Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12K photos
1.64K videos
109 files
3.67K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
TAYINLOV

Mamatkulov Furkatjon Mamajanovich Toshkent viloyati Bekobod shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Furqatjon Mamatqulov 1974-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy 1997- yili Toshkent davlat Agrar universitetining  iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

F.Mamatqulov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini  1998-yilda Toshkent viloyati Bekobod shahar davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va nazorat qilish bo'limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Toshkent viloyati Bekobod shahar soliq inspeksiyasi boshlig'i o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
TAYINLOV

Saidov Olimjon Malikovich Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Olimjon Saidov 1987-yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy 2009- yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Olimjon Saidov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini  2009- yilda Toshkent viloyati Yangiyo'l shahar davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarni soliqqa tortish va nazorat qilish bo'limi Nazorat qilish sho'basi davlat soliq  inspektori lavozimida boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Soliq solish metodologiyasi departamenti Soliq solish bo‘yicha maslahat bo‘limi  boshlig‘i lavozimida ishlagan.
TAYINLOV

Yusupxodjayev Saidazim Saidolimovich Toshkent viloyati Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Saidazim Yusupxodjayev 1982-yilda Toshkent viloyati  Chinoz  tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy 2006- yili Soliq akademiyasini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Saidazim Yusupxodjayev soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2002-yilda Toshkent viloyati Chinoz tumani davlat soliq inspeksiyasi Hisob, tahlil va soliq statistikasi bo'limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar  Soliq qo‘mitasi Budjet daromadlarini prognozlashtirish departamenti Statistika va tahlil boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori vazifasida ishlayotgan edi.
TAYINLOV

Artikbayev Yakubjon Sultanbekovich Toshkent viloyati Qibray tumani soliq inspeksiyasi   boshlig‘i etib tayinlandi.

Yakubjon Artiqbayev 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy 2006- yili Toshkent moliya institutini soliqlar va soliqqa tortish  mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Yakubjon Artiqbayev  soliq xizmatidagi faoliyatini  2010- yilda Toshkent viloyati Zangiota tumani davlat soliq inspeksiyasi Byudjetga va byudjetdan tashqari jamg'armalarga to'lovlarni tahlil qilish va prognozlash sho'basi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Toshkent viloyati soliq boshqarmasi  Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
TAYINLOV

Abduvaliyev Sanjar Islom o'g'li Toshkent viloyati Toshkent tumani soliq inspeksiyasi   boshlig‘i etib tayinlandi.

Sanjar Abduvaliyev 1988-yilda Toshkent viloyati Toshkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy 2012-yili Toshkent moliya institutini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Sanjar Abduvaliyev soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2012-yilda Toshkent viloyati Zangiota tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga soliq solish bo'limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Toshkent viloyati Toshkent tumani soliq inspeksiyasi   boshliq o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
TAYINLOV

Rustamov Ravshan  Rustam o'g'li Toshkent viloyati Bekobod tumani soliq inspeksiyasi   boshlig‘i etib tayinlandi.

Ravshan Rustamov 1985-yilda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy 2004- yili Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2006- yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarini tamomlagan.

Ravshan Rustamov soliq xizmatidagi faoliyatini 2014- yilda  Toshkent viloyati Chirchiq shahar davlat soliq inspeksiyasi Buxgalteriya hisobi va butlash bo'limi boshlig'i lavozimida boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Toshkent viloyati Parkent tumani soliq inspeksiyasi   boshliq o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
TAYINLOV

Yusupov Dilshod Eshtemirovich Toshkent viloyati Piskent tumani soliq inspeksiyasi   boshlig‘i etib tayinlandi.

Dilshod Yusupov 1974-yilda Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy 1996-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini agroiqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Dilshod Yusupov soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2007- yilda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani davlat soliq inspeksiyasi Savdo va aholiga maishiy xizmat ko'rsatish korxonalarini nazorat qilish bo'limi, Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo'limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Toshkent viloyati Piskent tumani soliq inspeksiyasi   boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
TAYINLOV

Xamdamov Ortiqboy Atqamboevich Angren shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ortiqboy Xamdamov 1984- yilda Toshkent viloyati Parkent  tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2006-yilda Toshkent davlat agrar universiteti hamda 2011- yilda Toshkent Moliya institutlarini tamomlagan.

Ortiqboy Xamdamov davlat soliq xizmati organlaridagi faoliyatini 2007-yilda Parkent tumani davlat soliq inspeksiyasi Yordamchi xizmatchilar bo‘limi ruxsatnoma yozish byurosi xodimligidan boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar  Ohangaron tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.
TAYINLOV

Xamdamov Abror Anvarovich Toshkent viloyati  Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi   boshlig‘i etib tayinlandi
.

Abror Xadamov 1980-yildaToshkent viloyati Qibray tumanida tug'ilgan. Ma’lumoti oliy 2003-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining soliq va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha  tamomlagan.

Abror Xadamov soliq xizmatidagi faoliyatini 2002- yilda  Toshkent viloyati Chirchiq shahar davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga soliq solish bo'limi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va deklaratsiya sho'basi davlat soliq inspektori davlat soliq katta inspektori lavozimida boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Toshkent viloyati Soliq nazorati bo‘limi Sayyor soliq tekshiruvlari sho‘basi davlat soliq bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
TAYINLOV

Sayfiyev Jasur Ravshanovich Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani soliq inspeksiyasi   boshlig‘i etib tayinlandi.

Jasur Sayfiyev 1984-yilda Buxoro viloyati G‘ijdivon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy 2006-yili Toshkent avtomobil yo‘llari instituti hamda 2015-yili Soliq akademiyasini tamomlagan.

Jasur Sayfiyev soliq xizmati organlaridagi faoliyatini  2007- yilda Toshkent viloyati Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasi Ijro va nazorat inspektorlik bo'yicha bosh mutaxassisi lavozimida boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Toshkent viloyati Piskent tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
TAYINLOV

Aliyev Ixtiyor To‘xtamurodovich  Toshkent viloyati Olmaliq shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ixtiyor Aliyev 1983-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy 2011-yili Soliq akademiyasi, 2017-yili Bank-moliya akademiyalarini tamomlagan.

Ixtiyor Aliyev soliq xizmati organlaridagi faoliyatini  2003-yilda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi Xodimlar bilan ishlash sho‘basi davlat soliq katta inspektori lavozimida boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi  Soliq qarzini undirishni tashkil qilish departamenti Yuridik shaxslar soliq qarzini undirishni tashkil qilish boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
#QQS #EHF #imtiyoz

EHF shakllantirishda "Mahsulot (xizmat) uchun nomuvofiq imtiyoz kodi ko‘rsatilgan" yozuvli xatolik chiqyapti. Ushbu xatolikni bartaraf etish uchun nima qilish kerak?

EHF shakllantirishda
QQSdan imtiyozga ega mahsulot (xizmat)lar uchun stavkaga mos imtiyoz tanlanadi.

Misol uchun, EHF toʻldirishda “QQS stavka %” ustunida “0%” koʻrsatilsa, “Imtiyoz” ustunida ushbu stavkaga mos ID (imtiyozli) tanlanishi shart.

Ushbu ustunlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar bir-biriga mos kelmasa EHF shakllantirish operator tomonidan avtomatik rad etiladi.

Bu soliq to'lovchilarda xatolarni oldini olish va soliq hisobotlarida imtiyozli aylanmani to‘g‘ri shakllantirish uchun xizmat qiladi.
__________
#НДС #ЭСФ #льготы

При формировании ЭСФ всплывает уведомление "Указан недопустимый код льготы для товара (услуги)". Что нужно сделать, чтобы исправить эту ошибку?

При формировании ЭСФ для товаров (услуг), имеющих льготу по НДС, нужно выбрать льготу, соответствующую ставке НДС.

Например, если при заполнении ЭСФ в столбце "Ставка НДС %" указать "0%", то в столбце "Льгота" нужно выбрать соответствующий этой ставке ID льготы.

Если информация, отраженная в этих столбцах, не совпадает друг с другом, в формировании ЭСФ будет автоматически отказано оператором.

Это служит предупреждению ошибок налогоплательщиков и правильному формированию льготного оборота в налоговой отчетности.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❇️26-sentabr - Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni!

📌Kasb bayramlari munosabati bilan barcha Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini Toshkent viloyati soliq xizmati jamoasi nomidan tabriklaymiz.

🔰Yurtimizning konstitusiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashdagi  sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin
!
#hamkorlik

Transfert narxi ustidan soliq nazoratini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajriba almashish

Avvalroq Transmilliy kompaniyalar auditi sohasida xalqaro tajribani o‘rganish bo‘yicha birinchi texnik ko‘mak dasturi (Tax Inspectors without borders) ishga tushirilgani haqida xabar berilgan edi.

Soliq auditi bo‘yicha ekspert Anders Pilskog Soliq qo'mitasiga amaliy missiya bilan keldi. Ular qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo inspeksiya mutaxassislari bilan birgalikda transmilliy kompaniyalarning soliq auditini o‘tkazish tizimini o‘rganadi, soliq xavflarini baholashning amaldagi tizimi va tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish mezonlarini qayta ko‘rib chiqadi.

Amaliy uchrashuvlarda ushbu masalalarni tartibga solishning xalqaro tamoyillarini hisobga olgan holda, transfert narxlaridan soliq solish maqsadida foydalanish ustidan soliq nazoratini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
___________
#сотрудничество

Обмен международным опытом по совершенствованию налогового контроля за трансфертным ценообразованием

Ранее сообщалось о старте первой программы технической поддержки по изучению международного опыта в сфере аудита транснациональных компаний (Tax Inspectors without borders).

С рабочей миссией в Налоговый комитет прибыл эксперт по налоговому аудиту Андерс Пилског. Совместно со специалистами структурных подразделений центрального аппарата и Межрегиональной инспекции по крупным налогоплательщикам им будет изучена система проведения налогового аудита транснациональных компаний, сделан обзор существующей системы оценки налоговых рисков и рассмотрены критерии при проведении предпроверочного анализа.

В ходе рабочих встреч будут даны рекомендации по совершенствованию налогового контроля за использованием трансфертных цен в целях налогообложения с учетом международных принципов регулирования этих вопросов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #EHF

EHF orqali tovar aylanmasi 1 010,3 trln so‘mga yetdi

2023-yil 1-sentabr holatida elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari yordamida 26,6 mlndan ortiq EHF rasmiylashtirilgan. Ular bo‘yicha jami tovar aylanmasi 1 010,3 trln so‘mni (QQS bilan) tashkil etgan.

Tovar aylanmasi bo'yicha yetakchilar:

📍Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI - 490,7 trln so‘m 8,3 mlnta EHF;
📍Toshkent sh. - 235 trln so‘m 10,5 mlnta EHF;
📍Toshkent viloyati - 55,7 trln so‘m 1,6 mlnta EHF.
_____________
#цифровизация #ЭСФ

Tоварооборот по ЭСФ составил 1 010,3 трлн сумов

По состоянию на 1 сентября 2023 года с помощью операторов системы электронного документооборота оформлено более 26,6 млн ЭСФ. Товарооборот по ним составил 1 010,3 трлн сумов (с НДС).

По показателям товарооборота лидируют:

📍МРИ по крупным налогоплательщикам - 8,3 млн ЭСФ на сумму 490,7 трлн сумов;
📍г.Ташкент - 10,5 млн ЭСФ на сумму 235 трлн сумов;
📍Ташкентская область - 1,6 млн ЭСФ на сумму 55,7 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 Chirchiq shahrida 2 812 ta   korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda

⚡️2023- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, Chirchiq shahrida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 812 tani tashkil qildi.

🔺qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 33 ta

🔺sanoat sohasida – 454 ta

🔺qurilish sohasida – 285 ta

🔺savdo sohasida – 895 ta

🔺yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 267 ta

🔺axborot va aloqa sohasida – 50 ta

🔺sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 77 ta

🔺tashish va saqlash sohasida – 93 ta
📊Toshkent viloyatining  qaysi hududida xususiy korxonalar ko‘proq joylashgan?

2023- yilning 1- sentabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 44 538 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 285 tani tashkil qildi (ulushi 9,6 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Zangiota tumani – 389 ta
Toshkent tumani – 346 ta
Qibray tumani – 324 ta
Chirchiq shahri – 313 ta