#savol_javob
#soliq_tekshiruvi
- Men tadbirkorman. Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali menga tegishli savdo nuqtasiga "chek bermaslik" bo‘yicha shikoyat kelib tushsa, uni tekshirish tartibi qanday bo‘ladi? Ushbu shikoyat xodimlar rasman ishga olingan yoki olinmaganligi, ularning tibbiyot kitobchasi (medknijka) mavjudligi, kassadagi naqd pullar, ijara shartnomasi va shu kabi boshqa malumotlarni tekshirishga asos bo‘ladimi?
- Sayyor soliq tekshiruvi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘tkaziladi.
Nazorat-kassa texnikasi (NKT) va (yoki) hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi nazoratini amalga oshirishda, quyidagilar tekshirilishi belgilangan:
🔹soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan NKT va hisob-kitob terminali tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi;
🔹xaridorlarga NKT cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi.
👉VM-1-son qarori, 2-ilova 78-band.
Sayyor soliq tekshiruvlari tekshiruv dasturida ko‘zda tutilgan me’yoriy hujjatlarga asosan tekshiruv o‘tkazilishi tushuntiriladi.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirishda ushbu dasturga asosan quyidagilar tekshirilishi mumkin:
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, faoliyat turi va joyining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;
🔸soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, ushbu mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida mol-mulkka va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi.
👉VM-1-son qarori, 2-ilova 68-band.
Sayyor soliq tekshiruvi doirasida soliq to‘lovchi — yuridik shaxslar ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotida aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.
👉VM-1-son qarori, 2-ilova 90-band.
Sayyor soliq tekshiruvi doirasida uni amalga oshirish dasturida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi kerak.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram