Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.52K subscribers
12.1K photos
1.65K videos
110 files
3.7K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
#Kun_tarixi

📌Bugun, 9-aprel buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

“Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir ”.

“Temur tuzuklari”dan
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 10-aprel

mart oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-
qism);

aprel oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan
mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy
toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq
xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik
summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 10 апреля 2023 года последний день

за март:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за апрель:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не
являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к
плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

Mol-mulk soligʻidan alohida berilgan imtiyozlar

▪️Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy‑joylar qurilishi Dasturi doirasida 2020-yil 1-iyulgacha shartnoma imzolagan jismoniy shaxslar, ipoteka kreditini toʻlab boʻlmagunga qadar, xarid qilingan uy‑joylar boʻyicha mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilingan.
👉 PQ‑1902 04.01.2013 4-band;

▪️“2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida 2020-yil 1-iyulgacha “Ipoteka bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar sotib olingan kvartiralar boʻyicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar) mol-mulk soligʻidan ozod qilingan.
👉PQ-2660 17-bandi “a” kichik bandi 22.11.2016-yil.

Jismoniy shaxslar imtiyozdan foydalanish uchun soliq imtiyoziga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ikki usulda taqdim etishi mumkin:
▫️my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati orqali;
▫️ ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga mustaqil ravishda shaxsan taqdim etish orqali.

Eslatib o‘tamiz. jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘laydi.
👉Soliq kodeksi 423-modda

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_mobil_ilovasi
#Turizm_uchun_keshbek

🏕“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida “turizm uchun keshbek” platformasi ishga tushirilgan. Shunga ko‘ra, mahalliy sayyohlar respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun sarflangan xarajatlarning 15-50 foizini qaytarib olishlari mumkin.

🛺Sarflangan mablag‘larni hisobga olish uchun foydalanuvchilar transport va joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanganlik hamda madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurganlik uchun berilgan cheklarni “Soliq” mobil ilovasi (QR-kodini) skanerlashi kerak.

✔️Barcha cheklar skanerlangandan so‘ng, to‘plangan keshbek summasi avtomatik tarzda hisobga olinadi va belgilangan muddatda ishtirokchining shaxsiy bank kartasiga o‘tkaziladi.
#JShODS
#deklaratsiya

Fuqarolar qanday holatda o'z ko'chmas mulkini sotishdan olingan daromaddan soliq to'laydi?

Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylar;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylar.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay (Soliq kodeksining 397-moddasi), jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim. (Soliq kodeksining 398-moddasi)

My.soliq.uz” saytidan jami daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12%.
👉Soliq kodeksining 381-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #murojaatlar

Call-markaziga mart oyida Тошкент viloyatidan 8 mingdan ortiq murojaat yo‘llandi.

📌 2023-yil mart oyida Soliq qo'mitasi Call-markazi (1198)ga respublika bo‘yicha 79 645 ta murojaat yo‘llangan.
2023-yilning yanvar oyida xonadonimga quyosh paneli o‘rnatganman. Menga soliqlardan qanday imtiyozlar bor?

Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi. Agar xonadoningiz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan bo‘lsa, siz yuqorida qayd etilgan imtiyozlardan foydalana olasiz.

❗️Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida beriladi.
(Soliq kodeksi 421- va 436-modda)
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari
Joriy yil boshidan Toshkent viloyati soliq to‘lovchilarining 95 %i majburiyatlarini ixtiyoriy bajardilar.

2023-yil yanvar-mart oylarida respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 95 %ga yetdi.

📍Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich Nurafshon shahri, Chirchiq shahri, Bo‘stonliq tumanlari – 97%;
📍Zangiota, Qibray, Toshkent, Parkent tumanldari va Olmaliq , Angren shaharlari – 96%;
📍Yuqorichirchiq, Oqqo‘rg‘on, O‘rtachirchiq Yangiyo‘l tumanlari va Bekobod shahri – 95%.

Soliq turlari kesimida:
🔸Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 99%;
🔸JShODS - 98%
🔸Aksiz va Mol-mulk soliqlari – 98%;
🔸Foyda va QQS - 97%;
🔸AOS - 94%;
🔸Yer solig‘i - 92%;
🔸Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 92%.
18:00:00-19:00:00
RADIO 24
📻“O‘zbekiston 24” radiokanali

🎙Axborot informatsion dasturi

📍” Mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushda 15-aprelga qadar amalga oshirishingiz lozim”

🎤Bu haqda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi kichik mutaxassisi Muhammadjon Ahadov ma’lumotlari

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#raqamlashtirish #murojaatlar

Soliq xizmati organlarida murojaat yechimi ustuvor vazifa

Soliq xizmati organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, hududlardagi muammolarni oʻrganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida soliq toʻlovchilar murojaatlarini ogʻzaki, yozma va elektron koʻrinishda qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Siz tasnif.soliq.uz saytida mahsulot va xizmatlar uchun talab qilinadigan identifikatsiya kodini (MXIK) topolmayapsizmi
Unda elektron onlayn-ariza qoldiring❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Soliq to'lovchiga yordam❗️

👉 Mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK) uchun tasnif.soliq.uz da onlayn-ariza qoldirish
👉 Milliy katalogning yangilangan elektron versiyasi
👉 Mavjud MXIK o‘rniga “yangilangan” MXIKlarini ishlatish tavsiya etiladi
👉 Qurilish sohasi va maishiy xizmatlar uchun MXIK
👉
Bank xizmatlari uchun MXIK
👉 Umumiy ovqatlanish sohasi uchun MXIK
👉 MXIKlarga biriktirilgan o‘lchov birliklarini qanday aniqlash mumkin?
👉
EHF rasmiylashtirishda tegishli tovarni realizatsiya qilishdagi o‘lchov birligi va qadoqlarni ko‘rsatish
👉 Xizmat (soʻm) va xizmat (marta) oʻlchov birliklarining farqi
👉 Tovarlarni qadoqlash tartibi bo'yicha videoqo'llanma
👉 Kommunal xizmatlar va xarajatlarni qoplash uchun MXIK
___________________
#ИКПУ

В помощь налогоплательщику❗️

👉 Подать онлайн-заявку для идентификационного кода продукции и услуг (ИКПУ) на tasnif.soliq.uz
👉 Обновлена электронная версия Национального каталога
👉 Если вместо действующего кода ИКПУ предлагается новый
👉 ИКПУ для сферы строительства и бытовых услуг
👉 ИКПУ для банковских услуг
👉 ИКПУ для общепита
👉 Какие единицы измерения прикреплены к используемым ИКПУ?
👉
При оформлении ЭСФ указывайте те единицы измерений и упаковок, в которых реализуете свой товар
👉 Разница единиц измерений "услуга (сум)" и "услуга (раз)"
👉 Видеоинструкция по созданию упаковки товара
👉 ИКПУ для коммунальных услуг и возмещения затрат (расходов)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol:
Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan QQS bilan xarid qilingan yengil avtomobillar bo‘yicha QQS summasini hisobga olishi mumkinmi?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 267-moddasi ikkinchi qismiga asosan soliq to‘lovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chog‘ida to‘lagan soliq summalari yengil avtomobillarni sotib olish yoki olib kirish chog‘ida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmasa, hisobga olinmaydi.
#YTT

YTT tomonidan yollangan xodimlari uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirilgan

2023-yilgacha yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foizini (150 ming so‘m) tashkil etar edi.

2023-yildan mazkur soliq summasi yiliga BHMning bir baravarigacha (300 ming so‘m) kamaytirildi (bundan savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno).

👉PQ‑366 30.08.2022

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter