Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
121 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Bunyodkorlik

Bo‘stonliqda 1 milliard dollarlik GTES quriladi

🇺🇿Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida quvvati 600 MVtga teng, umumiy qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan “Yuqori Pskem” gidro to‘plash elektr stansiyasi quriladi.
“Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ va Xitoyning “China Southern Power Grid International” kompaniyasi stansiyaning istiqbolli loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida ushbu kompaniya bilan qiymati 1 mlrd 640 mln dollarga teng, quvvati 820 MVt bo‘lgan 3 ta loyiha: “Yuqori Pskem” GTES (quvvati 200 MVt), “Qarateren” GTES (500 MVt) hamda “Yuqori Pskem” GES (120 MVt) gidroinshootlarini qurish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi.
#raqamlashtirish
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 563 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud

Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.

16-oktabrda ushbu soliqlarni to‘lash muddati tugadi.

Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega boʻlgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda.

Jumladan, 2023-yil 17-oktabr holatiga 181,7 mingta tashkilotning 817,7 ming nafardan ziyod xodimida 960,4 mingta soliq obyekti bo‘yicha 563,1 mlrd so‘m (mol-mulk solig‘i bo‘yicha 209,1 mlrd so‘m va yer solig‘i bo‘yicha 354 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Shundan:
▫️133,2 mlrd so‘m - budjet tashkilotlari xodimlari;
▫️24,8 mlrd so‘m - nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
▫️405,1 mlrd so‘m - tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):

sanoat sohasidagi 22,6 mingta tashkilotda ishlovchi 148,8 ming nafar xodimning soliq qarzi 101,1 mlrd soʻm;  

qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 54,3 mingta tashkilotda ishlovchi 104,8 ming nafar xodimning soliq qarzi - 97,3 mlrd soʻm;

savdo sohasidagi 43 mingta tashkilotda ishlovchi 70,8 ming nafar xodimning  soliq qarzi - 62,6 mlrd soʻm;

qurilish sohasidagi 11,2 mingta tashkilotda ishlovchi 58 ming nafar xodimning soliq qarzi - 50,4 mlrd soʻm;

tashish va saqlash sohasidagi 5,8 mingta tashkilotda ishlovchi 37,5 ming nafar xodimning soliq qarzi - 24 mlrd soʻm;

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 9,4 mingta tashkilotda ishlovchi 16,5 ming nafar xodimning  soliq qarzi - 15,1 mlrd soʻm;

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 4 mingta tashkilotda ishlovchi 9,5 ming nafar xodimning  soliq qarzi - 6 mlrd soʻm;

axborot va aloqa sohasidagi 2 mingta tashkilotda ishlovchi 8,9 ming nafar xodimning soliq qarzi - 5,1 mlrd soʻm;

boshqa faoliyat turlari sohasidagi 16,2 mingta tashkilotda ishlovchi 59,5 ming nafar xodimning soliq qarzi - 43,5 mlrd soʻm.

Xodimlarida soliq qarzi ko'p bo'lgan  tashkilotlar – TOP-3:
🔻 “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ - 3,4 mlrd soʻm;
🔻"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ - 3 mlrd soʻm;
🔻"Hududgazta'minot" AJ - 2,8 mlrd soʻm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#QQS

Yil boshidan buyon QQS to‘lovchilar soni 16 mingtaga ko‘paydi

O‘zbekistonda 190 mingdan ortiq QQS to‘lovchi bor. Bu yil boshiga nisbatan 15 993 taga ko‘p.
👉 Kimlar QQS to'lovchisi hisoblanadi?

QQS to‘lovchilar soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tadi va Guvohnoma oladi.

QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun my3.soliq.uz orqali murojaat qilish mumkin.
👉 QQS guvohnomasini qanday yuklab olish mumkin?

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan tushgan daromadi oyiga 1 mlrd so‘mdan oshgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar avtomatik tarzda QQS to‘lovchilariga aylanadi.

QQS to'lovchilari to'langan soliq summalarini hisobga olish huquqiga ega, ya'ni bu summalar kelgusidagi soliq to'lovlari uchun hisobga olinishi yoki soliq to‘vchining hisob raqamiga qaytarilishi mumkin.

QQSni qaytarib olish uchun salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya.

Soliq organi o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko'ra QQS summasini to'liq yoki qisman qaytarish to'g'risida qaror qabul qiladi. Joriy yildan bunday tekshiruvni o‘tkazish muddati 30 kungacha qisqartirildi.

QQSni qoplashda soliq uzilishi koeffitsiyentini qoʻllash amaliyoti taqiqlanadi.
__________
#НДС

С начала года число плательщиков НДС выросло на 16 тысяч

В Узбекистане более 190 тысяч плательщиков НДС. Это на 15 993 налогоплательщика больше, чем в начале года.
👉Кто является плательщиком НДС?

Плательщики НДС встают на специальный регистрационный учет в налоговых органах и получают свидетельство.

Подать заявление на регистрацию в качестве плательщика НДС можно через my3.soliq.uz.
👉Как скачать свидетельство НДС?

Плательщиками НДС автоматически становятся юридические лица и индивидуальные предприниматели с доходом от реализации товаров (услуг) более 1 млрд сумов за месяц.

Плательщики НДС имеют право на
зачет уплаченных сумм налога, т.е. эти суммы могут быть засчитаны в счет предстоящих платежей по налогу либо возвращены на расчетный счет.

За возмещением сумм НДС можно обратиться при представлении налоговой отчетности.

Налоговый орган принимает решение о полном или частичном возмещении суммы НДС по результатам проведенной камеральной налоговой проверки. В этом году срок проведения такой проверки сокращен до 30 дней.

При возмещении НДС запрещена практика применения коэффициента налогового разрыва.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-oktabr

sentabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1 va 2 qismlar);

- agar sentabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5 qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4 qismlar);

III chorak uchun:

- soliq bazasi mavjud boʻlgan davrda foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻining hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454 (7)-modda 2 va 3 qismlar);

- foyda soligʻi boʻyicha hisobotni taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 339-modda 5 qism, 340-modda 1-qism);

oktabr oyi uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 октября 2023 года последний день

за сентябрь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в сентябре были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за III квартал:

- уплаты и представления отчетности по специальному рентному налогу на добычу полезных ископаемых в период наличия налоговой базы
(ч.2 и 3 ст.454-7 Налогового кодекса);

- уплаты и представления отчетности по налогу на прибыль
(ч.5 ст.339, ч.1 ст.340 Налогового кодекса);

за октябрь:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON SHAHRI_SOLIQCHI TADBIRKORGA KO‘MAKCHI TAMOYILI AMALDA_19.10.2023
# islohotlar amalda
Charmsanoat sohasidagi korxonalar navbatdagi qo‘llab-quvvatlashga va vazifalarga ega bo‘ldi.
🇺🇿Joriy yilning 11 oktyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarida islohotlarni yanada jadallashtirish va sohaning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.
📌 Ushbu hujjat bilan mamlakatimiz charmsanoati tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar qator imtiyozlarga ega bo‘ldi.
🇺🇿 Prezident qarori bilan endilikda hududlarda xomashyoni to‘liq yig‘ib olish va qayta ishlash maqsadida 45 ta terini qayta ishlovchi korxonalari bilan 70 dan ortiq chorvachilik klasterlari va 193 ta chorva mollarini so‘yish kushxonalari, 78 ta aholidan terini yig‘uvchi tadbirkorlik sub’yektlari va 278 ta o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar o‘rtasida kooperatsiya tizimi joriy qilinadi.

✍️ Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида жорий йилнинг 9 ойида эришилган иқтисодий натижалар, йил якунигача кутилаётган кўрсаткичлар ва 2024 йилга мўлжалланган макроиқтисодий прогнозлар муҳокама қилинди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве обсуждены экономические итоги за 9 месяцев текущего года, ожидаемые показатели на период до конца года и макроэкономические прогнозы на 2024 год.

#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #yakunlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
''Tilim-Faxrim''
🇺🇿 Viloyat soliq boshqarmasida  “O‘zbek tili-milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

📌Bugun Toshkent viloyati soliq boshqarmasida  o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan  soliq xodimlari, shoir va yozuvchilar,  ijodiy tashkilotlar vakillari ishtirokida bayram tadbiri “O‘zbek tilim – mening faxrim” deb nomlandi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati