Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12K photos
1.64K videos
108 files
3.64K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#hamkorlik

XVJ va OTB missiyasi soliq ma'muriyatchiligiga baho beradi

Soliq qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mutaxassislari rahbarligida Soliq ma’muriyatchiligini diagnostik baholash vositasi (TADAT) missiyasi o‘tkazilmoqda.

▫️Iyun oyida soliq organlari xodimlari uchun soliq ma'muriyatchiligini diagnostika baholash vositasidan foydalanish bo'yicha o'quv seminari o'tkazilgan
▫️Aprel oyida XVJ missiyasi soliq xavflarini boshqarish tizimini oʻrgangan

👉Batafsil
_______________
#сотрудничество

Миссия МВФ и АБР проводит оценку налогового администрирования

С 10 по 26 июля в Налоговом комитете под руководством специалистов Международного валютного фонда (МВФ) и Азиатского банка развития (АБР) проходит Миссия по Диагностической оценке налогового администрирования (TADAT).

▫️В июне для сотрудников налоговой службы проводился семинар-тренинг по применению инструмента диагностической оценки налогового администрирования
▫️В апреле миссия МВФ
изучила систему управления налоговыми рисками

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊Toshkent viloyatida 38 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

☑️2023- yil 1- iyul holatiga Toshkent viloyatida tashkil etigan yangi tadbirkorlik sub’yektlari soni 3 681 tani tashli qildi va o‘sish sur’ati 100,4 %ga yetdi.

📌Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari soni 2023- yil 1- iyul holatiga 38,4 mingtaga yetib, 2019- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 130,1 %ni tashkil etdi. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha bo‘ldi: eng past ulushi qurilishda – 7,4 %, axborot va aloqada – 1,4 %.

♻️Hududlar kesimida ehg ko‘p
Zangiota tumanida 4 393 ta
Qibray tumanida 3 432 ta,
Toshkent tumanida 2 722 ta
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritib kelmoqda.
#EHF

EHF to‘ldirish soddalashtirilmoqda

Soliq to‘lovchilarga xizmat koʻrsatishda amalga oshirilayotgan konstruktiv muloqotlar jarayonida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) rasmiylashtirishda “Yetkazib beruvchi toifasi” hamda “Realizatsiya maqsadi”ni tanlash talabi chiqarib tashlanmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga teng raqobat sharoitini yaratish, jumladan ichki bozorni himoyalashga qaratilgan tegishli qarorlarni qabul qilishda zarur axborotlarni toʻplash, tahlil qilish natijasi bilan tadbirkorlik subyektlariga manzilli yengilliklar qoʻllashda foydalanish uchun EHF “Tovarning kelib chiqish” ustunida IXTIYORIY RAVISHDA quyidagilardan birini tanlash soʻralmoqda:
🔹Oʻzi ishlab chiqargan;
🔹Oldi-sotdi;
🔹Xizmat koʻrsatish;
🔹Ishtirok etmayman.
Bunda, soliq toʻlovchi tovarni oʻzi ishlab chiqargan boʻlsa “Oʻzi ishlab chiqargan”, xarid qilingan mahsulotni sotayotgan boʻlsa “Oldi-sotdi”, kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni koʻrsatishni istamasa “Ishtirok etmayman” qatorini tanlashi mumkin.

EHFda koʻrsatilgan MXIK xizmatlarga tegishli boʻlsa “Tovarning kelib chiqishi” ustunida “Xizmat koʻrsatish” soʻzi avtomatik tarzda aks etadi.

Mazkur ustunni ixtiyoriy to‘ldirish 2023-yil 14-iyuldan boshlanib, amaliyotda ishtirok etish yoki etmaslik EHF shakllantirish va joʻnatishda hech qanday cheklovlarni keltirib chiqarmaydi.

Soliq qoʻmitasi teng raqobat sharoitini yaratish va tadbirkorlik subyektlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga hissa qoʻshishlari uchun soliq toʻlovchilarni ushbu jarayonda faol ishtirok etishlarini soʻraydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol: - Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar kimlar hisoblanadi?

Javob
: - Soliq kodeksining 59-moddasiga muvofiq, quyidagi sohalarda faoliyat ko’rsatuvchi yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kiradi:

👩‍🔬tegishli litsenziya asosida tibbiyot muassasalari tomonidan ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar (bundan kosmetologiya xizmatlari mustasno);

👩‍🏫ta’limga oid xizmatlar, shu jumladan testlar va imtihonlar o’tkazishni tashkil yetish;

🧑‍🎓ilm-fan sohasidagi vakolatli organ tomonidan akkreditatsiya qilingan ilmiy va (yoki) ilmiy-texnikaviy faoliyat sub'yektlari tomonidan fan sohasida amalga oshiriladigan faoliyat (shu jumladan ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, muallif tomonidan ilmiy-intellektual mulkdan foydalanish, jumladan uni realizatsiya qilish);

🏆sport sohasidagi xizmatlar;

👩‍🦼bolalarni, keksalarni va nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning ijtimoiy ta’minoti sohasidagi xizmatlar.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#soliq_tekshiruvi

Joriy yilning birichi yarmida soliq huquqbuzarliklari haqida 68 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan

2023-yil yanvar-iyun oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 68 129 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹63 548 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹2 755 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹128 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹1 698 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 38 867 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 25 623 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yilning I yarmida 26 988 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 13,5 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
__________
#цифровизация
#налоговая_проверка

За первое полугодие было направлено более 68 тысяч обращений о налоговых правонарушениях

В январе-июне 2023 года через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq поступило 68 129 обращений о налоговых правонарушениях.
Из них:
🔹63 548 обращений о невыдаче чека;
🔹2 755 обращений об отказе принять к оплате пластиковую карту;
🔹128 обращений о завышении цены товара при оплате пластиковой картой;
🔹1 698 обращений о других видах правонарушений.

Отклонено 38 867 обращений, которые либо являются повторными, либо в отношении субъекта предпринимательства, на которого поступила жалоба, уже проводится проверка.

🔍На основании обращений проведены 25 623 выездных налоговых проверок, в 100 % случаев правонарушения подтвердились.

В результате в 2023 году гражданам, сообщившим о налоговых правонарушениях, в 26 988 случаях выплачены вознаграждения (20% от суммы взысканного штрафа) в размере 13,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya #uchrashuv

🔰Korrupsiyaning salbiy oqibatlarini tushuntirish va oldini olish maqsadida “Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

📍Navbatdagi muloqot Toshkent viloyati soliq boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.

☑️Tadbirda Xodimlarni malakasini oshirish markazi professori Boboqul Toshev ishtirok etib, korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berdi.

🔺Muloqot davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot hizmati.
Aholi murojaatlari doimiy e’tiborda.

🔰Bugun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbarlari, 4-sektor mutasaddilarining Bo’ka tumani “Bahmal” mahallasida aholi bilan sayyor qabuli bo’lib o’tdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtayotgan bugungi qabulga 60 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etib, oʻzlarini qiynayotgan turli masalalar boʻyicha murojaat qildilar.

☑️Sayyor qabulda moddiy yordam olish, sog‘liqni saqlash, bandlik, kadastr masalalari bo‘yicha, gaz, elektr, suv, va boshqa masalalar muhokama qilindi.

✔️Uchrashuv davomida aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan 24 ta murojaat kelib tushdi, shundan 15 ta muammo joyida hal etilgan bo‘lsa , 9 ta murojaat ijrosi uchun muddat belgilab berildi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.