushuntirishlar olib bormoqdalar.

🔰Kuni kecha Chirchiq shahridagi “Quantum” xususiy maktabida bo‘lgan uchrashuvda ham soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan, Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

📍Reytingdan o‘rin olgan umumiy, rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi mezonlar aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi.

♻️Reytingda yuqori toifaga kirish uchun ijtimoiy reestrdagi fuqarolar bandligini ta'minlash, ishchilar sonini ko‘paytirish kabi mezonlarga alohida urg‘u berib o‘tildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
QQS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20-fevral - yanvar oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 февраля - последний день представления отчетности по НДС за январь

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Nurafshon

🔰4-sektor mutasaddilari tomonidan aholi murojaatlariga yechim topilmoqda


Telegram | Facebook | Instagram
#barqarorlik_reytingi
#savol_javob

Savol:
Tadbirkorlik subyektlari ushbu reyting natijalarini onlayn kuzatib borishi, uz faoliyatidagi kamchiliklarni to‘g‘irlashi natijasida uning reytingi yuqori ko‘rsatgichlarga oshishi qancha vaqtda ko‘rinadi. Ya’ni, platforma ma’lumotlarni yangilashi 1 oyda yoki 1 chorakda o‘zgaradimi? Shu bo‘yicha ham biznes vakillariga axborot berib o‘tsangiz.
‼️Javob:
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi aniqlash elektron platformasi onlayn va real vaqt rejimida ishlaydi. Reytingni aniqlash bo‘yicha bajarilmagan mezonlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilgan zaxotiyoq tegishli ballar qo‘shilib boriladi yoki aksincha majburiyatlarni bajarish muddati o‘tgan zaxoti ballar chegiriladi.
Masalan, Soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi, mazkur mezon bo‘yicha ball soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlarining belgilangan muddatdan kech va (yoki) qayta hisobot taqdim etilganlik holatlari bo‘yicha aniqlanadi.
Soliq turlari bo‘yicha hisobotlarni kechiktirmagan bo‘lsa – 10 ball beriladi (hisobot kechiktirib taqdim etgan bo‘lsa – ball berilmaydi).
Mazkur mezon bo‘yicha baholashda kalendar oyida hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi.
🗞Mahalla yettiligi faoliyati bosma OAV nigohida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 20-fevral – QQS toʻlovchilar uchun yanvar oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni

QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#e_ijara

Tovar aylanmasidan ijara haqi hisoblanishi bo‘yicha tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ham "E-ijara" da hisobga qo‘yish mumkin

Buning uchun ijaraga beruvchi shaxs ijara shartnomasini hisobga qoʻyish jarayonida “Tovar aylanmadan ijara toʻlovi” tugmasiga belgi qoʻyishi hamda tovar aylanmasidan toʻlanadigan ijara toʻlovi stavkasini koʻrsatishi lozim.

Agar ijara toʻlovi belgilangan minimal stavkadan past boʻlsa, ijaraga berishdan olingan daromad uchun soliq oylik ijara toʻlovining minimal stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
👉2024-yil uchun ijara toʻlovlarining minimal stavkalari

Ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma tasdiqlangach u soliq organlarida hisobga qoʻyiladi. Hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada ijara toʻlovi tovar aylanmasidan hisoblanishi to‘g‘risidagi ma'lumot hamda ijara toʻlovi stavkasi aks etadi.
————-
#e_ijara

Через E-ijara можно зарегистрировать договоры аренды недвижимого имущества, заключенные на основе арендной платы от оборота

Для этого арендодателю необходимо в процессе постановки на учет договора аренды поставить отметку «Арендная плата от товарооборота» и указать ставку арендной платы, уплачиваемой от товарооборота.

Если арендная плата ниже установленных минимальных ставок, налог на доходы от сдачи имущества в аренду будет рассчитываться исходя из минимальных ставок арендной платы в месяц.
👉Минимальные ставки арендной платы на 2024 год

Договор регистрируется в налоговых органах после его подтверждения арендатором. В свидетельстве о постановке на учет содержится информация о расчете арендной платы от оборота и ставке арендной платы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-fevral

yanvar oyi uchun:


- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1- va 2-qismlar);

- dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq agenti tomonidan soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-va 4-qismlar);

fevral oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2024-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari

❗️Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) 2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini joriy yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etishi lozim.
___________
#налог_за_пользование_водными_ресурсами

Ставки налога за пользование водными ресурсами на 2024 год

❗️Юридические лица РУз (за исключением сельхозпредприятий) должны представить отчетность по налогу за пользование водными ресурсами за 2023 год не позднее 1 марта этого года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Oilaviy tadbirkorlarga 5 nafargacha xodimni yollash huquqi berildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-890, 27.12.2023) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlariga 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollash huquqi berildi (ilgari 3 nafargacha edi).

Shuningdek, bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning oʻzida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi boʻlish huquqi berildi.

Oilaviy tadbirkorlar quyidagi miqdorlarda ijtimoiy soliq to‘laydi:
▫️oilaviy YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi uchun – oyiga 340 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari uchun – oyiga 170 000 so‘m (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno);
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi oilaviy tadbirkorlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so‘m;
▫️boshqa oilaviy tadbirkorlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so‘m.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi - biznesning yangi bosqichi


Telegram | Facebook | Instagram
#savol_javob

Savol:

Reyting ballarini aniqlashda qanday mezonlar mavjud?

‼️Javob:


♻️Umumiy, ballarni kamaytiruvchi, qo‘shimcha ballar beruvchi mezonlar, ya’ni

📌Umumiy

🔹-Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davri
🔹-Bank krediti tarixi holati ijobiyligi
🔹-Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasining nisbati
🔹-Soliq hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etilishi
🔹-Soliq hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etilishi
🔹-Hisoblangan soliq summasini to‘lov topshiriqnoma orqali amalga oshirganligi
🔹-Elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilishi holati

Ballarni kamaytiruvchi

🔺-Oxirgi 12 oy davomida ma’lumotlar bazasidan hisobda turgan joyini o‘zgartirilishi
🔺-Ta’sischisi yoki rahbari(mulkdor)ning ishonchsizligi
🔺-Taqdim etilgan soliq hisobotlariga tuzatishlar soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan ixtiyoriy kiritilishi
🔺-Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi maxsus guvohnoma holati
🔺-Soliq qarzining mol-mulk hisobidan undirilishiga qaratilganligi
🔺-Mahsulotlar (tovar va xizmatlarning) identifikatsiya kod (MXIK)laridan noto‘g‘ri foydalanish
🔺-Tadbirkorlik sub’ektlarining kreditorlik qarzdorligi oxirgi 12 oy davomida sud orqali unduruvga qaratilgan bo‘lsa

Qo‘shimcha ballar beruvchi mezonlar (rag‘batlantiruvchi) mavjud.


🔸-Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan "Temir daftar", Ayollar daftari", "Yoshlar daftari", ijtimoiy reestrdagi va nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligi ta’minlanganda
🔸-O‘tgan hisobot davriga nisbatan (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan ortiq ish haqi olgan) xodimlar sonining ortishi (yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun o‘tgan oyga nisbatan solishtiriladi)
🔸-Iqtisodiy faoliyat turlariga muvofiq QQS bo‘yicha bir oylik hisoblangan soliq summasining o‘rtacha nisbati.
🔸-Iqtisodiy faoliyat turlariga muvofiq aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha bir oylik hisoblangan soliq summasining o‘rtacha nisbati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

“AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvi oʻtkazish avtomatik cheklanadi


Barqarorlik reytingida “AAA” toifadagi (100-96 ball) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.
(jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno)

Soliq organlarida mavjud barcha dasturiy mahsullarda “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruv oʻtkazish yuzasidan buyruq rasmiylashtirish cheklandi.
Boshqa toifaga o‘zgarganda ushbu rag‘banlantirish amal qilmaydi.

Shuningdek, QQS summasini 1 kunda tekshiruvlarsiz qoplash (qaytarish) boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Joriy yil 1-martdan integratsiya natijasida olingan maʼlumotlar asosida “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 1 kun muddatda avtomatik ravishda QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) yoʻlga qoʻyiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads