Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.6K subscribers
8.05K photos
1.95K videos
161 files
8.52K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#hayat

Hay’at: erishilgan natijalar va oldinda turgan muhim vazifalar muhokama etildi

Joriy yilning 4 noyabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi Raisi rahbarligida qo‘mitaning navbatdagi Hay’at majlisi o‘tkazildi.

Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq xizmati organlari boshliqlari telekommunikasiya vositalari orqali ishtirok etdi.

Yig‘ilishda yirik soliq to‘lovchilarga (Navoiy va Olmaliq KMK) foyda va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlari stavkasining pasaytirilganligi, amortizasiya ajratmalari normalari – o‘rtacha 2 barobarga, 1 martalik investisiyaviy chegirma miqdori – 2 barobarga, faoliyat natijasida ko‘rilgan va kelgusi davrga o‘tkaziladigan zararlarning cheklangan miqdori joriy soliq davri soliq bazasining 60%idan 100%igacha oshirilganligiga qaramay, yanvar-oktyabr oylarida byudjetga 123,8 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 trln so‘mga ko‘p soliq tushumari ta’minlanganligi va hududiy davlat soliq boshqarmalarida tushumlarning o‘sishi 33 %ga yetganligi qayd etildi.

Shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 140 %, QQS 133 % va foyda solig‘i tushumlari (Navoiy va Olmaliq KMKlaridan tashqari) 156 %ga o‘sganligi ko‘rsatilib, yil yakunigacha ushbu o‘sish darajasini saqlab qolish manbalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda byudjetga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish, QQS manfiy summalarni qoplab berish bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqishda sansolarlikka yo‘l qo‘yilayotganligi hamda soliq organlari tomonidan mavjud raqamlashtirish yangi instrumentlari orqali yetishtirilgan paxta hosilini hisobini yuritish va o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solishda qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetarlicha ko‘maklashilmayotganligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Yo‘l qo‘ygan jiddiy xato kamchiliklari uchun Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi DSB
larining 4 nafar mas’ullari maxsus unvonlaridan mahrum etilib, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Shuningdek, 4 ta rahbar va mas’ullarning intizomiy javobgarliklari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish so‘ngida, soliq tushumlari bo‘yicha joriy yilning IV choragi va yillik prognoz ko‘rsatkichlarini barcha soliq turlari bo‘yicha sifatli ravishda so‘zsiz ta’minlash va qo‘shimcha daromadlarni jalb etish borasida ma’sullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 6, 2022
November 6, 2022
November 7, 2022
November 7, 2022
November 7, 2022
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

QQS hisobotida hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasiga qanday tuzatish kiritiladi?

👉Batafsil videoqo‘llanmada
——————————
Как в отчетности по налогу на добавленную стоимость скорректировать сумму налога, принятую к зачету?

👉Подробнее в видеоинструкции

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 7, 2022
November 8, 2022
November 8, 2022
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
November 8, 2022
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
November 8, 2022
November 9, 2022
November 9, 2022