Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.3K photos
1.67K videos
112 files
3.8K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#yuridik_shaxs #YTT

2023-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan

🔹Yuridik shaxslar soni – 574 644 ta;

🔹
Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni – 245 965 ta.
______
#юридические_лица #ИП

По состоянию на 1 августа 2023 года в Узбекистане осуществляют деятельность:

🔹 574 644 юридических лица;

🔹 245 965 индивидуальных предпринимателей.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
12:00:00-13:00:00
RADIO 24
📃 #tashrif

📻"O‘zbekiston 24" radiokanali

🎙Axborot informatsion dasturi

☑️Toshkent viloyati soliq organi faoliyati Xalqaro ekspertlar nigohida

🎙Bu haqda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i Jamila Malikova ma’lumotlari
Toshkent viloyatida 520 ming nafardan ortiq soliq to‘lovchilarning 40 mlrd so‘mga yaqin qarzdorliklari hisobdan chiqarildi

☑️2023-yil 14-iyundagi
PQ-192-son qarorga asosan respublika bo‘yicha 5,4 mln nafar jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer solig‘i qarzdorligi uchun hisoblangan 501,9 mlrd so'm penya hisobdan chiqarildi.

📍Xususan, Toshkent viloyatidagi 590 nafar jismoniy shaxslarning ham 39,3 mlrd so‘m xuddi shunday qarzidan voz kechildi.

📊Shuningdek, Toshkent viloyatidagi 31 821 nafar yakka tartibdagi tadbirkor uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisoblangan 37,9 mlrd so‘m soliq qarzi, penya va jarimalar hisobdan chiqarildi.

⚡️Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatdagi 106 ta tadbirkorlik subyektlariga 139,9 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati berildi.
#savol_javob

Savol: - Yuridik shaxsning soliq majburiyati qachon tugatiladi?

Javob: -
Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:

📍Soliq kodeksning 91-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda

📍Soliq kodeksning 92-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda.
📊Toshkent viloyatida qaysi sohada yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilmoqda?

2023- yilning yanvar-iyul oyida jami 4 341 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

🔵Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi- 399 ta

🔵Sanoat- 708 ta

🔵Qurilish- 284 ta

🔵Savdo- 1735 ta

🔵Tashish va saqlash- 150 ta

🔵Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar- 362 ta

🔵Axborot va aloqa- 105 ta

🔵Boshqa turlar- 535 ta
#imtiyoz

Imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish to‘g‘risida

“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish”
interaktiv xizmati my3.soliq.uz portalida test rejimida ishga tushirilgan.

Ushbu xizmatdan yuridik shaxslar, QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YTTlar foydalanishi mumkin.

Interaktiv xizmat orqali imtiyoz mavjud bo‘lgan ko‘chmas mulk egalik huquqi yoki maydoni o‘zgarganda ham ushbu obyekt uchun murojaat yuborish mumkin.

Buning uchun “Sotib yuborilgan yoki yer maydoni o‘zgargan maydonlar” oynasida tegishli ma’lumotlar (davr, hudud va kadastr ma’lumotlari) ko‘rsatilishi lozim.

👉“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish” xizmatidan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

👉Eslatma: mavjud soliq imtiyozlari havolada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #onlayn_NKT

Soliq mobil ilovasida iyun oyida 48 mlndan ortiq chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan

2023-yil yanvar-iyun oylarida Soliq mobil ilovasida keshbek summasi 743,1 mlrd so‘m bo‘lgan 266,2 mln dona xarid cheki, shundan iyun oyida keshbek summasi 134,2 mlrd so‘m bo‘lgan 48,5 mln dona xarid cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Iyun oyida qaysi korxonalar cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan?

▶️"Anglesey Food” MChJ XK:
3,1 mlnta chek, 4,2 mlrd soʻm keshbek;
▶️“Havas Food” MChJ QK:
1,7 mlnta chek 787,1 mln soʻm keshbek;
▶️“Darvoza Savdo” MChJ:
492,9 mingta chek 337,8 mln soʻm keshbek;
▶️“UNG Petro” MChJ:
284,5 mingta chek 1,1 mlrd soʻm keshbek;
⬆️“Urban Retail” MChJ:
248,5 mingta chek 585,4 mln soʻm keshbek;
⬇️“Mak Food Servis” MChJ:
243 mingta chek 185,2 mln soʻm keshbek;
▶️“International Foodchain” MChJ:
213,9 mingta chek 203,7 mln soʻm keshbek;
▶️“Best Quality Products” MChJ:
200,7 mingta chek 134,6 mln soʻm keshbek;
▶️“Namangan-Istiqlol Bog‘i” MChJ:
172,8 mingta chek 260 mln soʻm keshbek;
⬆️“Cheese Day” MChJ:
128,9 mingta chek 103,7 mln soʻm keshbek;
⬇️“Grand Pharm Trade” MChJ:
119,5 mingta chek 379,9 mln soʻm keshbek;
⬆️“Xalq Retail” MChJ:
109,5 mingta chek 42,9 mln soʻm keshbek;
▶️“New Retail” MChJ:
97,9 mingta chek 23,8 mln soʻm keshbek;
▶️“Nika Farm Servis” MChJ:
94,2 mingta chek 87,4 mln soʻm keshbek;
⬆️“Magnum Retail” MChJ XK:
81,2 mingta chek 114,5 mln soʻm keshbek;
⬇️“Osiyo Trade Biznes” MChJ:
80,6 mingta chek 1,6 mlrd soʻm keshbek;
⬇️“Ovayxon” XK:
62,8 mingta chek 50,5 mln soʻmlik keshbek;
⬇️“Angren Charm Invest” MCHJ QK:
57,6 mingta chek 89,6 mln soʻm keshbek;
⬆️“Legion CO” XK:
56,6 mingta chek 95,7 mln soʻm keshbek;
⬆️“Intran Servis” MChJ:
53,7 mingta chek 115,9 mln soʻm keshbek.

▶️ reytingda pozitsiyasi saqlanib qolgan
⬆️ reytingda yuqoriga ko'tarilgan
⬇️ reytingda pastga tushgan

👉
May oyi reytingi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 9-avgust

avgust oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️9 августа 2023 года последний день

за август:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

Savol: - Hovli-joylarning sug`orilmaydigan, ya`ni la`lmikor, foydalanilmaydigan qismidan soliq undiriladimi? Undirilsa qanday tartibda amalga oshiriladi?

❗️Javob: -
Soliq kodeksining 435-moddasiga asosan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organning malumotlari bo'yicha er uchastkalarining maydoni soliq bazasi hisoblanadi. Ya’ni sug'oriladigan va sug'orilmaydigan er maydonlariga alohida-alohida soliq stavkalari qo'llanilgan holda soliq hisoblanadi.

🔸Shuningdek, ajratilgan er maydonidan foydalanish yoki foydalanmaslikdan qat’iy nazar er solig'i hisoblanib, soliqlar to'lanadi.
#mol_mulk solig‘i

🔰Mulkida soliq solish ob’ekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilaridir.

☑️Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchidir.

📍O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari, qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlar soliq solish ob’ektidir.
#foyda_soligi

Quyidagilar foyda solig`ining soliq to`lovchilari (bundan buyon ushbu bo`limda soliq to`lovchilar dеb yuritiladi) dеb e`tirof etiladi:

🔹O`zbеkiston Rеspublikasining soliq rеzidеntlari bo`lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo`limda yuridik shaxslar dеb yuritiladi);

🔹O`zbеkiston Rеspublikasining norеzidеntlari bo`lgan yuridik shaxslar, shuningdеk O`zbеkiston Rеspublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chеt el tuzilmalari (bundan buyon ushbu bo`limda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norеzidеntlar dеb yuritiladi);

🔹O`zbеkiston Rеspublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O`zbеkiston Rеspublikasi norеzidеntlari bo`lgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu bo`limda norеzidеntlar dеb yuritiladi);

🔹soliq to`lovchilar konsolidasiyalashgan guruhining mas`ul ishtirokchilari bo`lgan yuridik shaxslar;

🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) rеalizasiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so`mdan ortiq bo`lgan yoki o`z ixtiyori bilan foyda solig`ini to`lashga o`tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;

🔹oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to`g`risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo`yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.

Soliq to`lovchilarning konsolidasiyalashgan guruhi ishtirokchilari (bundan buyon ushbu bo`limda konsolidasiyalashgan guruh ishtirokchilari dеb yuritiladi) soliq to`lovchilarning konsolidasiyalashgan guruhi bo`yicha foyda solig`ining mazkur guruh mas`ul ishtirokchisi tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur bo`lgan qismi bo`yicha soliq to`lovchilarning majburiyatlarini bajaradi.

👉Soliq kodеksi 294-modda
#savol_javob
#imtiyoz #JShODS

Soliq xizmati xabarlari” kanalida 2023-yil 1-avgustdan farzandlar taʻlimi uchun to‘langan summaning 12%ini qaytarib olish bo‘yicha yosh chegarasi (26 yosh) bekor qilinishi haqida xabar berilgan edi. Nega shaxsiy kabinetda farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanmagan?

Farzand uchun yosh chegarasi bekor qilinishi 2023-yil 1-avgustdan keyingi davrlar uchun tatbiq etiladi.

Soliq toʻlovchilar “my3.soliq.uz” sayti orqali 2022-yil va undan avvalgi soliq davrlari uchun deklaratsiya taqdim etganda farzand uchun 26 yosh chegarasi inobatga olinadi.

2023-yil 1-avgustdan keyingi
to‘lovlar uchun 2024-yil 1-yanvardan boshlab deklaratsiya taqdim etiladi. Bunda farzand uchun yosh chegarasi inobatga olinmaydi.

👉Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
📊Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar nechta?

📊Viloyatda 2023-yilning 1-avgust holatiga jami 3 813 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha shakllandi:

☑️Oqqo‘rg‘on tumani -136
☑️Ohangaron tumani - 94
☑️Bekobod tumani - 73
☑️Bo‘stonliq tumani - 370
☑️Bo‘ka tumani - 68
☑️Quyichirchiq tumani - 77
☑️Zangiota tumani - 343
☑️Yuqorichirchiq tumani - 328
☑️Qibray tumani - 275
☑️Parkent tumani - 326
☑️Pskent tumani - 48
☑️O’rtachirchiq tumani - 413
☑️Chinoz tumani - 78
☑️Yangiyo‘l tumani - 230
☑️Toshkent tumani - 320
☑️Nurafshon shahri- 208
☑️Olmaliq shahri - 59
☑️Angren shahri- 89
☑️Bekobod shahri- - 51
☑️Ohangaron shahri- 75
☑️Chirchiq shahri- 57
☑️Yangiyo‘l shahri- 95
#tayinlov

Toshkent viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

✍️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Inagamov Alovitdin Xusnitdinovich Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

A.Inagamov tayinlovga qadar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Alovitdin Inagamov Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#innovatsiya

Boʻka tumanidagi “TNA Agroinvest” agroklasteriga Oʻzbekistonda ilk bor, hosilni avtomatlashtirilgan tarzda yuklash qurilmasi keltirildi.

Bu nafaqat ishchi kuchini yengilllashtiradi, balki sarf-harajatni ham kamaytirishga xizmat qilmoqda, deydi klaster ishchilari.

Tafsilotlar bilan lavhada tanishing.
#savol_javob

🧑‍💻Savol: Men hozirda talabaman, hamda bir vaqtning o'zida korxonada mehnat faoliyatini ham yuritaman. Bu holatda mening maoshimdan daromad solig'i ushlab qolinishi kerakmi?

🔔Javob: Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo'lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga kontraktiga muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to'lanadigan mehnatga haq to'lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlar deb etirof etiladi va ushbu daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortiladi. Soliq Kodeksi 371-modda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BO‘KA TUMANI_MAHALLA BYUDJETI TIZIMIDAGI ISHLAR_10.08.2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda

📍 Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda 50 dan ortiq biznes vakillari ishtirok etdi. Ular tomonidan qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi, faoliyatini kengaytirish borasida to‘siq bo‘layotgan muammolar o‘rtaga tashlandi.

📝 Murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalarni ijobiy va tezkor hal etish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads