Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
1.51K subscribers
12.3K photos
1.68K videos
112 files
3.83K links
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining telegramm kanali

Murojaat uchun: t.iss.one/tosh_vil_maslahat
Tel: 📞71-200-20-21📞 78-150-49-56
Sayt: soliq.uz
Fecebok:https://www.facebook.com/toshkentv.dsb
Instagram: https://instagram.com/soliqpressa_
Download Telegram
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!!!

🔰Soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddatlari teng ulushlarda 15 aprel va 15 oktyabr etib belgilangan.

❇️2023-yilda Toshkent viloyatida mol-mulk va yer solig‘i to‘lanishi lozim bo‘lgan 776 mingdan ortiq ob’ekt mavjud. Ularning egalariga soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni to‘lash haqidagi ma’lumotnoma yuborilgan.

❇️Joriy yil 28-mart sanasiga qadar, 60,2 mlrd. so‘m miqdorida mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirildi. Tahlillarga ko‘ra, viloyatning Zangiota, Qibray, Toshkent, Olmaliq shahar hamda O‘tachirchiq tumani fuqarolari mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.

❇️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida mol-mulk va yer soliqlarini «Soliq» mobil ilovasi orqali uydan chiqmagan holda to‘lash imkoniyati yaratilgan.

✍️Viloyat soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#yer_soligi

Toshkent viloyatida 2023-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bazaviy stavkalari (so‘mda)

☑️Bekobod tumani 267,3;
☑️Bo‘ka tumani 267,3;
☑️Bo‘stonliq tumani 356,4;
☑️Zangiota tumani 386,1;
☑️Yuqorichirchiq tumani 356,4;
☑️Qibray tumani 356,4;
☑️Oqqo‘rg‘on tumani 297,0;
☑️Ohangaron tumani 297,0;
☑️Parkent tumani 356,4;
☑️Piskent tumani 356,4;
☑️Toshkent tumani 356,4;
☑️O‘rtachirchiq tumani 356,4;
☑️Chinoz tumani 297,0;
☑️Quyichirchiq tumani 297,0;
☑️Yangiyo‘l tumani 297,0;
☑️Angren shahar 415,8;
☑️Bekobod shahar 356,4;
☑️Olmaliq shahar 415,8;
☑️Ohangaron shahar 356,4;
☑️Chirchiq shahar 415,8;
☑️Yangiyo‘l shahar 356,4;
☑️Nurafshon shahar 297,0
;

❗️Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi

01.04.2023-yildan pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 %ga oshiriladi.
Shuningdek:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 so‘m etib belgilanadi.

01.05.2023-yildan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 %ga oshiriladi.
Shuningdek:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHETKM) – oyiga 980 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – oyiga 330 000 so‘m etib belgilanadi.

📜O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoni. 28.03.2023-yil

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

🟣Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi:

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
Avtomobillarni yuvish shoxobchalari uchun suv soligʻi stavkasi qancha?

Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan 1 kub metr suv hajmi uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2410 so‘m.


❗️Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari (2410 x 5= 12 050 so‘m) miqdorida belgilanadi (Soliq kodeksi 445-modda).
Savol:
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan – mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlariga qanday soliq stavkalari bo‘yicha soliq solinadi
?

‼️Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 382-moddasi 3-bandiga muvofiq – O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan - mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlari hamda mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilmagan boshqa daromadlariga 12 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
11:00:00-12:00:00
RADIO 24
📻O‘zbekiston 24 radiokanali

🎙Xabarlar informatsion dasturi

📌Toshkent viloyati soliq boshqarmasi soliq qarzlarini undirishni tashkil qilish bo‘limi tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan hatlovlar haqida bo‘lim katta inspektori Doston Ergashev ma’lumotlari.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

💻 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

♻️Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▫️ipoteka kreditlari.

☝️Bu haqda batafsil videoqoʻllanmada tanishing

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirishning oxirgi muddati.

Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan 2022-yil davomida:

🔺 mulkiy daromadlar (agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa);

🔺 ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida;

🔺 moddiy naf tarzida (agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa);

🔺 O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan;

🔺 soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan;

🔺 soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa manbalardan daromad olgan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari 2023-yilning 1-apreliga qadar jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari lozim.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mehr_saxovat

🔹Qibray tumani 4-sektorga qarashli "Ko‘prikboshi" mahallasida yashovchi Ashirmatovlar xonadonida UzAgrolizing AJ va tuman Davlat soliq inspeksiyasi hamkorligida tashkil etilgan iftorlik dasturxoni va muborak oyda ko‘rsatilgan e'tibor, xonadon egalarining ko‘ngillarini xushnud qildi.
#xalq_bilan_muloqot

4-sektor rahbari, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig'i Ortiqboy Hamdamov tomonidan “O'zbekiston” MFY aholisi bilan sayyor qabul o'tkazildi.

📎Uchrashuvda ishtirok etgan aholining muammolari tinglandi. Shuningdek, ichimlik suvi va ichki yo‘llarni ta'mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
#eʼlon

Shaxsiy kabinetda soliq to'lashdan oldin "yangilash"ni unutmang!

Soliq toʻlovchilar my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali ShJBPHga badallarni toʻlashda joriy hisobraqamlarning oʻzgarishi bilan bogʻliq murojaatlar kelib tushmoqda.

Shu munosabat bilan eslatib o'tamiz: shaxsiy kabinetda to'lovni amalga oshirishdan oldin “Yuridik shaxslarning soliqlarini to‘lash” bo‘limiga kirib “Soliq turlarini yangilash” tugmasini bosish lozim.

Agar to'lov yuqorida ko'rsatilgan tartibda hisobraqamlar yangilanmasdan amalga oshirilgan bo'lsa, to'langan mablag'larni to'g'ri aks ettirish uchun xizmat ko'rsatuvchi bankka murojaat qilish lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
16:00:00-17:00:00
RADIO 24
📻O‘zbekiston 24 radiokanali

🎙Axborot informatsion dasturi

📃“O‘zbekistan Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevralda qabul qilingan "Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari

👉Bu haqda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi Yuridik bo‘lim bosh yurist konsulti Faxmiddin Abdullaev mulohazalari.

✍️Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati
.
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
🔺uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
🔺daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari;
🔺qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
🔺koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
🔺boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi.
Mushtarak maqsad - xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik

Joriy yilning 29-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasida Siyosiy-maʼrifiy oʻquv soati oʻtkazildi.

Unda markaziy apparat, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi, Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda qoʻmita tasarrufidagi korxona va taʼlim muassasalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi maslahatchisi Ilxom Maʼrupov soʻzga chiqib maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha batafsil tushunchalar berdi.

Taʼkidlanganidek, tarixiy ulamolarimiz va ularning dunyo tamaddunidagi yuksak ahamiyatini bugun barcha davlatlar xalqlari eʼtirof etmoqda.

Shuningdek, yurtimiz va xorijda roʻy bergan ahamiyatga molik voqealar batafsil tahliliy tarzda tushuntirildi.

I.Maʼrupov yurtimizda hukmron boʻlgan tinchlikni qadriga yetish va uni saqlash har bir davlat xizmatchisining, har bir fuqaroning muhim vazifasi ekanligini taʼkidladi.

Soliq qoʻmitasi Axborot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter