Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.47K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
109 files
3.69K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo'l tumanidagi savdo majmualaridan birida peshtaxtadagi narxlarning xarid chekidagi narxlar bilan nomutanosibligi aks etgan material e'lon qilindi.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida Yangiyo'l tumanidagi soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi.

O'rganish davomida savdo majmuasida sotuvga qo'yilgan ayrim mahsulotlar, jumladan  oshxona buyumlarini tozalashga mo'ljallangan vositalar peshtoqlarda ko'rsatilgan narxlardan qimmatroq sotilganligi ma'lum bo'ldi. Savdo nuqtasi mas'ullari mazkur holatni mahsulotlarni avvalgiga nisbatan qimmatroq sotib olishgani, shu bois narxlar oshganligi, lekin petoqlarda ko'rsatilgan narxlarni o'zgartirishni unutishgani bilan izohlashdi.

Soliq xodimlari tomonidan savdo majmuasi ma'sullariga belgilangan savdo qoidalariga rioya etishlari lozimligi va soliq huquqbuzarliklarining salbiy oqibatlari to'g'risida tushuntirish berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘RTA CHIRCHIQ_MAHALLA TIZIMI TUBDAN ISLOH QILINMOQDA_15.01.2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi o‘tkazildi.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga sharh.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Yil davomida viloyatda kichik biznes subyektlari soni 38 953 taga yetdi

‼️2024- yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 6 940 tani tashkil qildi. 2022- yilning mos davriga nisbatan 141 taga ko‘paydi. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni esa 38 953 taga yetdi.

🔰Hududlar kesimida eng ko‘p kichik biznes subyektlari Zangiota tumanida 4 630 ta subyekt, Qibray tumanida 3 464 ta subyekt, Toshkent tumanida 2 781 ta subyekt faoliyat ko‘rsatmoqda.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024- yilda yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlarda nimalar o‘zgardi
?

‼️Qat’iy belgilangan summada belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha foydali qazilmalarning ayrim turlariga 2023- yilda amalda bo‘lgan stavkalar o‘rtacha 12%ga indeksatsiya qilindi.

2024- yilda suv solig‘ida nimalar o‘zgardi
?

‼️2023 -yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun amalda bo‘lgan soliq stavkalari 12 – 30% ga indeksatsiya qilingan.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #keshbek

📌1% keshbek olishda chegaraviy miqdor oʻrnatildi, QQS qaytariladigan mahsulotlar 4 taga ko‘paydi

📄Prezident qarori (
PQ-13-son, 10.01.2024-y) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra:

‼️2024-yil 1-yanvardan xarid summasidan 1% keshbek olishda oylik xarid summasiga chegaraviy miqdor oʻrnatildi (
BHMning 60 baravari);

📍Korporativ kartalar orqali sotib olinadigan tovarlar uchun keshbek berish bekor qilindi;

♻️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga yana 4 ta mahsulot (un, shakar, dori vositalari hamda tibbiy xizmatlar) xaridi uchun
QQS qaytariladi;

✔️QQS "Ijtimoiy himoya reestri"dagi fuqarolarga oyiga 3,4 mln soʻm (BHMning 10 baravari) miqdoridagi xaridlar doirasida qaytariladi;

🔺Xarid chekida bank kartasi turini (korporativ yoki shaxsiy)
ko‘rsatish shartligi belgilandi.
#mol_mulk

Mol-mulk soligʻi maʼlumotnomasi hamda baholash natijalari soliq organlariga qanday yuboriladi
?

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma joriy yilning 20-yanvarigacha* soliq organiga taqdim etilishi lozim.
👉Soliq kodeksi 417-modda
👉Maʼlumotnomani to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Agar koʻchmas mulk obyektida mustaqil baholash amalga oshirilgan boʻlsa baholash natijalarini ushbu manzil orqali soliq organiga yuborish lozim.
👉Baholash natijalarini yuborish boʻyicha qoʻllanma

Soliq organlari tomonidan baholash natijalari qabul qilingandan soʻng ular maʼlumotnomada avtomatik aks etadi.

Maʼlumot uchun: Ma'lumotnomada oxirgi 2 yilda (24 oy davomida) amalga oshirilgan baholash natijalari aks etadi. Yaʼni 2022-yilning fevral oyidagi baholash natijalari 2024-yilning fevral oyiga qadar amalda bo‘ladi.

Agar koʻchmas mulk obyektining maydoni oʻzgargan taqdirda, mulk maydoni oʻzgargan davrdan boshlab baholash natijalari ma'lumotnomada aks etmaydi. Bu holatda oʻzgargan mulk maydoni uchun qayta baholash natijalarini yuborish zarur.

Baholash natijalarini yuborishda quyidagilarga eʼtibor berish lozim:
🔸Baholangan mulk maydoni va qiymati toʻgʻri aks ettirilganligiga;
🔸Baholash natijalari (hisoboti) toʻliq biriktirilganligiga;
🔸Baholash amalga oshirilgan davr toʻgʻri ko‘rsatilganligiga;
🔸Baholash maqsadi toʻgʻri amalga oshirilganligi yaʼni soliq bazasi sifatida baholanganligiga.


Baholash natijalari hududiy soliq boshqarmalari tomonidan 2 ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.

Bundan tashqari koʻchmas mulk obyektining tarkibida minimal qiymat tatbiq etilmaydigan hamda qurilishi tugallanmagan obyektlar mavjud boʻlgan taqdirda my3.soliq.uz portalidagi Alohida soliq stavkasi qoʻllaniladigan koʻchmas mulk obyektlariinteraktiv xizmati orqali mulk maydoni hamda mulk qiymatini aks ettirgan holda murojaat yoʻllash lozim.

Bunda koʻchmas mulk obyektining qoldiq qiymati belgilangan eng kam qiymatdan yuqori boʻlgan taqdirda ushbu qiymatlar aks ettirilgan holda murojaat yuboriladi.
👉Murojaat yuborish boʻyicha qoʻllanma

Maʼlumot uchun: Koʻchmas mulk obyektining maydoni oʻzgargan taqdirda oʻrtacha yillik qoldiq qiymat boʻyicha yuborilgan murojaatni qayta yaʼni oʻzgargan maydonni tanlagan holda murojaat yuborish lozim.
Xuddi shuningdek, minimal qiymat tatbiq etilmaydigan maydonlar hamda normativ muddatda qurilish tugallanmagan obyektlar uchun ham qayta murojaat yuborish zarur.
2023-yilda yoʻllangan murojaat 2024-yil ma'lumotnomasida aks etmaydi. Shuning uchun 2024-yilda obyektning eskirish qiymatini chegirgan holda qayta murojaat yuborish lozim.


Murojaatlar hududiy soliq boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi.

* 20-yanvar dam olish kuni (shanba) bo‘lganligi sababli yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni 22-yanvarga ko‘chiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimidа faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni

🔰Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2024- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida 3 848 tani tashkil qildi.
🔺Ularga iqtisodiy faoliyat turlari kesimidа qaralganda: savdoda 1 546 ta, sanoatda 1 079 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 220 ta, yashash va ovqatlanishda 676 ta, qurilishda 27 ta, sog‘liqni saqlash va Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 39 ta, axborot va aloqada 11 ta, tashish va saqlashda 26 ta va boshqa turlar bo‘yicha 224 taga yetdi.
#jarayon

⚡️ Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektorda narx-navo barqarorligini nazorat qilish yuzasidan tuman, shahar prokurorlari va soliq inspeksiyalari rahbarlariga topshiriq berildi.

Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Ohangaron shahar prokurori T.Karimov, soliq inspeksiyasi boshlig'i A.Mo'minov va Dehqon bozori rahbari bilan birgalikda dehqon bozorida bo'ldi.

📌Shahar prokurori dehqon bozorini ko'zdan kechirish jarayonida dehqon bozorida xaridor va sotuvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, noqonuniy qurilmalarni olish, infratuzilmasini zamonaviylashtirish bo'yicha dehqon bozori rahbariga bir qator ko'rsatmalar berildi.
#Sayyor_qabul

❇️O'rikzor mahallasida sayyor qabul o'tkazildi


📌Aholi muammolariga yaqindan quloq tutish va ularni joyida bartaraf etish maqsadida Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari Sanjar Abduvaliyev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

♻️Qabul davomida 20ga yaqin fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, tegishliligi bo'yicha bartaraf etish choralari ko'rildi.

Shuningdek, 4-sektor rahbari, sektor hududidagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi va sharoitlarini o'rgandi.
#Tadbirkorlik

Toshkent viloyatining qaysi hududida yangi korxonalar koʻproq tashkil etilmoqda?

📌2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni jami 7 156 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda
taqsimlangan:

➡️Oqqo‘rg‘on tumani – 199 ta;
➡️Ohangaron tumani – 252 ta;
➡️Bekobod tumani – 330 ta;
➡️Bo‘stonliq tumani – 314 ta;
➡️Bo‘ka tumani – 262 ta;
➡️Quyi Chirchiq tumani – 146 ta;
➡️Zangiota tumani – 807 ta;
➡️Yuqori Chirchiq tumani – 310 ta;
➡️Qibray tumani – 527 ta;
➡️Parkent tumani – 452 ta;
➡️Piskent tumani – 164 ta;
➡️O‘rta Chirchiq tumani – 331 ta;
➡️Chinoz tumani – 161 ta;
➡️Yangiyo‘l tumani – 271 ta;
➡️Toshkent tumani – 467 ta;
➡️Nurafshon shahri – 224 ta;
➡️Olmaliq shahri – 293 ta;
➡️Angren shahri – 361 ta;
➡️Bekobod shahri – 253 ta;
➡️Ohangaron shahri – 288 ta;
➡️Chirchiq shahri – 482 ta;
➡️Yangiyo‘l shahri – 262 ta.
2024- yilda yer solig‘ida nimalar o‘zgardi?

📌2023- yilda amalda bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkalari o‘rtacha 12%ga indeksatsiya qilindi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq stavkasi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan yerlarning standart qiymatiga 0,95 foizida saqlanib qoldi.

2024- yilda aksiz solig‘idagi o‘zgarishlar:


‼️2023- yil 28- dekabrdagi O‘RQ-891-son Qonuni aksiz solig‘i stavkalarini indeksatsiya qildi va gazlangan shakarli ichimliklar va energetiklarga aksiz solig‘ini joriy etdi.