Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.71K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#solishtirima_dalolatnoma

My3.soliq.uz da solishtirma dalolatnoma va shaxsiy kartochka

Elektron soliq xizmatlari portalining yangi talqiniga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan solishtirma dalolatnoma va shaxsiy kartochkalar endi my3.soliq.uz saytida shakllantirilmoqda.

Interaktiv xizmatdan foydalanishning 2 usuli bor:

1. My.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YShlarning solishtirma dalolatnomalari” xizmatiga kiriladi. “Shaxsiy kartochka” va “Solishtirma dalolatnoma” qismida joylashgan ko‘k rangli oynadagi tegishli havolalar orqali my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga o‘tiladi (avtorizatsiyadan o‘tish talab etilmaydi).

2. My3.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kiriladi. “Xizmatlar” oynasidagi “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida “Yuridik shaxslarning soliqlari bo‘yicha solishtirma dalolatnomalari”ga o‘tiladi.

“Shaxsiy kartochka” bo‘limida ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha hudud va tuman aks ettiriladi. Kerak bo‘lsa, boshqa hudud va tuman hamda yil, soliq turi va jadval shaklini (“Qisqa” yoki “To‘liq”) tanlab, “Ko‘rsatish” tugmasi bosiladi.
Quyida ochilgan jadvalda ko‘rsatilgan soliq turi va davri bo‘yicha barcha kerakli ma’lumotlar shakllanadi. Uni Excel formatda yuklab olish mumkin (ma’lumot avtomatik ko‘rinmasa, “Yangilash” tugmasini bosish lozim).

“Solishtirma dalolatnoma” bo‘limida ham ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha hudud va tuman aks ettiriladi. O‘lchov birligi hamda sana belgilanib, “Ko‘rsatish” funksiyasi tanlanadi.
Quyida ochilgan jadvalda, ko‘rsatilgan sanaga solishtirma dalolatnoma shakllanadi. Agar ma’lumot avtomatik aks etmasa, “Shakllantirish” tugmasini bosish lozim. Solishtirma dalolatnomani pdf yoki Excelda yuklab olish mumkin.

Agar hududdagi soliq majburiyatlari o‘zgarsa, yoki yangi majburiyatlar yuzaga kelsa, ular bo‘yicha shaxsiy kartochka va solishtirma dalolatnoma yaratish uchun "Hududni yangilash" tugmasi bosiladi.

Ish jarayonida natijaga ta’sir qilmaydigan kichik o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#sayyor_qabul

♻️ Bekabod shahri Navro‘z MFY da aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔺Qabul jarayonida 40 nafar fuqaro hamda tadbirkorlardan jami 22 ta masalalar bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

✔️Uchrashuvda Bekobod shaxar Уoshlar ishlari agentligi xodimlari ham ishtirok etdi.

📌Ochiq muloqot moddiy yordam olish, sog‘liqni saqlash, bandlik, kadastr masalalari bo‘yicha, elektr, suv va boshqa masalalarda o'nga yaqin masalalar muhokama qilindi.

❇️Murojaatlarning 3 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 4 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun nazoratga olindi.

✍️Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol: Ish davri davomida malaka oshirish uchun nodavlat tashkilotlariga yo‘naltirilgan ish haqimdan daromad solig‘i to‘lanadimi?

Javob:Soliq to‘lovchining soliq davri davomida qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga (kursni tugatganlik to‘g‘risida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lganda) to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, BHMning 8 baravarigacha (2 mln 640 ming so‘mgacha) bo‘lgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Aholi murojaаtlari e’tiborda.

📌So‘ngi yillarda xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha tamomila yangi tizimga asos solindi.

⚡️Birgina soliq xizmati organlariga tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan turli masalalarda bildirilgan murojaatlar 24 soat davomida uzluksiz ravishda qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar aniq, qonuniy va tezkorlik bilan hal etilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlariga 2023 -yil 1-iyun holtiga ko‘ra jami 34 ming 821 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:

💻 31 ming 399 tasi elektron;

💬 2 ming 639 tasi og‘zaki ravishda yo‘llangan.

‼️Bugungi kungacha murojaatlarning

✔️19 ming 93 tasi ijobiy hal etilgan,

🔹279 tasida keltirilgan holatlar tasdiqlanmasdan rad etilgan,

🔎1278 tasi ko`rib chiqish jarayonida.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
🔰2023-yil may oyida Toshkent viloyatidan Soliq qo'mitasi Call-markazi (1198)ga 4324 ta murojaat yo‘llangan.
Toshkent viloyatida 117 ta soliq qarzi ko‘p bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari mavjud.

📊2023-yil 1-may holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 mln so‘mdan yuqori) mavjud korxonalar soni 117 ta bo‘lib, ularning jami qarzdorligi -58,7 mlrd so‘m. Shundan 29,9 mlrd so‘mi, ya’ni 50,9 %i soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 10-iyun
dam olish (shanba) kuniga to‘g‘i kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 12-iyunga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
_______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 10 июня - выходной день (суббота), крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 12 июня.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 Налогового кодекса
👉ст.86 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar bilan bog‘liq qanday soliq imtiyozlari bor?

Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq,

Quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQSdan ozod etiladi:

🔹maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga qarash bo‘yicha xizmatlarni;

🔹maktabgacha ta’lim va tarbiya dasturlari doirasida ta’lim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash bo‘yicha xizmatlarni, to‘garaklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni.
_____

Soliq kodeksining 380-moddasiga muvofiq,

Quyidagi jismoniy shaxslar daromad solig'idan qisman ozod etiladi*:

🔹ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar;

🔹ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar.

*Daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (ayni paytda – 1 381 800 so'm).
____

Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq,

🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etiladi.

🔹o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
____

Soliq kodeksining 428-moddasiga muvofiq,

🔹sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar yer solig‘i solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi.
____

Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq,

Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmi quyidagi talablarga javob bersa, soliq to‘lovchilar ijtimoiy soliqni 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi:

🔹bolalar poyabzallarini, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari hamda tagliklarini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 60 foizni tashkil etsa.
#uchrashuv

Kuni kecha, Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i R.Raimov boshchiligida Qibray tumani mutasaddilari, tashkilot rahbar va xodimlari hamda hokim yordamchilari bilan soliq tushumlari yuzasidan kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

💎Yig'lishda Qibray tumani aholisidan mol-mulk soliqlarini undirish, soliq qonunchiligida nazarda tutilgan qarzdorliklarga barham berish bo’yicha olib borilayotgan ishlar hamda byudjetdan ortirilgan mablag’larni sarflanishi tahlil qilinib, kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Axborot xizmati.
#savol_javob

Savol: - Agar jismoniy shaxsga foizli daromadlar to`langan bo`lsa soliq agеnti tomonidan soliqlarni byudjеtga to`lash tartibini tushuntiring.

Javob: - Soliq kodeksining 390-moddasiga muvofiq, to'lov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq to'lovchiga daromadlarni to'lash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan to'lanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadbirkorga_koʻmak

🔰Boʻkalik Soliyevlar oilasi hech qanday mablagʻlarsiz hovlisida terak koʻchati yetishtirishdan boshlab, bugun korxonasining aylanma mablagʻini 30 milliardga yetkazdi.

Ular yetishtirayotgan manzarali daraxtlar 5 oy davomida 10 dan ortiq davlatlarga 1 million dollar evaziga eksport qilindi.

🔴Tafsilotlarni "Oʻzbekiston 24" telekanalining lavhasida
#bilganingiz_foyda

✍️Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha:

🔰Xususiy maktab boshlang‘ich va o‘rta ta’lim sohasidagi ta’lim xizmatlari qismida QQS bo‘yicha imtiyozni qo‘llashga haqli.

⚡️Bolalar dam olish oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida ko‘rsatiladigan, yo‘llanmalar yoki joysiz davolanish uchun beriladigan hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish xizmatlari QQSdan ozod qilinadi.

🔴Lekin maktab - asosiy faoliyati doirasida sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatadigan dam olish tashkiloti emasligi bois, u yozgi bolalar oromgohi xizmatlarini ko‘rsatishdan olgan daromadlariga QQS bo‘yicha imtiyozni qo‘llay olmaydi.

✍️Foyda solig‘i bo‘yicha:

📊Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar foyda solig‘ining nol darajali stavkasini qo‘llaydi. Ta’lim xizmatlari sohasi tashkilotlari ham bunday soliq to‘lovchilar jumlasiga kiradi. Ta’lim tashkiloti uning ta’lim faoliyatidan olingan daromadlari (tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda) jami yillik daromadining kamida 90%ini tashkil etgan taqdirda, ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi deb e’tirof etiladi. Agar ushbu shartga rioya qilinsa, maktab yozgi bolalar oromgohi faoliyati bo‘yicha ham foyda solig‘ining nol darajali stavkasini qo‘llashi mumkin.
#savol_javob

Savol:
Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchisi bo'lgan korxona qurilishi tugallanmagan ob'yektlar sotib olinganda, sotuvchi tomonidan soliq to'lovchiga taqdim etilgan qo'shilgan qiymat solig'i summasini hisobga olishi mumkinmi?

Javob:

O'zbekiston Respublikasi
Soliq kodeksining 266-moddasi 6-qismiga asosan soliq to'lovchi tomonidan asosiy vositalar (shu jumladan o'rnatiladigan asbob-uskunalar), nomoddiy aktivlar va ko'chmas mulk ob'yektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan ob'yektlar sotib olinganda, shuningdek kelgusida o'z asosiy vositalari sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan aktivlarni yaratish uchun tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda sotuvchi tomonidan soliq to'lovchiga taqdim etilgan qo'shilgan qiymat solig'i summasini hisobga olish to'liq hajmda amalga oshiriladi.
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

O‘zbekistonda yuridik shaxslar soni 575 mingdan ortiq

2023-yil 1-iyun holatiga
faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 575 719 taga yetib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 %ga (25 ming) oʻsdi.

📊Sohalar kesimida –

📈oʻsish koʻrsatkichi eng yuqori – TOP-3:
🚚
tashish va saqlash – 11,5% (1,9 mingta);
📡 axborot va aloqa xizmatlari – 9,9% ( 0,9 mingta);
🛒 savdo – 8,2% (12,2 mingta).

📉oʻsish koʻrsatkichi eng past – TOP-3:
🏗qurilish – 1,8% ( 0,6 mingta);
🏭sanoat – 0,9% (0,6 mingta).
🏕qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi – 0,8% (1 mingta);


Hozirda jami yuridik shaxslarning:
🔹25,8 %i savdo sohasida (148,6 mingta);
🔹23,4%i qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasida (134,9 mingta)
faoliyat yuritmoqda.
______
#цифровизация #юридические_лица

В Узбекистане свыше 575 тысяч юридических лиц

По состоянию на 1 июня 2023 года
количество осуществляющих деятельность юрлиц достигло 575 719, что на 4,3% (25 тыс.) выше в сравнении с таким же периодом прошлого года.

📊В разрезе отраслей –

📈ТОП-3 с самыми высокими показателями роста:
🚚
транспортировка и хранение - 11,5% (на 1,9 тыс. 📈);
📡 услуги в области информации и связи – 9,9% (на 0,9 тыс. 📈)
🛒 торговля – 8,2% (на 12,2 тыс. 📈).

📉ТОП-3 с самыми низкими показателями роста:
🏗строительство – 1,8% ( на 0,6 тыс. 📈);
🚚промышленность – 0,9% (на 0,6 тыс. 📈);
🏕сельское, лесное, рыбное хозяйство – 0,8% (на 1 тыс. 📈).

В настоящее время юридические лица осуществляют деятельность:
🔹25,8% в сфере торговли (148,6 тыс.);
🔹23,4% в сфере сельского, лесного и рыбного хозяйства
(134,9 тыс.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EHF
#chek_tahrirlash

Eslatma❗️

Bugun – 12-iyun
may oyida

– amalga oshirilgan operatsiyalar uchun EHF rasmiylashtirishning oxirgi kuni
👉 VMQ-489-son 2-ilova

▶️EHF rasmiylashtirishda yetkazib beruvchi toifasi va realizatsiya maqsadi aniq ko‘rsatilishi lozim

– taqdim etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni
👉 VMQ-255-son

▶️Onlayn-NKT chekini tahritrlash bo‘yicha videoqo‘llanma
___________
#ЭСФ
#корректировка_чека

Напоминаем❗️

Сегодня, 12 июня - последний день за май

оформления ЭСФ по осуществленным операциям
👉Прил.№2 ПКМ №489

▶️При оформлении ЭСФ необходимо указывать категорию поставщика и цель реализации

корректировки чеков онлайн-ККТ
👉ПКМ №255

▶️Видеоинструкция по корректировке чеков онлайн-ККТ

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish

O‘zbekistonda 2023-yil 1-iyun holatiga:

🔹
Yuridik shaxslar soni 575 719 ta

Yuridik shaxslar faoliyat turlari – TOP-3
▫️
savdo;
▫️qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi;
▫️sanoat.

🔹Yakka tartibdagi tadbirkorlar 240 024 ta

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyat turlari – TOP-3
▫️chakana savdo;
▫️hunarmandchilik;
▫️maishiy xizmat koʻrsatish.

Soliq xizmati organlari faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Fiskal tahlillarda kuzatib boring.
_________
#цифровизация

По состоянию на 1 июня 2023 года в Узбекистане:

🔹
575 719 юридических лиц

ТОП-3 сферы деятельности юрлиц:
▫️торговля;
▫️сельское, лесное, рыбное хозяйство;
▫️промышленность.

🔹240 024 индивидуальных предпринимателя

ТОП-3 сферы деятельности индивидуальных предпринимателей:
▫️розничная торговля;
▫️ремесленничество;
▫️бытовое обслуживание.

Следите за информацией о деятельности органов налоговой службы на канале Fiskal tahlillar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM