Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#obodlik
Ko‘ksaroyda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

🇺🇿 Shu kunlarda Quyi Chirchiq tumanidagi "Ko‘ksaroy" mahallasida "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" tamoyilli asosida obodonlashtirish ishlari olibborilmoqda.
📌Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Zulfanov rahbarligida hududdagi mavjud sharoitlar hisobga olinib, o'nga yaqin ko‘chalarda belgilangan tartibda shag‘allashtirish, piyodalar yo‘lagini qurish, eskirgan simyog‘ochlarni beton ustunlarga almashtirish, ichimlik suvi hamda gaz bilan bog‘liq qator muammolarni hal etilmoqda.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Rasmiy munosabat

🔰Ijtimoiy tarmoqlarda "Bu noqonuniy savdo ortida kimdir bor" , "Deputat Chirchiqdagi yoyma bozor ichida kriminal borligini aytmoqda” sarlavhasi ostida videomaterial e’lon qilindi.

📌Mazkur videomaterialda Chirchiq shahridagi yoyma bozor faoliyati tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olinmaganligi haqida so‘z borgan.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi hamda Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📌Ma’lum bo‘lishicha 2-sektor hududidagi Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan “Chirchiq dehqon bozori” MCHJ hamda unga tutash hududlarda jami 309 ta tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan yuridik shaxslar soni 136 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 173 tani tashkil etgan.

Mazkur hududdagi noqonuniy savdo rastalari faoliyatiga chek qo'yish maqsadida Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi, ichki ishlar boshqarmasi Chirchiq shaxar bo‘limi  hamda hudud milliy gvardiya xodimlari tomonidan muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelingan.

✔️Tadbir davomida bozor hududidan tashqarida noqoniny savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan 13 nafar fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi ma’lum qilinadi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#raqamlashtirish #EHF

Tadbirkorlarning EHF orqali tovar aylanmasi sentabr oyida qariyb 148 trln so‘mni tashkil etdi

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.

Hisobvaraq-faktura elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) qiymati o‘zgarganda sotuvchi sotib oluvchiga qo‘shimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi lozim.

Agar sotuvchi xaridorga kassa cheki bersa, elektron hisobvaraq-faktura (EHF) taqdim etilmaydi.

👉Soliq kodeksning 47-modda

2023-yil 1-oktabr holatiga 30,2 mlndan ortiq EHF orqali 1 158,1 trln so‘mdan ziyod (1-sentabr holatiga – 1 010,3 trln so‘m) tovar realizatsiyasi amalga oshirilgan.
👉 Batafsil
_____________
#цифровизация #ЭСФ

За сентябрь товарооборот по ЭСФ у предпринимателей составил почти 148 трлн сумов

При реализации
товаров (услуг) юридические лица и индивидуальные предприниматели обязаны выставлять покупателям этих товаров (услуг) счета-фактуры.

Счет-фактура оформляется в электронной форме.

При изменении стоимости реализуемых товаров (услуг) продавец обязан выставить покупателю дополнительный или исправленный счет-фактуру.

Электронный счет-фактура (ЭСФ) не выставляется, если продавец выдал покупателю кассовый чек.

👉ст.47 НК

По состоянию на 1 октября 2023 года посредством более 30,2 млн ЭСФ осуществлена реализация товаров на сумму 1 158,1 трлн сумов (по состоянию на 1 сентября - 1 010,3 трлн сумов).
👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
🔰Toshkent viloyati soliq boshqarmasi  Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati soliq boshqarmasida  "Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish Markazi bo'lim boshlig'i Ilxom Ishonqulov va dotsent Rafik Shakurovlar ishtirok etishdi.

📃 Mazkur  uchrashuvda  korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek xodimlarga xizmat faoliyati davomida yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni  o‘z vaqtida bajarishlari, soliq to‘lovchilar bilan muloqotlarda odob-axloq me’yorlari va muomala madaniyatiga rioya qilishlari lozimligi hamda xizmat vazifalarini bajarish vaqtida xodimlarning huquq va majburiyatlari haqida tushuntirishlar berib o'tildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#Yashil_makon_2023

ZANGIOTADA KOʻCHAT EKISH JARAYONLARIGA START BERILDI

“Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy yil kuzgi mavsumi uchun koʻchat oʻtqazish ishlari viloyatning barcha hududlarida jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan, bugun Zangiota tumanida mavsumga start berildi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON SHAHRI_MAHALLIY EKSPORTYORLAR UCHUN SEMINAR TRENING_24.10.2023
Toshkent viloyatida yil boshidan alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bo'yicha 121 ta soliq tekshuruvlari o'tkazildi

📌Toshkent viloyati soliq organlari tomonidan joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bo‘yicha 121 ta soliq tekshiruvlari o‘tkazildi.

✔️O‘tkazilgan soliq tekshiruvlarida:
- 14 846 dona 267
mln.so‘mlik (aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, markirovkalanmagan hamda tegishli hujjatlarsiz) alkogol mahsulotlari savdosi oldi olinib, ushbu mahsulotlar belgilangan tartibda vaqtinchalik olib qo‘yildi.

‼️Masalan, joriy yilning 20 oktyabr kuni o‘tkazilgan soliq tekshiruvlarida Toshkent viloyati, Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi “Idieal Lux” MChJda 53 dona qiymati 1 325,0 ming so‘mlik va “Doniy-Pro-Business-707” MChJda 50 dona qiymati 1 450,0 ming so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlandi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Imtiyozli faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKT orqali shakllantirilgan chek summalari uchun imtiyozlarni qanday qo‘llaydi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads