Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.2K photos
1.66K videos
111 files
3.77K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi.

📊Bo‘ka tumani soliq inspeksiyasi tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida 2023-yilning o‘tgan davrida 479 dan ortiq tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar o‘rganildi.

Natijada, 255 ta tadbirkorlik subyektiga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimi tanlashga ko‘maklashildi, 12 ta subyektga E-ijara, 3 ta sub’ektga E-imtiyoz kabi avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanish tartiblari tushuntirildi.
Shuningdek, 47 ta subyektga qulay soliq rejimini tanlash, yana 12 nafariga esa soliq imtiyozlarini qo‘llashda amaliy yordam berildi.

🔹Misol uchun, Bo‘ka tumani Qo‘ldoshtepa mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan "PROM-DIAGONAL" ma’suliyati cheklangan jamiyati mebel ishlab chiqaruvchi korxonasi 2017-yilda tashkil topgan. Mazkur mebel ishlab chiqaruvchi korxona QQS to‘lovchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

♻️Bugungi kunda "PROM-DIAGONAL” MChJga "Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida soliq organi xodimlari tomonidan muntazam amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
Forwarded from Fiskal tahlillar
#e_ijara

Soliq organlarida 295 mingdan ortiq shartnoma hisobga qo‘yilgan

2023-yil 1-iyul holatiga soliq organlarida 295 574 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 205,8 mingta ijara shartnomasi asosida 62 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 23,4% ga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 39,4% ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 89,7 mingta ijara shartnomasi asosida 261,6 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 25% ga va hisoblangan soliq summasi 33% ga oshgan.

Talabalar bilan 29 647 ta ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ijarada turuvchi talabalar soni jami 44 462 nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 23,6 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
__________
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 295 тысяч договоров аренды

По состоянию на 1 июля 2023 года в налоговых органах зарегистрировано 295 574 договоров аренды недвижимого имущества.

На основании 205,8 тыс. договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 62 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 23,4%, а сумма начисленного налога - на 39,4%.

На основании 89,7 тыс. договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 261,6 млрд сумов налогов. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 25%, а сумма начисленных налогов - на 33%.

Со студентами заключено 29 647 договоров аренды жилья, где проживают в общей сложности 44 462 студент.

Владельцы имущества, которое сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы превысила 23,6 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?

‼️Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati – E-ijara ijara.soliq.uz saytida ishlamoqda.

🗝Tizimga ERI (elektron raqamli imzo) kaliti yordamida kiriladi.

Ijara shartnomasini hisobga qo‘yish oynasi uchta asosiy bo‘limdan iborat:

🔹Ijaraga beruvchi to‘g‘risida maʼlumot;
🔹Ijaraga oluvchi to‘g‘risida maʼlumot;
🔹Ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida maʼlumot.

ERIdan foydalangan holda tizimga kirgandan so‘ng “Ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida ko‘chmas mulk egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Ijaraga oluvchi:
👉yuridik shaxs bo‘lsa, STIR kiritiladi;
👉jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIR kiritiladi.

Ijaraga oluvchi haqidagi boshqa ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.

✍🏻Ijaraga beruvchi/oluvchi telefon raqamini va faoliyat yoki yashash manzilini boshqa hududda bo‘lsa, qo‘lda kiritish mumkin.

Ijaraga olingan ko'chmas mulk bo'limida ro'yxatdan o'tgan obyektning kadastr raqamini ochiladigan ro'yxatdan tanlash lozim.

♻️Tizim Kadastr agentligi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan. Shuning uchun mulk joylashgan hudud, tuman, manzil va umumiy maydoni ko‘rsatilgan qatorlar avtomatik shakllanadi.

⚠️Ijara holati (to‘liq, qisman) va mulkdan foydalanish maqsadi ko‘rsatilishi majburiy.

👉Agar ijara qisman bo‘lsa, ijaraga olingan maydon ko‘rsatilishi shart.

Tasdiqlash uchun yuborilgan ma’lumotlar quyidagicha aks etadi:

• IJARAGA BERUVCHIda – “Ijaralar ro‘yxati” oynasi ➡️ “Chiquvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”;

• IJARAGA OLUVCHIda - “Ijaralar ro‘yxati” oynasi ➡️ “Kiruvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”.

👉Agar IJARAGA OLUVCHI ushbu ma’lumotni tasdiqlasa, ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida maxsus QR-kodli Guvohnoma shakllanadi.

Ijara sanasining boshlanishi ro‘yxatga qo‘yish sanasidan boshlab 10 kun avvalgi sanadan oshib ketmasligi lozim.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Toshkent viloyati soliq organlarida 35 mingdan ortiq ijara shartnomalari ro‘yxatga qo‘yildi.

☑️2023-yil 1-iyun oyi holatiga Toshkent viloyatida hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalari soni 35 431 tani tashkil etadi.

🔸Xususan, jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan 19 ming 321 ta ijara shartnomalari asosida 24,5 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblanib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan hisoblangan daromad soligʻi summasi 10,0 mlrdga oshgan.

🔺Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 16 ming 110 ta ijara shartnomalari asosida 32,3 mlrd sum daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 15,4 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 24,2 foiz oshgan.

‼️Eslatib o‘tamiz,O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 159-moddasiga asosan, fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
#savol_javob
#Aksiz_soligi

Savol: - Aksiz solig`i to`lovchilari kimlar?

🔰Javob:
- Aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aktsiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar, aktsiz solig‘i solinadigan (aktsiz to‘lanadigan xizmatlar) mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchilar, benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste'molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shohobchalari orqali realizatsiya qilishni hamda gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shohobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar.
#markirovka

Qiymati 1 mlrd soʻmdan ortiq alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi oldi olindi

2023-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan tekshirishlarda umumiy qiymati 1,2 mlrd so‘mga teng alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi.

Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 397 ta tadbirkorlik subyekti va fuqarolarda jami 42 962 dona 725,7 mln soʻmlik aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, tegishli hujjatlarsiz hamda markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi.
Xususan:
- 335 ta tadbirkorlik subyektida 30 087 dona 600,8 mln soʻmlik;
- 62 nafar
fuqaroda 12 875 dona 124,9 mln soʻmlik noqonuniy alkogol mahsuloti savdodan olindi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 286 ta tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan savdoga qoʻyilgan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 39 680 quti 450,1 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi:
- 33 ta chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik subyektidagi 15 206 quti 212,3 mln soʻmlik;
- 253 nafar
fuqarodagi 24 474 quti 237,7 mln soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlari savdodan olindi.

👉Soliq hamkor orqali noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin
___________
#маркировка

Пресечен незаконный оборот алкогольной и табачной продукции стоимостью более 1 млрд сумов

В ходе проверок, проведенных в январе-июне 2023 года, выявлена незаконная торговля алкогольной и табачной продукцией на общую сумму 1,2 млрд сумов.

У 397 субъектов предпринимательства и граждан, осуществляющих реализацию алкогольной продукции, предотвращена незаконная продажа 42 962 единиц алкогольной продукции на сумму 725,7 млн сумов без акцизных марок, с акцизными марками старого образца и поддельными акцизными марками, без соответствующих документов, а также без цифровой маркировки.

В частности, изъята нелегальная алкогольная продукция:
- у 335 субъектов предпринимательства 30 087 единиц на сумму 600,8 млн сумов;
- у 62
граждан 12 875 единиц на сумму 124,9 млн сумов.

У 286 субъектов предпринимательства и граждан, осуществляющих реализацию табачной продукции, предотвращена незаконная продажа 39 680 пачек табачной продукции на сумму 450,1 млн сумов без акцизных марок, а также без цифровой маркировки:
- у 33 субъектов предпринимательства, осуществляющих розничную торговлю 15 206 пачек на сумму 212,3 млн сумов;
-
у 253 граждан 24 474 пачек на сумму 237,7 млн сумов.

👉Подать обращение о незаконной торговле алкогольной и табачной продукцией можно через систему "Налоговый партнер"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inson_qadri_uchun

Daftardagi oilalarga uzoq muddatli kredit va subsidiya asosida yangi, arzon uy-joylar taqdim etilmoqda.

Tafsilotlar bilan "Oʻzbekiston 24" talakanalining lavhasida tanishamiz.
📊Toshkent viloyatida qaysi sohada yangi korxonalar ko‘proq tashkil etilmoqda?

2023- yilning yanvar-iyun oylarida jami 3 781 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

◽️savdo sohasida – 1 480 ta
◽️sanoat sohasida – 624 ta
◽️qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 372 ta
◽️qurilish sohasida – 243 ta
◽️yashash va ovqatlanish bo‘yicha ◽️xizmatlar sohasida – 312 ta
▫️tashish va saqlash sohasida – 130 ta
▫️axborot va aloqa sohasida – 100 ta
▫️sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida –55 ta
▫️boshqa sohalarda – 465 ta
#markirovka

Qiymati 1 mlrd soʻmdan ortiq alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi oldi olindi

2023-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan tekshirishlarda umumiy qiymati 1,2 mlrd so‘mga teng alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi aniqlandi.

Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 397 ta tadbirkorlik subyekti va fuqarolarda jami 42 962 dona 725,7 mln soʻmlik aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, tegishli hujjatlarsiz hamda markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi.
Xususan:
- 335 ta tadbirkorlik subyektida 30 087 dona 600,8 mln soʻmlik;
- 62 nafar
fuqaroda 12 875 dona 124,9 mln soʻmlik noqonuniy alkogol mahsuloti savdodan olindi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi 286 ta tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan savdoga qoʻyilgan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 39 680 quti 450,1 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi:
- 33 ta chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik subyektidagi 15 206 quti 212,3 mln soʻmlik;
- 253 nafar
fuqarodagi 24 474 quti 237,7 mln soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlari savdodan olindi.

👉Soliq hamkor orqali noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin
___________
#маркировка

Пресечен незаконный оборот алкогольной и табачной продукции стоимостью более 1 млрд сумов

В ходе проверок, проведенных в январе-июне 2023 года, выявлена незаконная торговля алкогольной и табачной продукцией на общую сумму 1,2 млрд сумов.

У 397 субъектов предпринимательства и граждан, осуществляющих реализацию алкогольной продукции, предотвращена незаконная продажа 42 962 единиц алкогольной продукции на сумму 725,7 млн сумов без акцизных марок, с акцизными марками старого образца и поддельными акцизными марками, без соответствующих документов, а также без цифровой маркировки.

В частности, изъята нелегальная алкогольная продукция:
- у 335 субъектов предпринимательства 30 087 единиц на сумму 600,8 млн сумов;
- у 62
граждан 12 875 единиц на сумму 124,9 млн сумов.

У 286 субъектов предпринимательства и граждан, осуществляющих реализацию табачной продукции, предотвращена незаконная продажа 39 680 пачек табачной продукции на сумму 450,1 млн сумов без акцизных марок, а также без цифровой маркировки:
- у 33 субъектов предпринимательства, осуществляющих розничную торговлю 15 206 пачек на сумму 212,3 млн сумов;
-
у 253 граждан 24 474 пачек на сумму 237,7 млн сумов.

👉Подать обращение о незаконной торговле алкогольной и табачной продукцией можно через систему "Налоговый партнер"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Viloyatda tadbirkorlar va eksportyorlar bilan ochiq muloqotlar boshlandi

🌐BATAFSIL
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#aksiz_marka

Alkogol va tamaki maxsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalar joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, 2023-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol va tamaki mahsulotlari uchun yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi. (VMQ-313 26.07.2023 yil)

▪️Yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab:
▫️ ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda alkogol va tamaki maxsulotlarini ishlab chiqarishda (import kilishda) eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga hamda ular bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi;
▫️yangi namunadagi aksiz markalarini xarid qilish uchun faqat import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda “Davlat belgisi” DUKga murojaat qilishlari mumkin.
▫️ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar uchun belgilangan muddatdan keyin 12 oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda savdodan olinadi.

🗓 Aroq mahsulotlarining saqlash va yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil ravishda 24 oygacha, Sog‘likni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda 24 oydan ortiq etib belgilanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bekobod tumanida tadbirkorlar va eksportyorlar bilan ochiq muloqotlar bo’lib o’tdi.

📍Ochiq muloqot davomida Bekobod tumani hokimi hamda soliq inspeksiyasi boshlig‘i tadbirkorlarni qiynayotgan muammo va takliflar bilan qiziqdi. Turli masalalarga oid murojaatlar va ularning yechimi borasida bir qator takliflar oʻrtaga tashlandi.

📈Hududlarda ularning muammolarini oʻrganish va hal qilish boʻyicha tuman mas’ullaridan iborat ishchi guruhlar tuzilib, individual masalalarni joyida hal etish choralari koʻrilishi, bojxona imtiyozlari, logistika, kreditlash, subsidiya, soliq ma’murchiligi, qurilish va inftratuzilmasini yaxshilash, investitsiya va eksport, import masalalari koʻrib chiqilishi takidlandi.

⚡️Muloqot so’ngida tadbirkorlarga "Tadbirkor virtual ofisi" axborot portali, "Call-markaz" , ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali yoʻllanayotgan murojaatlar ham qat’iy nazoratga olinganligi eslatib o’tildi.