Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.8K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
150 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#uchrashuv

DSQ va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyatining Navoiy va Surxondaryo viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuvlari.
__________________________

Ertaga, 29-mart kuni quyidagi hududlarda navbatdagi ochiq muloqotlar o‘tkaziladi:

📍
Navoiy viloyati
Qiziltepa tumanidagi musiqa va san’at maktabi (soat 10:00)
Navoiy shahridagi Yoshlar markazida (soat 14:00)

📍Toshkent shahri
Olmazor tumani Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litseyida (soat 11:00)
Sergeli tumani Madaniyat saroyida (soat 14:00)

📍Surxondaryo viloyati
Qumqo‘rg‘on tumani hokimiyatida (soat 10:00)
Denov tumanidagi tadbirkorlik va pedagogika institutida (soat 15:00)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Bir qator tadbirkorlik subyektlari ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) va virtual kassalar soliq organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmayotganligi yuzasidan xabarlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlarning sabablarini tezkor o‘rganib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida alohida Telegram guruhi yaratildi.

Yangi modeldagi onlayn-NKMlarni Davlat reestriga kiritishda muammoga duch kelgan tadbirkorlardan https://t.iss.one/online_nkm_group havolasi orqali murojaat yuborishlarini so‘raymiz.
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

Поступают сообщения о том, что ряд субъектов предпринимательства, осуществляющих производство онлайн-ККМ и виртуальных касс, не могут зарегистрировать их в налоговых органах.

Для оперативного изучения причин таких обращений и решения возникающих в этой связи вопросов создана отдельная группа в Telegram.

Предпринимателей, которые столкнулись с проблемой включения новой модели онлайн-ККМ в Государственный реестр, просим оставить своё обращение по ссылке https://t.iss.one/online_nkm_group

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

☝️Deklaratsiyani o‘z vaqtida topshirib konstitutsiyaviy burchingizni ado eting

📚Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan 2021-yil davomida:

🔹foiz va dividend ko‘rinishida, mol-mulkini ijaraga berib (agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa);
🔹ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida;
🔹moddiy naf tarzida;
🔹O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan;
🔹soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan;
🔹soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa manbalardan daromad olgan O‘zbekiston rezidentlari 2022-yilning 1-apreliga qadar jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirishlari lozim.

👉Deklaratsiya topshirish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv

DSQ va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyatining Navoiy, Surxondaryo viloyati va Toshkent shahri tadbirkorlari bilan o‘tkazgan bugungi uchrashuvidan fotolavhalar
_________________________________

Ertaga, 30-mart kuni o‘tkaziladigan uchrashuvlar:

📍
Samarqand viloyati
Kattaqo‘rg‘on shahar Abdulhamid Majidiy nomli teatrda (soat 09:00)
Samarqand shahar Yoshlar markazida (soat 14:00)

📍Toshkent shahri
Bektemir tumani hokimiyatida (soat 11:00)
Chilonzor tumani hokimiyatida (soat 14:00)

Shuningdek Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “O‘zavtosanoat” AJda (soat 11:00) tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov

DSQ Raisi Kadastr agentligining yangi direktorini tanishtirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev
Prezident qarori bilan Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Pulatov Farrux Jaxongirovichni jamoaga tanishtirdi.

Sh. Kudbiyev keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi hech bir sohada, jumladan soliq va kadastr sohasida korrupsiyaga o‘rin qoldirmaslikka qaratilganini taʼkidladi.

Shu jihatdan kadastr tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, birinchi rahbardan tortib oddiy xizmatchigacha korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish ularning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

F.Pulatovga Agentlikning ahil jamoasi bilan ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga, tizimni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

F.Pulatov Adliya katta maslahatchisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi yangilandi

Soliq mobil ilovasining yangi versiyasida (Android/ iOS yaqin vaqtlarda) bir qator yangilanishlar bo‘ldi

✔️ Quyidagi variantlardan birini tanlagan holda
Jismoniy shaxs kabinetiga kirish mumkin:
– ID karta
– ERI kaliti
– face ID tizimida JShShIR kiritish
– One ID tizimi orqali

✔️Jismoniy shaxslar kabinetida quyidagilar aks etadi:
– mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlik va ortiqcha to‘lov holati haqida ma’lumot;
– egaligidagi ko‘chmas mulk kadastr raqami;
– jismoniy shaxslarga hisoblangan oylik ish haqi va hisoblangan daromad solig‘i.

✔️“Keshbek” va “Soliq hamkor” bo‘limlarining funksiyalari ham takomillashdi:
– asosiy kartani tanlagan holda bir yoki bir nechta bank kartasini biriktirish yoki olib tashlash imkoniyati;
– fiskal belgini kiritish orqali chekni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi;
– skanerlangan cheklar oylar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi bunda hisoblangan mablag‘ miqdori va bank kartasiga o‘tkazish uchun tasdiqlangan summa ko‘rsatiladi;
– “Soliq hamkor” tizimida qo‘shimcha faylni yuklash imkoniyati – amalga oshirilgan xarid haqidagi murojaatni tasdiqlash uchun fotosurat;
– “Soliq hamkor”da murojaatni rad etish sababini tekshirish.

❗️Muhim: iste’molchi keshbekka ega bo‘lishi uchun xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazganda uni avval boshqa foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, haqiqatda xaridni amalga oshirgan shaxs tomonidan ushbu foydalanuvchi ustidan shikoyat yo‘llash imkoyati yaratildi.

Bunda bitta foydalanuvchiga nisbatan shikoyatlar soni 15 ta va undan ko‘p bo‘lsa, ushbu foydalanuvchi shubhali xaridor deb hisoblanadi hamda joriy oy uchun to‘plangan keshbeklari bekor qilinadi
, chekni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati cheklanadi.

“Soliq” mobil ilovasida ERIsiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin

Huquqbuzarliklar haqida "Soliq hamkor" orqali xabar bering

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mobil ilovadan ro‘yxatdan o'tishlari mumkin

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#мобильное_приложение

Апдейт мобильного приложения Soliq

В новой версии мобильного приложения Soliq (Android/ iOS в ближайшее время) доступен ряд обновлений.

✔️Кабинет физического лица
для входа можно выбрать любой из следующих вариантов:
– ID карта;
– ЭЦП;
– face ID путем ввода ПИНФЛ;
– One ID.

✔️В кабинете ФЛ отображаются:
– статус по налогу на имущество и земельному налогу с указанием начислений и задолженности;
– кадастровый номер принадлежащего имущества;
– доход с указанием начисленной заработной платы и налога на доходы физических лиц.

✔️Обновлен функционал и визуальный интерфейс в разделах «Кешбэк» и «Налоговый партнер»:
– возможность прикрепить либо удалить банковскую карту (несколько), установив основную;
– возможность регистрировать чек путем ручного ввода фискального признака;
– отсканированные чеки группируются по месяцам с указанием начисленной суммы кешбэка и суммы, подтвержденной для перевода на банковскую карту;
– возможность загрузить дополнительный файл – фотографию осуществленной покупки для подтверждения обращения в системе «Налоговый партнер»;
– проверка причины отказа обращения в "Налоговом партнере".

❗️Важно: если потребитель, регистрируя свой чек, обнаруживает, что чек уже зарегистрирован другим пользователем, то теперь появилась возможность пожаловаться на данное физическое лицо.

При этом если на одного пользователя поступит 15 и более жалоб, в этом случае он становится сомнительным покупателем, накопленный им в текущем месяце кешбэк аннулируется, а возможность регистрировать чеки ограничивается.


Как в мобильном приложении "Soliq" зарегистрировать договор аренды без ЭЦП?

О правонарушениях сообщите "Налоговому партнеру"

Самозанятые лица могут зарегистрироваться в мобильном приложении

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_mamuriyatchiligi

Hududiy va mahalliy soliq ma’muriyatchiligi qanday amalga oshiriladi?

Har bir soliq to‘lovchiga belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarish va to‘lash majburiyati yuklatilgan.
👉Soliq kodeksining 8 va 22-moddalari

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” va “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori” tamoyillariga tayanib, soliq ma’muriyatchiligi va nazoratining yangi tizimini yaratish maqsadida, soliq to‘lovchilarning hisobi uch bosqichdagi segmentlash asosida yuritilmoqda. Xususan:
1️⃣ Yirik soliq to‘lovchilar;
2️⃣ QQS to‘lovchilar (yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kirmaydigan).
3️⃣ Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, budjet tashkilotlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda soliq to‘lash majburiyatiga ega jismoniy shaxslar.

Yirik soliq to‘lovchilar hisobi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida yuritiladi. Yirik soliq to‘lovchilar toifasi Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi Nizomning 4-bandiga muvofiq aniqlanadi.
👉DSQ r/r 3172-son qarori 12.07.2019-yil

Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kirmaydigan QQS to‘lovchilarning hisobi 2020-yildan boshlab hududiy davlat soliq boshqarmalarida yuritilmoqda.

Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi yuridik shaxslar, YATTlar, budjet va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda soliq to‘lash majburiyatiga ega jismoniy shaxslar hisobi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida yuritiladi.

Ma’lumot uchun: Soliq kodeksining 9-bobida soliq majburiyatlari - to‘g‘ri, to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, belgilangan to‘lovlarning tegishli g‘azna hisobvaraqasiga to‘lanmasligi, soliq majburiyatlarining bajarilmaganligi deb e’tirof etiladi va to‘lash bo‘yicha majburiyatni bajarish kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun penya hisoblanishiga sabab bo‘ladi👉Soliq kodeksining 110-moddasi, 3-bandi

Soliqlarning to‘g‘ri to‘lanishini ta’minlash hamda noto‘g‘ri to‘lovlar uchun penya hisoblanishining oldini olish maqsadida, my.soliq.uz sayti orqali, (ERI kalitidan foydalangan holda) soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha elektron xizmatdan foydalangan holda, tegishli hududi hamda soliq kodlari uchun g‘aznachilik hisobvaraqalari to‘g‘ri biriktirilgan soliq turlari tanlanib, to‘lovlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Muhim ❗️ Muayyan ma’muriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyati bo‘yicha xatolik bilan to‘langan soliq (penya, jarima) summasi boshqa ma’muriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyatini bajarish hisobiga hisobga olish mumkin emas.
👉“Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi Yo‘riqnomaning 33(1)-bandi (Moliya vazirligi va DSQ qarori r/r 2771-son 30.03.2016-yil)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram