Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.2K photos
1.66K videos
111 files
3.75K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Soliq ma’murchiligi xalqaro ekspertlar nigohida.

🔰Mamlakatimizda mehmon bo‘layotgan (XVJ) Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va (OTB) Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari bugun Oqqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasida bo‘lib, O‘zbekiston soliq maʼmurchiligini takomillashtirish yo‘lida olib borilayotgan izchil ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida oʻzaro takliflar almashinib, soliq sohasini yanada takomillashtirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

☑️Shuningdek, xalqaro ekspertlar Oqqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi faoliyati va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, yoʻlga qoʻyilgan elektron hujjat almashishi avtomatlashtirilgan ishlash tizimi bilan tanishtirildi va barcha savollarga soliq tizimi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
📊Toshkent viloyatining qaysi hududida xususiy korxonalar ko‘proq joylashgan?

⚪️2023-yilning 1-iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona
va tashkilotlar soni 44 343 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 327 tani tashkil qildi (ulushi 9,8 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

🟤Zangiota tumani – 395 ta
🟤Toshkent tumani – 352 ta
🟤Qibray tumani – 328 ta
🟤Chirchiq shahri – 314 ta

⚪️Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

🔵savdo sohasida – 2 068 ta
🔵sanoat sohasida – 586 ta
🔵yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 421 ta
🔵boshqa turlar – 503 ta
🔵qurilish– 227 ta
🔵qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 218 ta
🔵sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 167 ta
🔵axborot va aloqa – 65 ta
🔵tashish va saqlash – 69 t
a
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi soliqlardan ozod etildi

Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritildi.

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi, Professional futbol klublari:

✔️barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliq tashqari);

✔️O‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilari daromadidan to‘lanadigan JShODSdan;

✔️O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan

▫️sport asbob-uskunalari va inventari,
▫️translyatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar,
▫️inventar va texnika,
▫️farmakologiya tovarlari,
▫️sport oziq-ovqatlari,
▫️futbol (futzal) maydonlari uchun sunʼiy o‘tlar,
▫️shokpad,
▫️granulalar,
▫️maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari,
▫️transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun QQSdan ozod etiladi.

👉 O‘RQ–857, 18.07.2023 y

Qonun rasmiy e'lon qilindan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident topshirig‘i amalda.

🔰Joriy yilning 11-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom fikrlashlariga zamin yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Toshkent viloyatida mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash uchun 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular uch toifaga ajratildi. Bunda yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan yosh “yaxshi” toifaga, turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol yigit-qizlar “o‘rta” toifaga, davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj yoshlar “ahvoli og‘ir” toifaga ajratib olindi.

☑️Uchinchi toifadagi 30 nafardan e’tiborga muhtoj yosh viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlariga nomma-nom biriktirilib, ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ish tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

📍Jumladan, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Pirnazarovga Bo‘stonliq tumanidan 30 nafar “qizil” toifadagi imkoniyati cheklangan yoshlar biriktirildi. Kuni kecha boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bo‘stonliq tumanida bo‘lib, “qizil” toifadagi imkoniyati cheklangan yoshlar yashaydigan har bir xonadonni borib o‘rgandi. Ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, muammolarini tingladi.

📊Shuningdek, ularga zarur 7 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ham tarqatdi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
📊Ijara xizmatlari

〽️2023- yil yanvar-may oylarida Tokshent viloyatida ijara xizmatlari hajmi 37,7 mlrd. so‘mga oshib 321,4 mlrd. so‘mga yetdi va o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 104,3 % ga yetdi.
Солиқ бўйича 10 саволга 10 жавоб

Бугун кўпчиликда солиқ тизими юзасидан савол мавжуд. Қуйида муҳим саволларга жавобларни илиндик.

1️⃣ Савол: Меҳнатга лаёқатсизлик кунлари учун тўланадиган тўловдан даромад солиғи ундириладими?
Жавоб

2️⃣ Савол: Ўзимнинг ҳовлимда помидор етиштираман. Етиштирилган ҳосилни маҳалламдаги кўчада сотсам, мен қанча ва қандай солиқ тўлайман?
Жавоб

3️⃣ Савол: Юридик шахс қайта ташкил этилганда солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар қандай тўланади?
Жавоб

4️⃣ Савол: Агар фуқаро асосий иш жойидан ташқари, яна қўшимча равишда 2 та ташкилотда ишласа, ушбу ҳар учта ташкилотдан оладиган иш ҳақидан 12 фоизлик ставкада жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи ҳисобланаётган бўлса, у жами йиллик даромадлари ҳақида солиқ идорасига декларация топшириши шартми?
Жавоб

5️⃣ Савол: Ипотека кредитига олинган мол-мулк сотилса, кредит ва фоизлар учун даромад солиғи тўланадими?
Жавоб

6️⃣ Савол: Ходимнинг 26 ёшга кирмаган фарзанди олий ўқув юртига суперконтракт асосида ўқишга кирса, ЖШДСдан имтиёз қўллаш мумкинми? Суперконтракт суммаси катта эканлиги бу имтиёзни қўллашга тўсқинлик қилмайдими?
Жавоб

7️⃣ Савол: Солиқнинг ортиқча тўланган суммасини қайтариб олиш мумкинми?
Жавоб

8️⃣ Савол: Кимларга мол-мулк солиғи бўйича имтиёзлар берилган?
Жавоб

9️⃣ Савол: Болалари хусусий мактаб ва боғчага борадиган ота-оналарга қандай солиқ имтиёзи бор?
Жавоб

🔟 Савол: Кредит уюшмасига маблағ қўйилган тақдирда олинадиган фоиз ва бошқа даромаддан қандай ставкада солиқ тўланади?
Жавоб

💬Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Jismoniy shaxslarning 970 mlrd so‘mdan ortiq qarzi hisobdan chiqarildi

2023-yil 14-iyundagi PQ-192-son qarorga asosan 5,4 mln nafar jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer solig‘i qarzdorligi uchun hisoblangan 501,9 mlrd so'm penya hisobdan chiqarildi.

457,5 mingta yakka tartibdagi tadbirkor uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisoblangan 476,8 mlrd so‘m soliq qarzi, penya va jarimalar hisobdan chiqarildi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida 1 013 ta tadbirkorlik subyektlariga 613,9 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati berildi.
👉Soliqlarni kechiktirish yoki bo'lib to'lash bo'yicha videoqo'llanma

👆Hududlar kesimida batafsil maʼlumotlar infografikada.
____________
#цифровизация #налоговая_задолженность

Списано более 970 млрд сумов задолженности физлиц

Cогласно № ПП-192 от 14.06.2023 г. 5,4 млн физических лиц списаны пени, начисленные физлицам по неоплаченной в срок задолженности по налогам на имущество и землю в размере 501,9 млрд сумов.

У 457,5 тыс. индивидуальных предпринимателей списано 476,8 млрд сумов налоговой задолженности, пени и штрафов по налогу на доходы физических лиц и социальному налогу.

Кроме этого, за прошедший период этого года 1 013 организациям предоставлена возможность изменения сроков уплаты налогов на сумму 613,9 млрд сумов.
👉Видеоинструкция по отсрочке или рассрочке уплаты налогов

👆Подробная информация в разрезе регионов в инфографике.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-iyul

iyun oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- agar iyun oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism);

- soliq bazasi mavjud boʻlgan davrda foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻining hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454(7)-modda 2-3 qismlar);

- foyda soligʻi hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 339-modda 5-qism).
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 июля 2023 года последний день

за июнь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в июне были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за
пользование недрами
(ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

- уплаты и представления отчетности по специальному рентному налогу на добычу полезных ископаемых в период наличия налоговой базы
(ч.2-3 ст. 454(7) Налогового кодекса);

- уплаты и представления отчетности по налогу на
прибыль
(ч.5 ст.339 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads