Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.49K subscribers
13.3K photos
1.86K videos
119 files
4.47K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#savol_javob #deklaratsiya

Telefon raqamimga deklaratsiya asosida daromad solig'idan qarzdorlik mavjudligi haqida SMS keldi. Men qanday daromadlarim uchun deklaratsiya taqdim etishim kerak?

Jismoniy shaxslar quyidagi manbalardan olingan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishlari lozim.
🔹mol-mulkni ijaraga berishdan;
🔹egaligida bo‘lgan noturar obyektlarni sotishdan;
🔹36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan;
🔹yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan moddiy naf tarzda olingan hadyadan.

Jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi va hisoblangan soliq summasi 1-iyundan kechiktirmay to‘lanadi.

👉Fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olishmoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozlari
#Munosabat

⚡️O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan uchrashdi.

Qibray tumanidagi "Kanishka Fur" korxonasi rahbari Aleksey Manshaev tadbirkorlikka yaratilgan sharoitlar uchun Prezidentga minnatdorlik bildirdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlik subyektlari soliq organlarida masofadan hisobga qo‘yiladi

💻 Tadbirkorlikka berilayotgan e'tibor, ro‘yxatdan o‘tkazishdagi qulayliklar natijasida ular soni ortib bormoqda. Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 59,7 mingta yuridik shaxs va 58,8 mingta YTT davlat roʻyxatidan oʻtib bir vaqtda soliq organlarida ham hisobga olindi.

📊 2022-yil tovar aylanmasi boʻyicha soliq to‘lovchilarning 492,4 mingtasi kichik, 8,6 mingtasi oʻrta va 1,4 mingtasi yirik tadbirkorlik subyektini tashkil etmoqda.

Oʻtgan 7 oy davomida tovar aylanmasi 10 mlrd soʻmdan oshgan oʻrta tadbirkorlik subyektlari 9622 tani tashkil etib, 1-yanvar holatiga nisbatan 1 024 taga koʻpaydi.

👉 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korxona rahbari, hisobchisi yoki ularning telefon raqamlari o‘zgardimi?

Bu ma'lumotlarni masofadan yangilash imkoni mavjud.

👉Batafsil videoqo‘llanmada
______________

Сменился руководитель или бухгалтер организации либо их телефонные номера?

Есть возможность обновить эти сведения удаленно.

👉Подробнее в видеоинструкции

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakka tartibdagi tadbirkor kimlar va
ular qanday tartibda soliq to‘laydilar?

📊Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. (
https://lex.uz/docs/-4674902#-4675720)

👩‍💻YaTTlar faqat hukumat qarori bilan tasdiqlangan faoliyat (
https://lex.uz/docs/1727490)turi bilan shug‘ullanishlari mumkin.
👉VMQ-6-son 07.01.2011

📑 (
https://lex.uz/docs/1727490)Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda 5 nafargacha xodimlarni yollashga haqli.
(
https://t.iss.one/soliqnews/11136)👉VMQ-707-son 22.11.2021

📈 (
https://lex.uz/ru/docs/-5739505)100 mln so‘mdan kam daromadga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor qat’iy belgilangan soliq to‘lashni (https://lex.uz/docs/4674902#5201807) tanlashi mumkin.

Toshkent viloyati misolida:

🔹Oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdosi bilan shug‘ullanayotgan YaTT lar Nurafshon shahrida - 660 000 so‘m, boshqa shaharlarda - 330 000 so‘m hamda boshqa aholi punktlarida - 220 000 so‘m;

🔹Boshqa barcha faoliyat turlari shug‘ullanuvchi YaTTlar - Nurafshon shahrida - 165 000 so‘m, boshqa shaharlarda - 110 000 so‘m hamda boshqa aholi punktlarida - 55 000 so‘m qat’iy belgilangan miqdorlarda soliq to‘laydilar.

Shuningdek,

🧮Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan biroq 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona soliq to‘lovi) to‘lashga o‘tkaziladi. (
https://lex.uz/docs/-4674902#-4688907)

📌Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tadi (
https://lex.uz/docs/-4674902#-4688907).

✔️Eslatib o‘tamiz, fuqarolar istalgan davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tartibda
fo.birdarcha.uz (https://fo.birdarcha.uz/s/uz_landing)sayti orqali yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishlari mumkin.
“20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida viloyatda 50 mingga yaqin ish oʻrinlari yaratilmoqda.

🔰Oʻzbekistonda 1-iyundan boshlab “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi. Dasturga 2023−2024-yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Unda ishtirok etadigan tadbirkorlarga alohida soliq imtiyozlari beriladi

📍Mazkur dastur doirasida viloyatda ham 1 884 ta tadbirkorlar tomonidan hamkorlik qilish istagi bildirilib, jami 48 ming 162 nafar fuqarolarni bandligini taʼminlash taklifi berildi.

☑️Jumladan, 13 tasi soliq, 3 tasi bojxona, 27 tasi kredit, 2 tasi “Amaliy monomarkaz” xarajatlarini qoplash, 4 tasi yoʻl taʼmiri, 9 tasi gaz taʼminoti, 14 tasi elektr taʼminoti, 12 tasi bino-inshootga boʻlgan talab va 3 tasi ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash borasidagi muammolar oʻrtaga tashlandi.
Biriktirilgan fuqarolarning 4,1 ming nafari 46 ta tadbirkorlar tomonidan “amaliy monomarkaz”larda oʻqitilib, bandligi taʼminlanish ishlari boshlangan.

🔴Misol uchun, Boʻka tumanidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, qadoqlash va eksport qiluvchi “TNA Agro Invest” MCHJning bolgʻar qalampiri yetishtirish uchun koʻchatxonasi mavjud emasligini bildirdi. Korxona koʻchatlarini vodiy viloyatlaridan olib keladi. Bu esa mahsulot tannarxiga taʼsir qilmoqda.

Ushbu korxonaga tuman hududidan 4 gektar yer maydoni ajratilishi natijasida, aholi tomorqalaridagi 270 gektar hamda dexqon xoʻjaliklari ixtiyoridagi 980 gektar yer maydonlarida kooperatsiya usulida bolgʻar qalampiri ektirib va mahsulotni sotib olishni yoʻlga qoʻyadi hamda 1 500 dan ortiq aholi bandligi taʼminlanadi.
Mazkur korxona yangi tizim asosida Boʻka tumanining “Bunyodkor”, “Joʻrabod”, “Qoʻldoshtepa”, “Ramadon”, “Kiyikchi”, “Qulduroq” mahallalaridagi 225 nafar kambagʻal oila aʼzolarini oʻqitib, ishga qabul qiladi.

📌Huddi shuningdek, Oʻrtachirchiq tumanidagi “FRESH FOOD PACK” MCHJ (vak-mak) shirin makkajoʻhorini qayta ishlab chiqarish korxonasi Oʻrtachirchiq, Boʻka va Piskent tumanlarida jami 1 225 ta fuqarolarga ajratilgan 400 gektar yer maydonida kooperatsiya usulida makkajoʻxori yetishtirish va mahsulotni qaytarib sotib olishni yoʻlga qoʻygan.

♻️Ushbu korxona mahsulotga talab yuqori boʻlganligi sababli, takroriy ekin uchun 200 gektar yer berilsa, qoʻshimcha 76 nafar kambagʻal fuqarolarni oʻqitib, bandligini taʼminlashini bildirdi.

‼️Yana bir korxona Oʻrta Chirchiq tumanidagi 4 ta mahallada (“Qorasuv”, “Tinchlik”, “Turkiston” va “Fayzobod”) 104 ta xonadonlarda mebel ishlab chiqariladi va 835 nafar aholi bandлиги таъминланади.

❇️Ushbu xonadonlarda joy torligi va mebel ishlab chiqarishga noqulay sharoit sababli qoʻshimcha ish oʻrnini yaratish imkoni boʻlmayapti. Shuning uchun, ushbu mahallalarga tutash hududda “QORASUV MEBEL SAVDO” (2 gektar maydonda ishlab chiqarish, 4 ta savdo doʻkoniga ega, 375 nafar ishchi mavjud) korxonasi tomonidan 1,5 gektar maydonda 50 ta sexdan iborat “mikromarkaz” tashkil etadi va 160 nafar kambagʻal oilalarning aʼzolarini oʻqitib, bandligini taʼminlaydi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozlari

⚡️O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan uchrashdi.

📊Uchrashuv davomida tadbirkorlik sub’ektlari uchun bir qancha soliq imtiyozlari qo‘llanilishi ta’kidlandi.

📌Bu haqda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligi bo‘limi soliq inspektori Mukambar Tadjibaeva.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Kameral soliq tekshiruvlari bo'yicha qarorlar ustidan berilgan shikoyatlarni ko'rib chiqish natijalari

Soliq qoʻmitasi tomonidan 2023-yilning yanvar-iyul oylarida hududiy soliq organlarining kameral soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan Soliq qoʻmitasiga kelib tushgan shikoyatlarning 802 tasi (1 637,2 mlrd soʻm) koʻrib chiqildi.

Koʻrib chiqilgan ushbu shikoyatlarning:
🔹268 tasi (208,4 mlrd soʻm) toʻliq qanoatlantirilgan;
🔹124 tasi (76 mlrd soʻm) qisman qanoatlantirilgan;
🔹410 tasi (1 352,8 mlrd soʻm) qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Hududiy soliq organlarining toʻliq va qisman bekor qilingan qarorlari quyidagi soliq turlariga toʻgʻri keladi:
🔸QQS - 174,2 mlrd soʻm;
🔸foyda soligʻi - 101,3 mlrd soʻm;
🔸mol-mulk soligʻi - 2,1 mlrd soʻm;
🔸yer soligʻi - 2,1 mlrd soʻm;
🔸aksiz solig‘i - 1,5 mlrd soʻm;
🔸boshqa soliq turlari - 2,2 mlrd soʻm.

Qoʻshimcha hisoblangan va qayta koʻrib chiqish natijasida bekor qilingan katta miqdordagi soliq summalari hududlar kesimida:
📍Toshkent sh. – 152 mlrd soʻm;
📍
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSI – 77,9 mlrd soʻm;
📍
Toshkent v. – 24,8 mlrd soʻm;
📍
Samarqand v. – 15,4 mlrd soʻm;
📍
Buxoro v. – 3,8 mlrd soʻm;
📍
Andijon v. – 3 mlrd soʻm.
__________
#цифровизация #обжалование

Результаты рассмотрения жалоб на решения по камеральным налоговым проверкам

В январе-июле 2023 года Налоговым комитетом рассмотрено 802 жалобы на решения, принятые территориальными налоговыми органами по результатам камеральных налоговых проверок, на общую сумму 1 637,2 млрд сумов.

Из них:
🔹268 жалоб (208,4 млрд сумов) полностью удовлетворены;
🔹124 жалоб (76 млрд сумов) удовлетворены частично;
🔹410 жалоб (1 352,8 млрд сумов) оставлены без удовлетворения.

Полностью и частично отменены решения территориальных налоговых органов по следующим видам налогов:
🔸НДС - 174,2 млрд сумов;
🔸налог на прибыль - 101,3 млрд сумов;
🔸налог на имущество - 2,1 млрд сумов;
🔸земельный налог - 2,1 млрд сумов;
🔸акцизный налог - 1,5 млрд сумов;
🔸другие виды налогов - 2,2 млрд сумов.

Наибольшие суммы доначисленных налогов,
которые были отменены Налоговым комитетом по итогам пересмотра, в разрезе регионов:
📍г. Ташкент – 152 млрд сумов;
📍МРИ по крупным налогоплательщикам – 77,9 млрд сумов;
📍Ташкентская обл. – 24,8 млрд сумов;
📍Самаркандская обл. – 15,4 млрд сумов;
📍Бухарская обл. – 3,8 млрд сумов;
📍Андижанская обл. – 3 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ma’sullar yoshlar muammolarini o‘rganmoqda.

🔰Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Zulfanov Bo‘stonliq tumanidan o‘ziga biriktirilgan 30 nafar “qizil” toifadagi imkoniyati cheklangan yoshlar bilan muntazam ish olib borishni yo‘lga qo‘ymoqda.

☑️Xususan, Bugun boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bo‘stonliq tumanida bo‘lib, “qizil” toifadagi 10 nafar muammosi mavjud bo‘lgan yoshlar yashaydigan har bir xonadonni borib o‘rgandi. O‘rganish davomida yoshlarning 4 nafari muammosi joyida hal etildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

📎 Dasturga kiritilgan tadbirkorlar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilib MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlaganda va ular jami ishchilar sonining kamida 20% ni tashkil qilganda mol-mulk va yer soligʻidan imtiyozlarga ega boʻladi.

♻️Fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi, ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

👉 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#JShShODS

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi

🔹Buning uchun my3.soliq.uz portalida shaxsiy kabinetida “Yuridik shaxslar tomonidan xodimlar uchun to‘langan daromad solig‘i summasini Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish bo‘yicha elektron arizalarni ko‘rib chiqish” sahifasiga o‘tiladi.

🔹Ushbu bo‘limdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolarni ishga olgan ish beruvchilar uchun” menyusi tanlanadi.

🔹Ochilgan ariza shaklida arizachi to‘g‘risida ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzil) avtomatik aks etadi.

🔹Tegishli qatorlarga hisobot davri (yil, oy) kiritilgandan so‘ng xodimlar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh, JShShIR va qaytariladigan JShODS summasi) avtomatik shakllanadi.

🔹Arizada bank rekvizitlari (bank nomi, MFO, hisobraqam) va yer maydoni avtomatik shakllanadi.

🔹Arizaga Savdo-sanoat palatasi bilan tuzilgan “Hamkorlik shartnomasi”ni yuklab, “Ariza shakllantirish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

🔹“Yuborilgan arizalar” bo‘limidan ariza (raqami, sanasi, bajarish muddati, soliq organi va bajaruvchi) haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

Talablarga javob bermagan ish beruvchi uchun ariza yuborish tizim tomonidan avtomatik cheklanadi.
Yuborilgan arizalar bo‘yicha JShODS summasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qaytariladi.

👉 "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads