Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.48K subscribers
13.6K photos
1.9K videos
122 files
4.66K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari

2023-yilning 1-aprel holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 173,7 mlrd so‘mlik 101 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha - 89 mlrd so‘mlik 54 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 84,7 mlrd so‘mlik 47 ta.

Natijada:
▫️ 52,2 mlrd so‘mlik 10 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan (shundan 3,4 mlrd so‘mlik 8 tasi qisman);
▫️ 115,4 mlrd so‘mlik 81 ta murojaat bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️6,1 mlrd so‘mlik 10 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
_________
#цифровизация #обжалование

Итоги практики досудебного урегулирования налоговых споров

По состоянию на 1 апреля 2023 г. Налоговым комитетом в установленном порядке рассмотрена 101 жалоба на общую сумму 173,7 млрд сумов.

Из них:
🔸по налоговым аудитам - 54 жалобы на сумму 89 млрд сумов;
🔸по выездным налоговым проверкам - 47 жалоб на сумму 84,7 млрд сумов.

В результате:
▫️удовлетворено в пользу налогоплательщиков 10 жалоб на сумму 52,2 млрд сумов (из них частично – 8 жалоб на сумму 3,4 млрд сумов);
▫️по 81 жалобе на сумму 115,4 млрд сумов оставлены в силе решения налоговых органов и об этом налогоплательщикам даны соответствующие разъяснения;
▫️продолжается рассмотрение 10 жалоб на сумму 6,1 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida qoʻshimcha hisoblangan va qayta koʻrib chiqish natijasida 3,4 mlrd soʻm soliq summasi bekor qilingan.

📍Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSI – 66,4 mlrd soʻm;
📍Toshkent sh. – 58,1 mlrd soʻm;
📍Samarqand v. – 12,3 mlrd soʻm;
📍Toshkent v. – 3,4 mlrd soʻm;
📍Buxoro v. – 2,3 mlrd soʻm.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasiga “Quyoshli xonadon” xizmati qo‘shildi

🖊 Prezident qarori bilan umumiy quvvati 50 kVt gacha boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga oʻz isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilandi.

📲 Subsidiya har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarga to‘lab beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilar foydasiga:

🔸soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvlari bo'yicha 52,2 mlrd so‘m;
🔸kameral soliq tekshiruvlari boʻyicha 146,5 mlrd so‘m miqdoridagi qarorlar bekor qilindi.
__________
#цифровизация #обжалование

Налоговый комитет отменил в пользу налогоплательщиков решения:

🔸по налоговым аудитам и выездным налоговым проверкам на сумму 52,2 млрд сумов;
🔸по камеральным налоговым проверкам на сумму 146,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iste'molchilarga to‘langan keshbek 1 trln so‘mdan oshdi

🗓Mart oyida 2,2 mln nafarga yaqin iste'molchilar tomonidan 118 mlrd so‘mdan ortiq keshbek yig‘ildi.
Ayni paytda 1,6 mln nafarga yaqin iste'molchiga 76,3 mlrd so‘m to‘lab berildi.

🧮Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun yana 1,2 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

📈Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 79 mlrd so‘mdan oshdi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

🔸soliq hisobotlari topshirilishi;
🔸hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
🔸soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

👉Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etiladi yoki tasdiqlanmaydi

👉Keshbek olishda FACE IDdan o‘tiladi

👉Keshbek tasdiqlanishi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from Fiskal tahlillar
#e_ijara

Soliq organlarida 309 mingdan ortiq shartnomalar hisobga qo‘yilgan

2023-yil 1-aprel holatiga 309 323 ko‘chmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yildi

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 230,5 mingta ijara shartnomsi asosida 33,2 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 26,8% ga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 36,1% ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 78,7 mingta ijara shartnomasi asosida 66,9 mlrd so‘m soliqlar hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 24,3% ga va hisoblangan soliqlar summasi 30,9% ga oshgan.

Talabalar bilan 51 185 ta ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ijarada turuvchi talabalar soni jami 83 154 nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 11,8 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
__________
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 309 тысяч договоров аренды

По состоянию на 1 апреля 2023 года в налоговых органах зарегистрировано 309 323 договоров аренды недвижимого имущества.

На основании 230,5 договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 33,2 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 26,8%, а сумма начисленного налога - на 36,1%.

На основании 78,7 договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 66,9 млрд сумов налогов. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 24,3%, а сумма начисленных налогов - на 30,9%.

Со студентами заключено 51 185 договоров аренды жилья, где проживают в общей сложности 83 154 студентов.

Владельцы имущества, которое сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы превысила 11,8 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

"Tashabbusli byudjet"dan -obod manzillar sari


🔰Zangiota tumani 4-sektorga qarashli “Ibrat” MFY hokim yordamchisi M. Qodirovning saʼy harakatlari bilan “Open byudjet” asosida “Ibrat” mahallasiga kirib kelishda oʻrnatilgan zamonaviy arkdan tortib, koʻchalarga asfalt yotqizilgani mahalla ahliga bamisoli toʻyona boʻldi.

🌈 Bolajonlarning yangi asfalt yoʻlda velosiped va samokatlarni miriqib, xandon otib uchib yurishlari kishiga zavq bagʻishlasa, “Ibrat” mahallasi arkining kechki koʻrinishi ham o'ziga xos joziba kasb etmoqda.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar
ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan qaytarib berish davom ettiriladi.
❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PF-61-son 26.04.2023-yil
______
#новое_в_законодательстве

С 1 мая 2023 года до 1 января 2025 года
работодателям продолжат возмещать из Государственного бюджета суммы социального налога, уплаченного за работников в возрасте до 25 лет.
❗️За исключением бюджетных организаций, государственных предприятий, юрлиц, в уставном фонде (капитале) которых доля государства составляет 50% и более.
👉
УП-61 от 26.04.2023

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#YTT

YTT tomonidan yollangan xodimlari uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilgan

2023-yilgacha yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizini (150 ming so‘m) tashkil etar edi.

2023-yildan mazkur soliq summasi yiliga BHMning bir baravarigacha (300 ming so‘m) kamaytirildi (bundan savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno).

👉PQ‑366 30.08.2022

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#ijtimoiy_soliq

Nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 390 mln so‘mdan ortiq soliq qaytarildi

2023-yil 1-aprel holatiga 80 ta tashkilotga 310 ta ariza asosida nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 390,6 mln so‘m ijtimoiy soliq qaytarildi.

Ish beruvchi ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun qanday murojaat qilishi lozim?

2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-martga qadar
ish beruvchilarga 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi.
❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PQ-57-son 21.12.2021-yil

Ariza topshirish uchun ish beruvchi:

➡️ my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetning “Xizmatlar” qatoridagi “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limidan “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bandini tanlashi lozim.
➡️ Ochilgan oynadan "Nogironlar uchun" bo‘limi tanlanadi.
➡️ Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzili va faoliyat turi) avtomatik shakllanadi.
➡️ Yil va davr (oylar) ko‘rsatilishi lozim.
➡️ Ilovadagi ariza to‘ldiriladi. Jadvalda nogironligi bo‘lgan xodimning JShShIR, soliq stavkasi, oylik maoshi summasi va oy (davr) qo‘lda kiritiladi. Agar ijtimoiy soliq summasini qaytarish arizasi bir necha oy uchun topshirilgan bo'lsa, unda har bir xodim bo‘yicha jadvaldagi qatorlar har oy uchun alohida to'ldirilishi kerak.
➡️ Jadval to‘ldirgandan so‘ng, pastki qatorlarda xodimlarning umumiy soni va qaytarilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy soliq summasi avtomatik hosil bo‘ladi.
➡️ Ish beruvchining bank rekvizitlari ham avtomatik shakllanadi.
➡️ Shundan so‘ng “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. Ariza va uning ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirib, “Arizani yuborish” tugmasini bosish lozim.

Ariza holatini “Yuborilgan arizalar” bo‘limida ko‘rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Toshkent xalqaro investitsiya forumi yangi biznes imkoniyatlarini kashf etadi

Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida II Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur forumning yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida barcha ishtirokchilarni qutlab, bu forum ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga, yangi biznes imkoniyatlarini kashf etishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Jumladan, qulay fiskal tizim yaratildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12 foizga tushirildi. Xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan dividendlar 3 yil muddatga foyda soligʻidan ozod qilindi. Muhimi – soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki ogʻirlashtiruvchi javobgarlik choralari kiritilmasligi qatʼiy belgilab qoʻyildi.

Anjumanda 70 mamlakatdan 2 ming 500 ga yaqin biznes va moliya sohasi vakillari ishtirok etmoqda. Forum doirasida xorijlik sheriklarga Oʻzbekiston hududlarining investitsiya salohiyati va 160 dan ortiq yirik loyihalar taqdimot qilinadi. Investitsiya va savdo bitimlarini imzolash marosimlari boʻladi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi 28-aprel kuni yakunlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter