Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.7K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#korrupsiya #uchrashuv

🔰Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent  viloyati soliq xizmati organi xodimlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan “Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

📍Bekobod shahar, Bekobod hamda Bo‘ka tumanlari soliq inspeksiyalarida ham korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

☑️Tadbirda so‘zga chiqqanlar poraxo‘rlik, ta’magirlik, mansab mavqeini suistemol qilish bilan bogliq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasida soliq tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berdilar.

⚡️Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlar amal qilishi lozim bo‘lgan odob-axloq normalari tushuntirib o‘tildi.

📌Tadbirda korrupsion holatlarni sodir etish va uning salbiy oqibatlari haqida hikoya qiluvchi "Nafs iskanjasi" nomli video film namoyish etildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov

🇺🇿Barchamiz bir O‘zbekistonmiz🇺🇿

Ko‘p millatli Vatanning teng huquqli fuqarolari o‘z yetakchingizni tanlang!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

QQS guvohnomasini qanday yuklab olish mumkin?

my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kiriladi.

“Xizmatlar” bo‘limidagi “Soliq hisobi” menyusidan “Yuridik shaxslarni QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatga qo‘yish” bandi tanlanadi.

"Yuborilgan arizalar" bo‘limida "Guvohnomani ko'rish" tugmasi bosiladi.

Shundan so'ng ekranda QQS to'lovchi sifatida ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi guvohnoma aks etadi. Hujjatni pdf formatida yuklab olish va QR-kodini skanerlab haqiqiyligini tekshirish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Soliq qo‘mitasiga olti oyda 27 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan

Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida 2023-yil yanvar-iyun oylarida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar 27 972 tani tashkil etdi.

Shundan:
🔹elektron
– 24 454 ta (87,4%);
🔹ogʻzaki – 2 262 ta (8,1%);
🔹yozma – 1 256
ta (4,5%).

📍Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar:
🔸Toshkent shahri – 8 613 ta (30,8%);
🔸Samarqand viloyati – 2 675 ta (9,6%);
🔸Toshkent viloyati – 2 44 ta (8,7%);

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali 5 786 ta murojaat yoʻllangan. Shundan 5 781 tasiga javob berilgan. Yana 5 ta murojaat o‘rganish jarayonida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Call-markaziga iyun oyida yo‘llangan murojaat soni 60 mingdan oshdi

2023-yil iyun oyida
Soliq qo'mitasi Call-markazi (1198)ga 61 213 ta murojaat yo‘llangan.

Soliq to‘lovchilar kesimida:
🔹jismoniy shaxslar – 32 158 tа;
🔹yuridik shaxslar – 27 421 tа;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar – 1 562 tа;
🔹fermer va dehqon xo‘jaliklari – 72 tа.

📍Hududlar kesimida:
📈eng ko‘p Toshkent shahri – 26 705 ta;
📈eng kam Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi – 27 ta.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol:
🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ-192-sonli Qaroriga muvofiq yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga soliq hisoblash tartibida qanday soliq yengilliklari nazarda tutilgan?

Javob:
📍O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ-192-sonli Qarori 5-bandiga muvofiq 2024-yil 1-iyunga qadar yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ining uch karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibini to‘xtatib turish belgilandi.
#Bilganingiz_foyda

Notijorat tashkilotlarni ta’minlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga yo‘naltirilgan maqsadli tushumlarga quyidagilar kiradi:

🔸muassislarning (ishtirokchilarning, a’zolarning) nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilgan badallari, shuningdek fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq deb e’tirof etiladigan xayriyalar;

🔸notijorat tashkilotlar tomonidan bepul olingan tegishli shartnomalar asosida ko‘rsatilgan xizmatlar tarzidagi daromadlar;

🔸ushbu Kodeksda belgilangan tartibda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, uy-joy, bog‘dorchilik, bog‘-tomorqa, garaj-qurilish, uy-joy qurilish kooperativlari yoki boshqa ixtisoslashgan iste’molchilar kooperativlari tomonidan amalga oshiriladigan umumiy mulkni ta’mirlash, mukammal ta’mirlash uchun ularning a’zolari tomonidan zaxira shakllantirishga ajratmalar;

🔸notijorat tashkilotlarga vasiyatnoma bo‘yicha meros tartibida o‘tadigan mol-mulk;

🔸notijorat tashkilotlarning ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan budjet mablag‘lari;

🔸xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun olingan mablag‘lar va boshqa mol-mulk;

🔸kasaba uyushmasi tashkilotlariga kasaba uyushmasi tashkilotlarining ustavlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-madaniy va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun jamoa shartnomalariga (kelishuvlariga) muvofiq kelib tushgan mablag‘lar;

🔸notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikka muvofiq ular tomonidan tuzilgan soliq to‘lovchi bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalardan bepul olingan mablag‘lar;

🔸ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun diniy tashkilotlar tomonidan olingan mol-mulk;

🔸notijorat tashkilotlar tomonidan ular ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun davlat hokimiyati organlarining qarorlariga binoan olingan davlat mulkidan bepul foydalanish huquqi tarzidagi mulkiy huquqlar.
#ijtimoiy_koʻmak
#4_sektor

🔰Nurafshon shahrida ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlarga nogironlik aravachalari tarqatilmoqda

📍Kambagʻallikni qiqartrish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi ҳамда 4-сектор раҳбари tashabbusi bilan "Ayollar daftari" dagi koʻplab xotin-qizlarga elektron yurutmali aravachalar berildi.

☑️Nurafshon koʻchasida yashovchi 1-guruh nogironi Fayzinisa Sattorova, "Xurriyat" MFYda yashovchi Oʻgʻiloy Gʻulomova, "Oybek" MFY fuqarosi Nurxon aya Toʻrayevalar kabi koʻplab xotin-qizlarga ana shunday aravachalar va turli xildagi reablitasiya vositalari taqdim etildi.

📍Bunday chora- tadbirlar xalqimiz orasidagi imkoniyati cheklangan insonlarning oʻz hayotidan rozi holda, farovon turmush kechirishiga zamin yaratadi
.
#MXIK

Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogining yangi imkoniyatlari

Tasnif.soliq.uz sayti optimallashtirildi. Endi unda quyidagi funksiyalar mavjud:

🔹O‘lchov birliklarini MXIKka biriktirish yoki mavjudlarini o‘zgartirish bo‘yicha so‘rovnoma yuborish;

🔹tizimda aniqlangan xatolik to‘g‘risida xabar yuborish;

🔹takomillashtirilgan “Mahsulot kartochkasi” bo‘limidan mahsulot tasnifi, o‘lchov birligi va qadog‘i haqidagi batafsil ma'lumotlarni olish;

🔹Soddalashtirilgan “Ehtimol shuni qidirgansiz” xizmatidan foydalanish;

🔹EHF orqali olingan tovarlar MXIKlarini onlayn-NKT xotirasida saqlanadigan nomenklaturaga o‘tkazish.

☎️Savol va takliflar uchun katalog operatoriga 71-202-32-32 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

👉Batafsil
_____________
#ИКПУ

Новые возможности Единого электронного национального каталога продукции

Оптимизирован сайт tasnif.soliq.uz. Теперь в нем можно:

🔹отправить запрос на привязку единиц измерения к ИКПУ или их изменение;

🔹уведомить о выявленных на сайте ошибках;

🔹получить подробную информацию о товарах, их классификации, единицах измерения и упаковках в усовершенствованном разделе «Карточка товара»;

🔹воспользоваться улучшенным сервисом “Возможно вы искали это”;

🔹переносить ИКПУ товаров, оприходованных по ЭСФ, в номенклатуру, хранящуюся в памяти онлайн-ККТ, для последующей реализации.

☎️По вопросам и предложениям обращайтесь к оператору Каталога по телефону 71-202-32-32.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-iyul

iyul oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

iyun oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
_______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️10 июля 2023 года последний день

за июль:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и
общепита*
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса);

за июнь:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Joriy yil boshidan 96 % soliq to‘lovchi majburiyatlarini ixtiyoriy bajardi

2023-yil yanvar-iyun oylarida respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 96 %ga yetdi.

Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich Toshkent shahri va yirik soliq to‘lovchilarga tegishli – 97%
;
📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona, Namangan, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlari – 96%;
📍Buxoro viloyati – 95%;
📍Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari – 94%.

Soliq turlari kesimida:
🔸Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 100%;
🔸JShODS - 99%
🔸Foyda va QQS - 97%;
🔸AOS, aksiz va mol-mulk soliqlari – 96%;
🔸Yer solig‘i - 93%;
🔸Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 90%.
__________
#цифровизация #налоговые_поступления

96% налогоплательщиков добровольно исполнили налоговые обязательства с начала года

В январе-июне 2023 года добровольное исполнение налоговых обязательств юридическими и физическими лицами в масштабах республики достигло 96%.

В этом отношении лучший показатель в городе Ташкенте и у крупных налогоплательщиков - 97%;
📍в Каракалпакстане, Андижанской, Сурхандарьинской, Самаркандской, Ферганской, Наманганской, Хорезмской, Навоийской и Ташкентской областях – 96%;
📍в Бухарской области – 95%;
📍в Джизакской, Кашкадарьинской и Сырдарьинской областях – 94%.

В разрезе видов налогов:
🔸По налогу за пользование недрами – 100%;
🔸По НДФЛ - 99%;
🔸По налогу на прибыль и НДС - 97%;
🔸По налогу с оборота, акцизному налогу и налогу на имущество - 96%;
🔸По земельному налогу - 93%;
🔸По налогу за пользование водными ресурсами - 90%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊Ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 63 664 tani tashkil qildi

Toshkent viloyati 2023 -yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 63 664 tani tashkil qilib, ayni kunda shundan 44 611 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hozirda viloyatda yangi tashkil etigan korxona va tashkilotlar soni 3 251 taga yetdi va 2022 -yilning mos davriga nisbatan 101 taga ko‘paygan. Shundan sezilarli darajada ko‘paygan sohalar: savdoda – 536 ta, sanoatda – 1 252 ta va boshqa turlarda – 392 ta

Yangi tashkil etigan korxona va tashkilotlar soni 2018-yilning mos davri bilan solishtirilganda 829 taga ko‘paygan.