Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.47K subscribers
12.5K photos
1.72K videos
113 files
3.98K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi - haftalik dayjest
Toshkent viloyatining qaysi hududida sanoat korxonalari ko‘proq joylashgan?

📈2023- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 7 334 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 16,1 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 7 185 taga to‘gri keldi.Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

Oqqo‘rg‘on tumani – 172 ta
Ohangaron tumani– 238 ta
Bekobod tumani– 190 ta
Bo‘stonliq tumani 243 ta
Bo‘ka tumani– 112 ta
Quyi Chirchiq tumani– 257 ta
Zangiota tumani– 1 007 ta
Yuqori Chirchiq tumani– 441 ta
Qibray tumani– 656 ta
Parkent tumani– 396 ta
Piskent tumani. – 142 ta
O‘rta Chirchiq tumani– 333 ta
Chinoz tumani– 222 ta
Yangiyo‘l tumani– 409 ta
Toshkent tumani– 616 ta
Nurafshon shahri– 209 ta
Olmaliq shahri– 271 ta
Angren shahri– 342 ta
Bekobod shahri– 167 ta
Ohangaron shahri– 219 ta
Chirchiq shahri– 465 ta
Yangiyo‘l shahri– 227 ta
Qaysi hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlari ko‘proq faoliyat yuritadi?

Viloatimizda 2023- yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 45 582 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 39 266 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Zangiota tumani – 4 550 ta
Qibray tumani – 3 477 ta
Toshkent tumani – 2 809 ta
Chirchiq shahri – 2 511 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 14 657 ta
sanoat sohasida – 7 185 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 4 222 ta
qurilish sohasida – 2 908 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 115 ta
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari soni 19 taga kengaytirildi


📃Prezidentning 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yana 19 taga kengaytirildi.

Endilikda quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ham Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tib, o‘zini o‘zi band qilishi mumkin:

qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish;
uy sharoitida loydan tandir tayyorlash;
atlas va adras to‘qish;
mayda munchoq (biser) tikish;
do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash;
quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiqlar tikish;
qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish;
pichoq tayyorlash, charxlash va sotish;
qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash;
uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish;
tayyor mahsulotga etiketka biriktirish;
uy sharoitida bolalar o‘yinchog‘i ishlab chiqarish;
uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash;
yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash;
milliy taqinchoqlar yasash;
kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash;
dag‘al jundan gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash.

Eslatib o‘tamiz, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘idan ozod etilgan. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yilda kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin.
Xususiy korxonalar asosan savdo sohasida ko‘proq yangi tashkil etilgan

📈2023- yil yanvar-oktabr oylarida, Toshkent viloyatida 221 ta xususiy korxonalar yangi tashkil etilgan. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimidа asosan ko‘proq savdo sohasida 146 ta, sanoatda 23 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 14 ta yangi tashkil etilgan.
#onlayn_NKT #marketpleys

Onlayn xaridlar uchun 1 mlrd donadan ortiq elektron chek berilgan

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

Joriy yilning 10 oyi davomida onlayn-NKT orqali 700,7 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 182,8 trln so'mdan ziyodni tashkil etdi.

Agar xaridor to‘lovlarni elektron to‘lov tashkilotlari yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali amalga oshirsa, unda elektron fiskal chek shakllantiriladi.

Yanvar – oktabr oylarida iste'molchilarga umumiy qiymati 42,2 trln so‘mlik 1,1 trln donadan ziyod (qog‘oz cheklarga nisbatan 64% ko‘p) elektron chek taqdim etildi. Bunday cheklar uchun “Soliq” mobil ilovasida xarid summasining 1 foizi miqdorida keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi (buning uchun Soliq ilovasidagi va amalga oshirilayotgan to‘lov tizimidagi (marketpleys) telefon raqam mos kelishi kerak).

Xaridor unga QR-kodli chek berilmagani haqida soliq organiga xabar berishga haqli. Buning uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash lozim.

Joriy yil boshidan fuqarolar tomonidan chek bermaslik holatlari yuzasidan 94 mingdan ortiq murojaat yuborilgan. Ilovaning o‘zida murojaat holatini kuzatib borish mumkin.
___________
#онлайн_ККТ #маркетплейс

За онлайн-покупки выдано более 1 млрд электронных чеков

Реализуя товары или услуги, предприниматели должны использовать онлайн контрольно-кассовую технику и выдавать покупателям чек с QR-кодом. Такой чек выдаётся как при оплате наличными, так и через терминал.

За 10 месяцев этого года через онлайн-ККТ выдано 700,7 млн чеков, товарооборот по ним составил 182,8 трлн сумов.

Если покупатель производит оплату через электронные платежные организации или платформы электронной коммерции (маркетплейсы), то фискальный чек формируется в электронном виде.

С января по октябрь потребителям выдано свыше 1,1 млрд электронных чеков на общую сумму 42,2 трлн сумов (на 64% больше, чем бумажных чеков). По таким чекам кешбэк в размере 1% от суммы покупок начисляется автоматически в мобильном приложении Soliq (для этого номер телефона в приложении Soliq и в платежной системе (маркетплейсе), через которую производится оплата, должны совпадать).

Покупатель вправе уведомить налоговые органы о том, что ему не выдали чек с QR-кодом. Для этого нужно подать обращение через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq. С начала года поступило более 94 тысяч таких обращений. Отслеживать статус обращения можно в самом приложении.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Toshkent viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 15 587,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan

📈2023- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 15 587,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 69,2 %ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 108,1 %ni tashkil qildi.

🔰Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Zangiota tumani (1343,8 mlrd. so‘m), Chirchiq shahri (1275,1 mlrd. so‘m), Olmaliq shahri (1137,1 mlrd. so‘m), Qibray tumani (1 099,0 mlrd. so‘m), Toshkent tumani (1024,5 mlrd. so‘m), Angren shahri (957,9 mlrd. so‘m) va Bo‘stonliq tumani (839,7 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EHF

@Efactura_Bot bilan ishingiz yanada oson bo‘ladi

Soliq xizmati organlari tomonidan Rouming tizimining @Efactura_Bot Telegram-boti ishga tushirildi.

Foydalanuvchi botni “Ishga tushirish” (запустить/start) orqali 8 ta raqamli Telegram-IDga ega bo‘ladi. Namuna – Telegram-ID: 20xxxxx48

Berilgan ID raqam soliq to‘lovchining my.soliq.uz sayti shaxsiy kabinetidagi Elektron hisobvaraq-fakturalar bo'limida “Sozlanmalar” - “Sizning ma’lumotlaringiz” - “Telegram ID” maydoniga kiritiladi. Ushbu maydonga bir nechta ID raqam kiritish mumkin.

@Efactura_Bot imkoniyatlari

🔹 Quyidagi elektron hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin:
▪️EHF;
▪️shartnoma;
▪️ishonchnoma;
▪️tovar-transport yukxati;
▪️dalolatnoma;
▪️solishtirma dalolatnoma.

🔸 QR-kodli hujjat fayli botga yuborilganda:
▫️ayni vaqtdagi holatini (amalda / tuzatilgan / bekor qilingan) tekshirish;
▫️PDF formatdagi asl nusxasini (o‘zbek / rus tilida) yuklab olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#hamkorlik

Katta hajmli maʼlumotlarni tahlil qilish texnologiyalari joriy etiladi


2023-yil 27-noyabr kuni Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasidan kelgan ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish texnologiyalarini, xususan, IBM Cognos Analytics tizimini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

👉 Batafsil
___________
#сотрудничество

Будут внедрены технологии анализа больших данных

27 ноября 2023 года в рамках проекта "Реформа налогового администрирования" при участии Всемирного банка состоялась встреча группы экспертов из Российской Федерации со специалистами, осуществляющими деятельность в налоговой сфере.

В ней обсуждались вопросы внедрения технологий быстрого анализа больших данных, в частности, системы IBM Cognos Analytics.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Soliq_qarzi

Hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va bеlgilangan muddatlarda to`lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo`yicha bo`nak va joriy to`lovlarning summalari,
Soliq kodеksida bеlgilangan muddatda to`lanmagan moliyaviy sanksiyalar va pеnyalar soliq qarzi dеb e`tirof etiladi.

♻️Soliq to`lovchining yoki soliq agеntining soliq qarzi barcha soliqlar bo`yicha ham, ularning har biri bo`yicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin.

📈Soliq qarzini to`lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog`ida to`lash quyidagi tartibdagi kеtma-kеtlikda amalga oshiriladi:

📍soliqlar summasi;
📍hisoblangan pеnyalar;
📍jarimalar.
#savol_javob

- II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilganmi


Soliq kodeksining
380-moddasiga muvofiq bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod etiladi.

⚠️ Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
10 oyda 597 ta oylaviy korxonalar yangi tashkil etilgan

📈2023- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 597 tani tashkil etdi. Bu esa quyidagi sohalardagi korxonalar: sanoat bo‘yicha – 212 ta, savdoda – 175 ta, yashash va ovqatlanishda – 105 ta sonining sezilarli ko‘payishi bilan izohlanadi.

♻️Hududlar kesimida eng ko‘pi Parkent va O‘rta Chirchiq tumanlarida 62 ta yangi oylaviy korxonalar tashkil etilgan.
PENSIONERLARGA YER SOLIG‘IDAN IMTIYOZ BERILADIMI?

✳️ Savol: Sizlardan bir narsani so‘ramoqchi edim, Ma’lumki hozirda yer va mol-mulk solihi uchun 50% chegirma-imtiyoz belgilangan pensionerlar va bir kator shaxslarga. Savolim, biz oddiy pensionerlar xam ushbu imtiyozdan foydalanish xukukiga egamizmi?
Men kariyb 30 yildan ortiq pedagogika sohasida faoliyat yuritdim, o‘qituvchi bo‘lib ishladim.
Batafsilrok javob bersangiz, javob uchun oldindan raxmat.

Javob: Soliq kodeksining 436-moddasida jismoniy shaxslarga belgilangan yer solig‘idan imtiyozlar ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra:

"Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:


✔️ 1) «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

✔️2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, nogironligi bo‘lgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi bo‘lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida beriladi;

✔️3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

✔️4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

✔️5) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir. Ushbu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;

✔️6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironligi bo‘lgan shaxsning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos bo‘ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;

✔️7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida beriladi.

♻️Ushbu moddada ko‘rsatilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi."

❗️Demak, yer solig‘idan imtiyoz yolg‘iz pensionerlarga beriladi. Agar siz ham yolg‘iz pensioner bo‘lsangiz ushbu imtiyozdan foydalanishiz mumkin.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #EHF

EHF orqali tovar aylanmasi 1 308,6 trln so‘mga yetdi

2023-yil 1-noyabr holatida elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari yordamida 33,8 mlndan ortiq EHF rasmiylashtirilgan. Ular bo‘yicha jami tovar aylanmasi 1 308,6 trln so‘mni (QQS bilan) tashkil etgan.

Tovar aylanmasi bo'yicha yetakchilar:

📍YSTBHSI - 781,7 trln so‘m 9,4 mlnta EHF;
📍Toshkent sh. - 227,7 trln so‘m 11,5 mlnta EHF;
📍Toshkent v. - 54,8 trln so‘m 1,9 mlnta EHF.
_____________
#цифровизация #ЭСФ

Tоварооборот по ЭСФ составил 1 308,6 трлн сумов

По состоянию на 1 ноября 2023 года с помощью операторов системы электронного документооборота оформлено более 33,8 млн ЭСФ. Товарооборот по ним составил 1 308,6 трлн сумов (с НДС).

По показателям товарооборота лидируют:

📍МРИ по крупным налогоплательщикам - 13,8 млн ЭСФ на сумму 781,7 трлн сумов;
📍г.Ташкент - 11,5 млн ЭСФ на сумму 277,7 трлн сумов;
📍Ташкентская обл. - 1,9 млн ЭСФ на сумму 54,8 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Qurilish korxonalari 6,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan

2023-yil yanvar-oktabr oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 34 528 ta yuridik shaxs tomonidan 6,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 950,9 mlrd so‘mi, ya’ni 14,5 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 11,6 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 54,5 mlrd so‘m.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar batafsil infografikada.

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
QQS - 490,8 mlrd so‘m;
foyda solig'i - 139,1 mlrd so‘m;
JShODS - 135,5 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 127,6 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 26 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 25,2 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 6,7 mlrd so‘m.
_________
#цифровизация #налоговые_поступления

Строительные организации уплатили более 6,5 трлн сумов налогов

В январе-октябре 2023 года 34 528 юрлиц, осуществляющих деятельность в строительной сфере, уплатили 6,5 трлн сумов налогов. Из них 950,9 млрд сумов, или 14,5% приходится на 20 налогоплательщиков. Их товарооборот превысил 11,6 трлн сумов, а сумма применённых ими налоговых льгот - 54,5 млрд сумов.

Соотношение уплаченных налогов и суммы применяемых налоговых льгот в разрезе каждой из этих 20 организаций - подробнее в инфографике.

Поступления, которые обеспечили эти налогоплательщики, в разрезе видов налогов:
НДС - 490,8 млрд сумов;
налог на прибыль - 139,1 млрд сумов;
НДФЛ - 135,5 млрд сумов;
социальный налог - 127,6 млрд сумов;
земельный налог - 26 млрд сумов;
налог на имущество - 25,2 млрд сумов;
другие налоги - 6,7 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads