Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.46K subscribers
12.5K photos
1.72K videos
113 files
3.98K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#raqamlashtirish

Yangi tashkil etilgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar soni

📈2023- yil yanvar-oktabr oylariga ko‘ra, Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar soni 5 119 taga yetdi. Asosan Savdoda 2 150 ta va sanoat sohasida 770 ta ko‘proq yangi tashkil etilgan.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#sayyor_qabul

Sayyor qabullarda 102 mingdan ortiq murojaat hal etildi

2023-yil yanvar-noyabr oylarida Soliq xizmati organlari tomonidan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 10 230 ta sayyor qabulda 118,7 ming murojaat yo‘llangan.
Shundan:
▫️hal etilgan – 102,1 mingta (86%);
▫️tushuntirish berilgan – 14,3 mingta (12,1%);
▫️o‘rganish jarayonida – 2,1 mingta (1,8%);
▫️rad etilgan – 83 ta (0,1%).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍
Toshkent viloyati 1 026 ta;
📍Farg‘ona viloyati – 867 ta
;
📍Samarqand viloyati – 808 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida ma'lumot

2023-yil 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 577 510 tani tashkil etdi. Shundan 84 598 tasi joriy yilning yanvar-noyabr oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

📈Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha TOP-5 sohalar:

🛒
savdo 154,9 mingta;
🏕 qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi130,2 mingta;
🏭 sanoat 68 mingta;
🏗
qurilish34,3 mingta;
🍽
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar27,8 mingta.
______
#цифровизация #юридические_лица

Информация о юридических лицах, осуществляющих свою деятельность в Узбекистане

По состоянию на 1 декабря 2023 года количество осуществляющих деятельность юрлиц в Узбекистане составляет 577 510. Из них 84 598 зарегистрировано в январе-ноябре текущего года.

📈ТОП-5 сфер деятельности юрлиц:

🛒
торговля – 154,9 тыс.;
🏕
сельское, лесное, рыбное хозяйство – 130,2 тыс.;
🚚
промышленность 68 тыс.;
🏗строительство34,3 тыс.;
🍽услуги по проживанию и питанию - 27,8 тыс.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#brifing

Ayni daqiqalarda AOKAda Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu: Soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Jonli efir
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/703564758407440
__________
#брифинг

В эти минуты в АИМК проходит брифинг при участии начальника управления Налогового комитета Дилдоры Хашимовой.

Тема: Проводимая работа по переходу налоговой системы до уровня махалли

Прямой эфир
👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/703564758407440

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#mahalla_yettiligi

🔷Toshkent viloyatining tuman, shaxar soliq inspeksiyalari xodimlari soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutda o‘qib, malaka oshirdilar.

Soliqchilarga o‘qish davomida "mahalla yettiligi"ni samarali tashkil etish,  “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimining joriy etilishi, mazkur tizimning vazifalari keng tushuntirildi.

🔰Shuningdek, mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#mahalla_yettiligi

🔰Xabaringiz bor soliq xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi.

♻️Axborot tizimidagi maʼlumotlar onlayn ravishda har soatda yangilanadi va shu asosda mahallaga biriktirilgan inspektorlarning oldiga kunlik vazifalarni belgilaydi hamda natijalarni avtomatik ravishda tahlil qiladi. Mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining faoliyati onlayn kuzatilib, samaradorlik koʻrsatgichi (KPI) 21 ta mezon orqali baholab boriladi.

Bu borada Toshkent viloyatida erishilgan natijalar bilan tanishing.

✔️- Joriy yilning avgust-noyabr oylarida 3036 nafar yangi yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olinib, faoliyatini to‘xtatgan 1337 nafar tadbirkorlar faoliyati tiklandi.

✔️- 41085 nafar mehnat bilan band boʻlgan aholi mehnat stajiga ega boʻlishi va kelgusida pensiya olishi uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi;

✔️684 ta korxonada bo‘sh turgan obyektlarni ishga tushirish hisobiga 1250 ta ish o‘rni yaratildi.

📌Bundan tashqari, budjetga 6,6 mlrd soʻm qoʻshimcha manba jalb qilindi:

📈Masalan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilarni tovar aylanmasini oshirish hisobiga 50,1 mlrd soʻm aylanmadan olinadigan soliq;

✔️- korxonalarda ishchilar soni hamda mehnatga haq toʻlash fondini oshishi hisobiga 84,7 mlrd soʻm jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq;

✔️- yangi roʻyxatga olingan obyektlar hisobiga 13,3 mlrd soʻm yer va mol-mulk soliqlari qoʻshimcha hisoblandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

📌Toshkent viloyati soliq boshqarmasida 9-dekabr – xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
⚡️ Тошкент вилоятида маҳаллага бириктирилган солиқчилар томонидан 1250 та янги иш ўринлари яратилди #Жамият

👉 https://zamin.uz/124619

👍 https://t.iss.one/joinchat/AAAAADwt0NGCRoONT4f1_Q

Facebook | Instagram | Youtube
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasi qachondan rad qilinadi?


Joriy soliq davrida aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qatʼiy belgilangan summadagi stavkada toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etishga va soliqni Soliq kodeksining 467-moddasining 1-qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari (foizlarda (advalor) boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli.

Buning uchun soliq toʻlovchi navbatdagi soliq davri boshlangunga qadar 10 kundan kechiktirmay* my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga rad qilish xabarnomasini yuborishi lozim.

*Soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan, yaʼni 2024-yil 1-yanvardan AOSning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasini rad etish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organiga xabarnoma yuborishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#konstitutsiya
#31_yil

🇺🇿Toshkent viloyati soliq boshqarmasida 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganini 31 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

❇️Tadbirni boshqarma boshlig‘ining birinchi o'rinbosari  kirish so‘zi bilan ochib, tizim xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi bilan muborakbod etdi.

🔰Shuningdek, so'zga chiqqanlar mamlakatimiz Konstitutsiyasi qachon va qanday qabul qilinganligi, unga qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

⁉️Tadbir davomida xodimlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati