#konstitutsiya #madhiya
Davlat soliq qo‘mitasida Bosh qomusimiz hamda davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi
🇺🇿8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 10-dekabr – davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasida “Konstitutsiya bosh qomusimiz” va “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” mavzularida tadbir o‘tkazildi.
Unda Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati va xodimlar, shoirlar hamda yosh sanʼatkorlar ishtirok etdi.
Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz har bir fuqaro uchun bayroq, gerb, madhiyamiz kabi muqaddasdir. Tadbirda Bosh qomusimiz bugungi osoyishta hayotimiz va buyuk istiqbolimizning muhim asosi ekanligi eʼtirof etildi.
Madhiya – ulug‘ xalqning mangu qo‘shig‘i. Taʼkidlanganidek har birimizga o‘zgacha shukuh va g‘urur bag‘ishlaydigan madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan.
Tadbirda shoir hamda yosh qo‘shiqchilarning Vatanni, istiqlolni madh etuvchi she'r va qo‘shiqlari barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram