Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.7K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
♻️Faoliyat koʻrsatayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlar soni

📈2023- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 39,6 mingta tijorat korxona va tashkilotlarining 30,9 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ulushiga to‘g‘ri keladi.
Toshkent viloyatining qaysi hududida xususiy korxonalar ko‘proq joylashgan?

🔰2023- yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 45 582 tani(fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 334 tani tashkil qildi (ulushi 9,5 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Zangiota tumani – 387 ta
Toshkent tumani – 350 ta
Qibray tumani – 330 ta
Chirchiq shahri – 317 ta
#Korrupsiyaga_qarshi_targibot

‼️Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda odob-ahloq qoidalari rioya qilish va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik “Soliq-servis” DUK xodimlarining bosh maqsadi bo‘lishi lozim.

♻️Toshkent viloyati soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan ochiq muloqot davomida mazkur faoliyatning yil davomidagi ishlari tahlil etilishi bilan bir qatorda korrupsiyani oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.

Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, pullik xizmat ko‘rsatishda ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar, uning salbiy oqibatlari hamda belgilangan Nizom asosida ish olib borilishi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.

📌Eslatib o'tamiz, soliq qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 20-oktabrdan 20-noyabriga qadar soliq xizmati xodimlari orasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilingan.
Viloyatda bugungi kungacha 369 milliard so‘m mol-mulk va yer soliqlari undirildi

🔰Toshkent viloyatida jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i to‘lovchilari 555,9 ming nafarni, mol-mulk solig‘i to‘lovchilari soni esa 638,9 ming nafarni tashkil etadi.

📌Joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i summasi 454,1 milliard so‘m bo‘lib, 2023-yilning 17-noyabr holatiga 369,1 milliard so‘m mol-mulk va yer soliqlari undirilgan.

Hududlar bo‘yicha, hisoblangan soliqlarning undiruvchaklik ko‘rsatkichi Bekobod shahrida 8,5 milliard so‘mdan 8,0 milliard so‘m (94,5 foiz), Olmaliq shaharda 15,8 milliard so‘mdan 14,7 milliard so‘m (93,5 foiz), Ohangaron shaharda 5,5 milliard so‘mdan 5,0 milliard so‘m (91,2 foiz), Bo‘stonliq tumanida 33,6 milliard so‘mdan 30,4 milliard so‘m (90,5 foiz), Zangiota tumanida 41,3 milliard so‘mdan 37,1 milliard so‘m (89,7 foiz) undirishga erishilgan.

📍Afsuski, viloyatimizning boshqa hududlaridagi mol-mulk va yer solig‘i to‘lovlarini to‘lash majburiyatiga ega soliq to‘lovchilarda ana shunday faollik sezilmayapti.

📈Tahlilarga ko‘ra, viloyat bo‘yicha bugungi kunda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha 197,4 milliard so‘m to‘lanmay qolgan soliq qarzdorliklari mavjud.

❗️Xususan, tuman va shaharlar kesimida, Yangiyo‘l tumanida 17,2 milliard so‘m, Toshkent tumanida 13,4 milliard so‘m, Qibray tumanida 13,5 milliard so‘m, Ohangaron tumanida 13,2 milliard so‘m, Bekobod tumanida 12,6 milliard so‘m, Bo‘ka tumanida 12,2 milliard so‘mni tashkil etadi.

✔️Ta’kidlash joizki, 59,9 milliard so‘m soliq qarzdorligi mavjud jismoniy shaxslarning 76,3 ming nafari korxona va tashkilotlarda ishlovchilar hisoblanib, shundan byudjet tashkilotlarida 27,6 nafar jismoniy shaxslarning 16,1 milliard so‘m qazdorliklar mavjud.

‼️Hurmatli soliq to‘lovchilar! Unutmang! Siz va biz to‘layotgan soliqlar mahalliy byudjet daromadlarini to‘ldirib, shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uy-joy kommunal xo‘jalik obyektlarini ta’mirlash va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga sarflanadi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#savol_javob

Savol: Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatishi uchun nima qilishlari kerak?

♻️Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 392-moddasiga asosan agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida ariza berish bilan bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tganlik haqidagi guvohnomani topshiradi.

Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga topshiradi.

‼️Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi arizani olgan tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to‘g‘risida Soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.
#QQS #chek_tahrirlash

🗓 Bugun, 20-noyabrQQS toʻlovchilar uchun oktabr oyida onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni tuzatishning oxirgi kuni.

QQS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni QQS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.
👉 VMQ-943-son 1-ilova 31(1)-band 23.11.2019 y.
___________

#НДС #корректировка_чека

🗓 Сегодня, 20 ноября последний день для исправления плательщиками НДС технических ошибок при оформлении чеков продажи онлайн-ККТ за октябрь.

Плательщики НДС могут исправить технические ошибки, допущенные при оформлении чека продажи онлайн-ККТ, до окончания срока представления налоговой отчетности по НДС .
👉п. 31(1) Прил.№1 к ПКМ №943 от 23.11.2019 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari soni 19 taga kengaytirildi

📃Prezidentning 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni (https://lex.uz/pdfs/6658633)ga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yana 19 taga kengaytirildi.

Endilikda quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ham Soliq (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.soliq.mobile) mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tib, o‘zini o‘zi band qilishi mumkin:

qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish;
uy sharoitida loydan tandir tayyorlash;
atlas va adras to‘qish;
mayda munchoq (biser) tikish;
do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash;
quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiqlar tikish;
qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish;
pichoq tayyorlash, charxlash va sotish;
qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash;
uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish;
tayyor mahsulotga etiketka biriktirish;
uy sharoitida bolalar o‘yinchog‘i ishlab chiqarish;
uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash;
yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash;
milliy taqinchoqlar yasash;
kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash;
dag‘al jundan gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash.

Eslatib o‘tamiz, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘idan ozod etilgan. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yilda kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin.
💰Toshkent viloyatida 2023-yil boshidan buyon 369 milliard so‘m mol-mulk va yer soliqlari undirildi

Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i to‘lovchilari 555,9 ming nafarni, mol-mulk solig‘i to‘lovchilari soni esa 638,9 ming nafarni tashkil etadi.

@daryo_live
⚡️ Тошкент вилоятида 369 миллиард сўм мол-мулк ва ер солиқлари ундирилган #Иқтисодиёт

👉 https://zamin.uz/123977

👍 https://t.iss.one/joinchat/AAAAADwt0NGCRoONT4f1_Q

Facebook | Instagram | Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar uchun soliq imtiyozlari beriladi

2028-yil 1-yanvarga qadar:
▫️budjet tashkilotlari,
▫️davlat korxonalari,
▫️ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib oladigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanmasi, shuningdek ularning importi QQSdan ozod qilinadi.
(tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʻlar bundan mustasno)

👉 PF-195 16.11.2023

📌Farmonda nazarda tutilgan imtiyoz Soliq kodeksiga kiritilgandan soʻng qoʻllanilishi mumkin.

👉 Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ZANGIOTA TUMANI_XARID CHEKINI TALAB QILMASLIK YASHIRIN IQTISODIYOTGA YO‘L OCHADI_20.11.2023

OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV
2023-yil yanvar-oktabr oylarida soliq huquqbuzarliklari haqida 9 200 taga yaqin murojaat yo‘llangan.

📈2023-yil yanvar-oktabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 9 200 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:
🔹8 415 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹372 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹22 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹391 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 5 282 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 3 543 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100,0 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

📍Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yil davomida to‘langan mukofot summalari 3 542 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 2 620,3 mln soʻmga yetdi.
Toshkent viloyatida yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 24,1 ming nafardan oshdi.

📌2023-yil 1-noyabr holatiga faoliyat yuoritayotgan YaTTlar 24 073 nafarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7%ga (877 nafarga) oshgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar:

🔹- Zangiota tumanida 2898 nafar;
🔹- Chirchiq shaharda 1823 nafar;
🔹- Toshkent tumanida 1563 nafar;
🔹- Olmaliq shaharda 1535 nafar;
🔹- Angren shaharda 1476 nafarni tashkil etadi.

Sohalar kesimida:

🔹- hunarmandchilik – 1997 nafar;
🔹- chakana savdo – 12927 nafar ;
🔹- maishiy xizmat koʻrsatish – 2092 nafar;
🔹- boshqa faoliyat turlari – 6874 nafarni tashkil etadi.
Toshkent viloyatida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 155 ming nafardan oshdi

🔰Davlatimiz rahbari tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra o‘zini o‘zi band bo‘lgan fuqarolarni soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha, Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolarga qulayliklar, keng imkoniyat va imtiyozlar berilmoqda.

♻️Qaror qabul qilingandan boshlab, Toshkent viloyatida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 155 ming 256 nafarni tashkil qildi.

‼️2023-yilning 26- oktabr holatiga joriy yil davomida viloyat bo‘yicha 81 ming 583 fuqaro mazkur yo‘nalishda ro‘yxatga olindi.
Xususan,

❗️ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha 10 ming 683 nafar,
❗️sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlarda 6 ming 780 nafar,
❗️qishloq xo‘jaligi yo‘nilishi bo‘yicha 17 ming 249 nafar,
❗️axborot kommunikatsiya yo‘nalishlarida 3 ming 035 nafar,
maishiy xizmatlar ko‘rsatishda 35 ming 831 nafar,
❗️xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyat turlari bo‘yicha 8 ming 006 nafar ro‘yxatga olinib, fuqarolarning bandiligi ta’minlandi.

🔅Hududlar bo‘yicha joriy yilda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni,
✔️Zangiota tumanida 10 ming 057 nafar,
✔️Yangiyo‘l tumanida 6 ming 118 nafar,
✔️Parkent tumanida 5 ming 018 nafar,
✔️Chinoz tumanida 4 ming 397 nafar,
✔️Toshkent tumani 4 ming 372 nafarni tashkil etadi.

🔺Ta’kidlash joizki, soliq organlari xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida eng chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan sartarosh, etikdo‘z, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi kabi 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarning bandligi ta’minlanmoqda.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.