Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12K photos
1.64K videos
109 files
3.65K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.

📊Toshkent viloyati Soliq boshqarmasi hamda Chirchiq davlat pedogogika universiteti talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda ijarala yashaydigan talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.

☑️Uchrashuvda Soliq kodeksining 378-moddasiga (
https://lex.uz//docs/4674902) muvofiq, ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilishi yuzasidan ma’lumotlar berildi.

📍Suhbat davomida talabalarning taklif va mulohazalari tinglandi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#QQS #AOS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotiga kiritiladi;
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.
____________
#НДС #налог_на_прибыль

Как представляют отчетность перешедшие на уплату НДС плательщики налога с оборота?

Налогоплательщики переходят на уплату НДС и налога на прибыль со дня превышения их совокупного дохода 1 млрд сумов.
👉ст.462 НК

Плательщики налога с оборота, которые перешли на уплату НДС в отчетном месяце, представляют за этот месяц как отчетность по налогу с оборота, так и отчетность по НДС.

При этом:
- суммы по осуществленным операциям, оформленным ЭСФ и чекам онлайн-ККТ до даты перехода на уплату НДС отражаются в отчетности по налогу с оборота;
-
операции, осуществленные после даты перехода на уплату НДС, автоматически отражаются в отчетности по НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20 sentabr - avgust oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Soliq toʻlovchilar murojaatlaridan kelib chiqib, Soliq kodeksiga muvofiq soliq solinmaydigan tovarlarni (xizmatlar) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar aks etishi uchun 2-ilovaga 0216-0230 satrlar qoʻshildi.

Ushbu qo‘shimcha bir necha faoliyat turlari bo‘yicha QQS imtiyoziga ega subyektlarga tegishli.

Hisobotda boshqa o'zgarishlar yoq.

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 сентября - последний день представления отчетности по НДС за август

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

На основании обращений налогоплательщиков в Приложение №2 к Расчету добавлены дополнительные строки 0216-0230 для отображения в них оборотов по реализации товаров (услуг), не подлежащих налогообложению в соответствии с Налоговым кодексом.

Это дополнение относится к тем субъектом, у которых имеются льготы по НДС на несколько видов деятельности.

Других изменений в отчетности нет.

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Obod xonadon - obod koʻcha - obod mahalla: viloyatning yana bir qator hududlarida ishlar boshlandi

🌱“Obod xonadon - obod koʻcha-obod mahalla” mezonlari asosida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlardan koʻzlangan maqsad – shahar va qishloqlarda birdek zamonaviy shart-sharoit yaratish, odamlarning hayotdan rozi boʻlib yashashiga erishishdir. Bu borada Toshkent viloyati hokimligi hamda 4-sektor mutasaddilari tomonidan ham mahallalar qiyofasini yanada obod qilish, aholi oʻrtasida ana shu ezgu ishlarni keng targʻib etish mexanizmining ijrosi boʻyicha Boʻka tumanining “Ezgulik” mahallasida amaliy jarayonlar olib borilgan edi. Yana viloyatning 4 ta hududida mazkur anʼana davom ettirilishga start berildi.

🔰Shuni taʼkidlash joizki, Piskent, Bekobod tumanlarining sanoati rivojlanmagan, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real daromadlari nisbatan past boʻlganligi, Oqqoʻrgʻon, Quyi Chirchiq tumanlarida ham hududlarni rivojlantirish uchun alohida imtiyozlar berildi.

📌Shu bilan birga, ushbu ishlarning davomiyligini taʼminlash, infrastrukturasidagi kamchiliklar, aholi sharoitlarini yetarli emasligi, oilalarda ijtimoiy-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar salmogʻining yuqori boʻlgani tufayli mazkur hududlardagi Suvti (Piskent), Xonobod (Bekobod t.), Boyoʻgʻli (Oqqoʻrgʻon), Koʻksaroy (Quyi Chirchiq) mahallalarida ham “Obod xonadon-obod koʻcha-obod mahalla” mezonlari asosida obodonlashtirish, qurilish-taʼmirlash ishlari boshlandi.

⚡️Bu borada, mahallalardagi har bir xonadonlarda xatlovlar oʻtkazish orqali aholi muammolarini aniqlash, kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam berish, mahalla, koʻcha va xiyobonlarni zamonaviy koʻrinishga keltirish, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, elektr va gaz taʼminotidagi uzilishlarining oldini olish, yoʻl-transport infratuzilmasi, ijtimoiy soha obyektlarini ahvolini yaxshilash, mahalla aholisini toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari oʻtkazilmoqda.

🔴Boʻsh turgan yer maydonlariga iqlim sharoiti, tuproq unumdorligi va suvsizlikka chidamli boʻlgan daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shuningdek, barcha tomorqalar xatlovdan oʻtkazilib, 3 toifaga (yashil, sariq, qizil) ajratish, tomorqadan daromad olish, bozorbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha aholiga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

☑️Aholini ishli-daromadli qilish uchun ham bor kuch-imkoniyat ishga solinib, ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar taʼmirlanib, tomorqalarini hashar yoʻli bilan shudgorlashga koʻmaklashilmoqda. Xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida hududda sexlar tashkil etish ishlariga kirishildi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-sentabr

avgust oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1–2-qismlari);

- agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3–4-qismlari);

sentabr oyi uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

III chorak uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- AOS toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 сентября 2023 года последний день

за август:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в августе были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.3 и 4 ст.454 Налогового кодекса);

за сентябрь:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

за III квартал:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами, не являющимися плательщиками налога с оборота, у которых сумма налога за налоговый период составляет менее 200-кратного размера БРВ, а также плательщиками налога с оборота и индивидуальными предпринимателями в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения плательщиками налога с оборота в размере 1/4 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
“Soliqchi-ko‘makchi”

📊“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili bugungi kunda soliq idoralarini faoliyatidagi asosiy yo‘nalishga aylanib bormoqda.

🔰Bu borada Toshkent viloyati Ohangaron shaxar soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlarga ko‘mak berilib, ularning muammolari o‘rganilmoqda, Zarur maslahatlar berib kelinmoqda.

☑️"Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili doirasida 2023-yil 8-oyda jami 359 ta tadbirkorlik sub’ektlarining muammolari o‘rganildi.

-46 ta korxonaga 38 923,0 mln so‘m QQS dan mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarildi.

-Boshqa soliq turlaridan ortiqcha to‘lov summasini qaytarish yuzasidan 213 ta korxonadan 39 548,6 mln so‘m pul mablag‘lari korxonalarning hisob raqamlariga qaytarildi.

- 229 ta Dastlabki buxgalteriyasini yuritishga ko‘maklashildi.

- 22 ta E-aktiv AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashildi.

- 81 ta E-ijara AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashildi.

- 3 ta E-imtiyoz AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashildi.

-23 ta Shaxsiy hisob varaqadan ko‘chirma berildi.

- 4 ta boshqa idora va tashkilotlarga aloqador muammolar soliqchi ko‘makchi tamoyili asosida o‘z yechimini topdi.

📍Xususan, tadbirkorlar bilan turli uchrashuvlar va davra suhbarlari tashkil etilib, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, amaliy ko‘mak berilmoqda.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#QQS

QQS to‘lovchilar soni yana 2 mingtaga ko‘paydi

2023-yil 1-sentabr holatiga QQS toʻlovchilar soni 188 528 taga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,8 % ko‘p.

📈O‘sish ko‘rsatkichlari eng yuqori sohalar – TOP-3:
🔹 axborot va aloqa xizmatlari 42,6 % (1,1 mingta📈);
🔹 transport41,9 % (1,9 mingta📈);
🔹 xizmat ko'rsatish24,3 % (3,6 mingta📈).

📉Oʻsish koʻrsatkichlari eng past sohalar – TOP-3:
🔸sanoat 14,4 % (3,4 mingta📈);
🔸qurilish 11,2 % (2,3 mingta📈);
🔸qishloq xoʻjaligi 6,9 % (3,1 mingta📈);

Hozirda QQS toʻlovchilarning yarmidan ortig‘i quyidagi sohalarda faoliyat yuritmoqda:
savdo – 58,8 mingta;
qishloq xoʻjaligi 47,7 mingta.
________
#цифровизация
#НДС

Плательщиков НДС стало еще на 2 тысячи больше

По состоянию на 1 сентября 2023 года число плательщиков НДС достигло 188 528. Это на 14,8% больше в сравнении с таким же периодом прошлого года.

📈ТОП-3 отрасли с самыми высокими показателями роста:
🔹информатизация и услуги связи
42,6% (на 1,1 📈);
🔹транспорт - 41,9% (на 1,9 тыс. 📈);
🔹оказание услуг 24,3% (на 3,6 тыс.📈).

📉ТОП-3 отрасли с самыми низкими показателями роста:
🔸промышленность
14,4% (на 3,4 тыс. 📈).
🔸строительство 11,2% (на 2,3 тыс. 📈);
🔸сельское хозяйство6,9% (на 3,1 тыс. 📈);

В настоящее время больше половины плательщиков НДС ведут деятельность:
в сфере торговли - 58,8 тыс.;
в сфере сельского хозяйства - 47,7 тыс.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari

2023-yil 1-sentabr holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 472,1 mlrd so‘mlik 230 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha - 230,2 mlrd so‘mlik 141 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 241,9 mlrd so‘mlik 84 ta;
🔸boshqa holatlar bo‘yicha - 5 ta.

Natijada:
▫️ 97,8 mlrd so‘mlik 17 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan (shundan 48,5 mlrd so‘mlik 13 tasi qisman);
▫️ 344,3 mlrd so‘mlik 201 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️30 mlrd so‘mlik 12 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
____
#цифровизация #обжалование

Итоги практики досудебного урегулирования налоговых споров

По состоянию на 1 сентября 2023 г. Налоговым комитетом в установленном порядке рассмотрено 230 жалоб на общую сумму 472,1 млрд сумов.

Из них:
🔸по налоговым аудитам - 141 жалоба на сумму 230,2 млрд сумов;
🔸по выездным налоговым проверкам - 84 жалобы на сумму 241,9 млрд сумов;
🔸в других случаях - 5 жалоб.

В результате:
▫️удовлетворено в пользу налогоплательщиков 17 жалоб на сумму 97,8 млрд сумов (из них частично – 13 жалоб на сумму 48,5 млрд сумов);
▫️по 201 жалобе на сумму 344,3 млрд сумов оставлены в силе решения налоговых органов и об этом налогоплательщикам даны соответствующие разъяснения;
▫️продолжается рассмотрение 12 жалоб на сумму 30 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM