Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.92K photos
1.89K videos
158 files
8.37K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#shikoyat_berish

DSQ tomonidan quyi soliq organlarining jami 601,9 mlrd so‘mlik 110 ta qarori soliq to‘lovchilar foydasiga bekor qilindi

2022-yil boshidan buyon Davlat soliq qoʻmitasiga shikoyat berish tartibida kelib tushgan jami 1 365,7 mlrd soʻmlik 243 ta murojaat koʻrib chiqildi.
Shundan:
▫️sayyor soliq tekshiruvlari bo‘yicha13,7 mlrd so‘mlik 21 ta shikoyat;
▫️soliq auditi bo‘yicha 239,4 mlrd so‘mlik 18 ta shikoyat;
▫️kameral soliq tekshiruvlari bo‘yicha 1 112,6 mlrd so‘mlik 204 ta shikoyat.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan shikoyat berish tartibi buzilganligi sababli 65 ta murojaat ko‘rib chiqilmasdan qoldirilgan. Shundan 17 tasi sayyor soliq tekshiruvi, 25 tasi soliq auditi, 23 tasi kameral soliq tekshiruvlari natijalariga oid shikoyatlardir.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan:
▫️qanoatlantirilmasdan qoldirish to‘g‘risida 342,0 mlrd so‘mlik 82 ta qaror;
▫️qisman bekor qilish to‘g‘risida 95,3 mlrd so‘mlik 51 ta qaror, (326,5 mlrd so‘mlik qismi o‘z kuchida qolgan);
▫️quyi soliq organlarining qarorlarini to‘liq bekor qilish to‘g‘risidagi 601,9 mlrd so‘mlik 110 ta qaror qabul qilingan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram