Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
12K photos
1.64K videos
109 files
3.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marafon

🇸🇱Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz!
📊Kichik biznes subyektlari soni 121 taga ko‘paydi

☑️Joriy yilning 1- avgust holatiga Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 4 225 tani tashkil qildi. 2022-yilning mos davriga nisbatan 121 taga ko‘paydi. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni esa 38 049 taga yetdi.

📍Hududlar kesimida eng ko‘p kichik biznes subyektlari Zangiota tumanida 4 369 ta subyekt, Qibray tumanida 3 380 ta, Toshkent tumanida 2 723 ta faoliyat ko‘rsatmoqda. Ma’lumki, ayni paytda kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ilg‘or faoliyat yuritmoqda.
📊Ijara xizmatlari oshib bormoqda

🔰Toshkent viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent viloyatida ijara xizmatlari hajmi 41,5 mlrd. so‘mga oshib 449,6 mlrd. so‘mga yetdi va o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 101,5 %ni tashkil qildi.
📊Ohangaron tumanining korxona va tashkilotlar soni ortmoqda.

🔰2023- yil yanvar- iyul oylarida Ohangaron tumanida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 168 taga yetdi. Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari soni esa 165 ta. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 225 tani tashkil qildi.

⚡️2023- yil 1-avgust holatiga ko‘ra tumanning sanoat yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlari soni 230 tani tashkil etdi va qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar 62 tani tashkil qildi.
#savol_javob

Savol: - Tеkshiruvdan oldingi tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan yuborilgan xabarnomaga bеlgilangan o`n kunlik muddatda javob bеrilmagan taqdirda soliq organi tomonidan qanday chora ko`riladi?

‼️Javob:
- Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan soliq to'lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to'g'risidagi xabarnoma olingan kundan etiboran o'n kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shartligi belgilangan.

👉Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to'lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo'ladi.
#tayinlov

12 ta soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

✍️ Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan 12 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi.

Buyruqqa ko‘ra:

🔹 Yusupov Abror Zokirovich Koson tumani soliq inspeksiyasi;

🔹 Shomurotov Odiljon Norquvatovich Muborak tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Jovliyev Sarvar Oripovich Dehqonobod tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Omonov Aziz Ravshanovich Kitob tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Oymahmedov Hamidullo Murodulloyevich Mirishkor tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Tolliyev Elyor Musurmanovich Urgut tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Eshmurotov Sherzod Sindarovich Payariq tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Kulmirzayev Akbarali Abduganiyevich Bulungʻur tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Rasulov Lochinbek Asatovich Samarqand shahar soliq inspeksiyasi;

🔹Turgunov Akbarali Abdisalomovich Kattaqoʻrgʻon tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Giyasov Akmaljon Sobirovich Paxtachi tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha videoqo‘llanma

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda oyiga MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

👉Youtube orqali ko‘rish

👉“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

👉 Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi?

👉 Issiqxona maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar xodimlari uchun to‘langan JShODSni qaytarib olishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Savol: Savdo shaxobchasida xaridorga chek bermaganlik uchun, onlayn nazorat kassa mashinasidan foydalanmasa qanday jarimalar qo‘llaniladi?

Javob:
Soliq kodeksining 221-moddasiga asosan, nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik, — yetti million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi, — yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, — yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
#korrupsiya
#uchrashuv

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

🔰Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

📍Xususan, bugun Ohangaron tuman hamda Ohangaron shahar soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda xodimlarning ota-onalari taklif qilindi. Unda Sharq yulduzi jurnali bosh muharriri, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sirojiddin Rauf ishtirok etib, korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari haqida misollar orqali tushuntirishlar berdi.

⚡️Shuningdek, kasbiga fidoiy, halol xodimlarning ota-onalariga minnadorlik bildirilib, tashakkurnoma hamda badiiy kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

📌Tadbirda korrupsion holatlarni sodir etish va uning salbiy oqibatlari haqida hikoya qiluvchi "Nafs iskanjasi" nomli video film namoyish ham etildi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

QQS, soliq tekshiruvlari va da'vo muddatining o‘zgarishi haqida batafsil sharh

🔹QQSni qoplash(qaytarish)da soliq uzilishi koeffitsiyentini qoʻllash (tax gap) amaliyoti taqiqlandi.
👉 Tax Gap nima uchun joriy etilgan?
👉 QQSni qaytarish uchun salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya
❗️Joriy yil boshida QQS summasini qaytarishning asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati 30 kungacha qisqartirildi.

🔹 QQS boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish tartibi bekor qilindi. Avval tasdiqlangan 13 ta mezondan kamida bittasi aniqlanganda QQS guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilgan.
Endilikda faqat bitta holatda amalga oshirilayotgan bitimlar(opersiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq boʻlgan holatlarda QQS guvohnomasining amal qilish muddati toʻxtatib turilishi mumkin. Qolgan barcha holatlarda QQS guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish tartibi bekor qilindi.

Foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak
toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirildi.

🔹Kameral soliq tekshiruvi jarayonida quyidagilar taqiqlandi:
▫️soliq toʻlovchining hududiga kirish;
▫️soliq toʻlovchining hududini va binoalrini koʻzdan kechirish;
▫️soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
▫️soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.
❗️QQSni qoplash (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.
🔸Kameral soliq tekshiruvi qanday o‘tkaziladi?
🔸Tekshiruvlar vaqtida soliq organi tomonidan hujjatlarni qayta talab qilish qonuniymi?

2024-yil 1-yanvardan:

🔸iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida koʻrilayotgan ishlar maʼmuriy yurisdiksiyaga oʻtkaziladi;
🔸soliq majburiyatlari boʻyicha daʻvo muddati 5 yildan 3 yilgacha qisqartiriladi.

📜PQ-292-son 04.09.2023

👉Batafsil
_______
#новое_в_законодательстве

Подробный комментарий об НДС, налоговых проверках и изменении срока исковой давности

🔹При возмещении НДС запрещается практика применения коэффициента налогового разрыва.
👉Для чего был внедрен Tax Gap?
👉За возмещением сумм НДС можно обратиться при представлении налоговой отчетности
❗️С начала этого года срок проведения камеральной проверки обоснованности суммы НДС к возмещению сокращен до 30 дней.

🔹Отменяется порядок приостановления действия Свидетельства о прохождении специальной регистрации по НДС. Ранее действие свидетельства НДС приостанавливалось при выявлении хотя бы одного из 13 утвержденных критериев. Теперь действие свидетельства может быть приостановлено только в случаях несоответствия осуществляемых сделок (операций) номенклатуре закупаемых и реализуемых товаров (услуг). Во всех остальных случаях процедура приостановления действия свидетельства НДС отменяется.

🔹Предельный размер дохода субъектов предпринимательства, которые должны уплачивать ежемесячно авансовые платежи по налогу на прибыль, увеличен с 5 млрд сумов до 10 млрд сумов.

🔹Запрещается при проведении камеральной налоговой проверки:
▫️доступ на территорию налогоплательщика;
▫️осмотр территории и помещений налогоплательщика;
▫️истребование документов у налогоплательщика и его вызов;
▫️выемка документов и предметов налогоплательщика.
❗️За исключением камеральных налоговых проверок, проводимых при возмещении (возврате) НДС.
👉Как проводится камеральная проверка?
👉Правомерно ли повторное истребование налоговым органом документов при проверках?

С 1 января 2024 года:

🔸дела с участием налоговых органов, рассматриваемые экономическими судами, переводятся в юрисдикцию административных судов;

🔸срок исковой давности по налоговому обязательству сокращается с 5 до 3 лет.

📜
ПП №292 от 04.09.2023

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Soliqchi - insofli tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

🔰Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan Ohangaron, Angren shaharlari hamda Bo'ka, Ohangaron tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan uchrashuvda xodimlarning oila a’zolari taklif qilindi.

☑️Ochiq muloqot davomida xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berilib, soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish uchun xodimlarning oila a’zorlari o‘rni va ro'li yuqoriligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Sharq yulduzi jurnali bosh muharriri, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sirojiddin Rauf ham ishtirok etib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida misollar orqali tushuntirishlar berdi.

⚡️Tadbir yakunida faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlarning oila a’zolariga minnadorchilik bildirilib, tashakkurnoma hamda badiiy kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.