Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.53K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni

♻️O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

‼️Tadbirni Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Djumaniyazov ochib berib, Milliy Armiya saflarida xizmat qilib kelayotgan mard o‘g‘lonlarni hamda boshqarma jamoasining barcha yigitlarini bayram bilan samimiy qutladi.

🎀Shundan so’ng O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzuridagi Toshkent tumani 9- maktabning Vatan tayanchi otryadi “Burgut” harbiy sport guruhi o‘quvchilari o‘z chiqishlarini namoyish etdilar.

🎈Tadbir davomida boshqarma yigitlariga esdalik sovg‘alari topshirilib, bayram kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar

🇺🇿14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasida mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari yetkazildi.

✍️Toshkent viloyai soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#YaTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlarini tugatish tartibi

🔹Tadbirkorlik sub’ekti
- jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazgan organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.

🔹Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

📍soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasi. Xulosa soliq xizmati organi tomonidan tadbirkorlik sub’ekti - jismoniy shaxs murojaat qilgandan keyin 2 ish kunidan kechiktirmay, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlar mavjud bo‘lganda esa - ular to‘langandan keyin 2 ish kunidan kechiktirmay beriladi;
📍 muhr va shtamplar, agar ular mavjud bo‘lsa;
📍barcha litsenziyalarning asl nusxalari, agar ular mavjud bo‘lsa;
📍davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
📍banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risidagi xat yoki, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi.
#Bilasizmi
#QQS

IMPORT QILINGAN TOVAR UCHUN 2-MARTA QQS TOLANMAYDI.

♻️Soliq Kodeksining
255-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi bo’lgan tovarlar xizmatlar soliq to’lovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni xizmatlarni aksizlar aksiz to’lanadigan tovarlar uchun va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi.

‼️O’zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni xizmatlarni realizatsiya qilishga doir har bir operatsiya amalga oshirilganda soliq bazasi ushbu bo’limning qoidalari hisobga olingan holda alohida aniqlanadi.

📌Ushbu moddaga muvofiq soliq agentlari deb e’tirof etiladigan shaxslar tegishli soliq summasini hisoblab chiqarishi, soliq tolovchidan, u soliq tolovchi ekanligidan yoki soliq tolovchi emasligidan qati nazar, uni ushlab qolishi va byudjetga o'tkazishi shart.

🔸Agar kontraktlarning shartlariga muvofiq xizmatlar chet ellik shaxslar tomonidan soliqni hisobga olmasdan taqdim etilsa, ushbu xizmatlar bo’yicha soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, soliqni hisobga olmasdan aniqlanadi. Bunday holda soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi va byudjetga otkazishi shart.
2024-yil 15-yanvar

Yanvar oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

Qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i ushbu oyda 2023-yildagi stavkalar bo'yicha to'lanadi.

2024-yil uchun belgilangan stavkalar 1-fevraldan kuchga kiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

2023-yilda soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,2%ida oʻtkazilgan

2023-yil yanvar-dekabr oylarida
soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 1 079 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (570,4 ming) 0,2 foizini tashkil etadi.

▫️Aniqlangan soliq xavfi summasi – 787,5 mlrd soʻm;
▫️Soliq auditida tasdiqlangan summa – 1,6 trln soʻm.

Aniqlangan summa sohalar kesimida:
▪️
savdo va umumiy ovqatlanish – 569,9 mlrd soʻm (34,6%);
▪️ishlab chiqarish – 534,2 mlrd soʻm (32,4%);
▪️qurilish – 247,4 mlrd soʻm (15%);
▪️xizmat ko‘rsatish – 59,2 mlrd so‘m (3,6%);
▪️
qishloq xoʻjaligi – 16,3 mlrd soʻm (1%);
▪️transport – 10,6 mlrd soʻm (0,6%);
▪️boshqa sohalar– 209,4 mlrd soʻm (12,7%).

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 432 ta soliq toʻlovchida 1,4 trln soʻmlik soliq bazasi yashirilgan:
🔸 276 ta subyektda 743,6 mlrd soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
🔸 107 ta subyektda 418,4 mlrd soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
🔸 49 ta subyektda 244,9 mlrd soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunga, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 1,1 trln soʻmning 736,5 mlrd soʻmi (62,5%) toʻlab berildi.
__________
#цифровизация #налоговый_аудит

В 2023 году налоговые аудиты охватили только 0,2% от общего числа налогоплательщиков

В январе-декабре 2023 года
органами налоговой службы проведены налоговые аудиты в отношении 1 079 субъектов предпринимательства с высоким риском неуплаты налогов. Это 0,2% от общего числа налогоплательщиков (570,4 тыс.), осуществлявших деятельность в этот период времени.

▫️Сумма выявленного налогового риска – 787,5 млрд сумов;
▫️Сумма, подтвержденная в ходе налогового аудита – 1,6 трлн сумов.

Выявленные суммы в разрезе отраслей:
▪️торговля и общественное питание – 569,9 млрд сумов (34,6%);
▪️
производство534,2 млрд сумов (32,4%);
▪️
строительство 247,4 млрд сумов (15%);
▪️обслуживание59,2 млрд сумов (3,6%);
▪️сельское хозяйство – 16,3 млрд сумов (1%);
▪️транспорт – 10,6 млрд сумов (0,6%);
▪️другие отрасли - 209,4 млрд сумов (12,7%).

В ходе проведенных налоговых аудитов выявлено, что у 432 налогоплательщиков была сокрыта налоговая база в размере 1,4 трлн сумов:
🔸у 276 субъекта не отражена реализация товаров на сумму 743,6 млрд сумов;
🔸 у 107 субъектов во время проведения инвентаризации товар на сумму 418,4 млрд сумов отсутствовал на складе или в месте продажи;
🔸 у 49 субъектов хранились и (или) реализовывались неоприходованные товары на сумму 244,9 млрд сумов.

На сегодняшний день из 1,1 трлн сумов налогов, подлежащих уплате, уплачено 736,5 млрд сумов (62,5%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Soliq tizimi mahalla darajasida: 4 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qonuniylashtirildi, 1548 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi

🔰Ma’lumki, soliq xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi. Axborot tizimidagi ma’lumotlar onlayn ravishda har soatda yangilanadi va shu asosda mahallaga biriktirilgan inspektorlarning oldiga kunlik vazifalarni belgilaydi hamda natijalarni avtomatik ravishda tahlil qiladi.

📌Mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining faoliyati onlayn kuzatilib, samaradorlik ko‘rsatgichi (KPI) 21 ta mezon orqali baholab boriladi. Bu borada Toshkent viloyatida erishilgan natijalar

☑️- 2023-yilning sentabyar-dekabr oyilarida jami 4168 ta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qonuniylashtirilgan. Xususan, 2945 ta yuridik shaxslar,1223 nafar yangi yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olindi.

☑️- 554 ta korxonada bo‘sh turgan ob’ektlarni ishga tushirish hisobiga 1548 ta ish o‘rni yaratildi.

☑️- 274 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar 1119 nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyati kengaytilib, yiriklashtirildi.

☑️- 793 ta korxonalarda ishchilar soni 2632 nafarga ko‘paytirilib, ish o‘rinlari yaratilishi hisobiga byudjetga 5,1
mlrd.so‘m qo‘shimcha manbalar zahirasi yaratildi.

☑️- yangi ro‘yxatga olingan 94485 ta ob’ektlar hisobiga 45,7 mlrd so‘m mol-mulk va yer soliqlari qo‘shimcha hisoblandi.

☑️- 1754 ta tadbirkorlik sub’ektlarining tovar aylanmasi ko‘payishi hisobiga byudjetga 1,0
mlrd.so‘m qo‘shimcha manbalar jalb etildi.

☑️Shuningdek, 2023 yil davomida 102098 nafar mehnat bilan band bo‘lgan aholi mehnat stajiga ega bo‘lishi va kelgusida pensiya olishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi;

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni

♻️O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Komitent my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabineti orqali o'z vositachi (komissioner)lari ro'yxatini qanday shakllantiradi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Yirik sanoat tarmoqlariga soliq yuki kamaytirilgan boʻlsa-da, koʻp tarmoqlar davlatga tushumni taʼminlash oʻrniga xarajatini oshirayotgani qayd etildi. Jumladan, 10 ta yirik korxonada xarajatlar daromaddan tezroq oʻsgani kuzatilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Yigʻilishda moliyaviy intizomni kuchaytirib, 2024-yilda budjet defitsitini 4 foizdan oshirmaslik zarurligi taʼkidlandi.

Oʻtgan yili koʻplab davlat korxonalari dividend va soliq toʻlovlari boʻyicha budjetga 8 trillion soʻm tushumni taʼminlay olmagani koʻrsatib oʻtildi.

Hududlar rahbarlari ajratilgan budjet ssudalari qaytarilmayotgani holatlari boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilishi haqida ogohlantirildi.

Sirdaryo va Jizzaxda soliq tushumlari 20 foiz oʻsgan boʻlsa, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryoda bu koʻrsatkich 7 foizga ham yetmagani tanqid qilindi.

Masalan, yuridik shaxs maqomidagi 18 mingta ovqatlanish korxonasidan atigi 2 ming 300 tasi QQS toʻlovchi hisoblanadi. Sababi, ular tovar aylanmasini 1 milliard soʻmdan oshirmaslik uchun bitta oshxonaga 3-4 tadan firma ochib qoʻygan.

Bunday holatlar boʻyicha mahalladagi soliqchi, tuman soliq boshliqlari va oʻrinbosarlarining ishi sustligi koʻrsatib oʻtildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads