Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.6K subscribers
8.11K photos
1.97K videos
162 files
8.57K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#infografika

💰2021-yil birinchi yarmida mahalliy byudjetlar ixtiyorida qolgan mablag‘lar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#infografika

Murojaatlar bilan ishlash soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning muhim omili

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni bevosita jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ularda ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimi bilan chambarchas bog‘liq.

Shu bois, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan sohaga oid bildirilgan murojaatlar 24 soat davomida uzluksiz ravishda qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar aniq, qonuniy va tezkorlik bilan hal etilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida kelib tushgan murojaatlar soni 23 462 tani tashkil etmoqda.
Shundan:
▫️ 1 572 tasi yozma;
▫️19 182 tasi elektron;
▫️2 708 tasi og‘zaki ravishda yo‘llangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#YaTT #infografika

Yakka tartibdagi tashuvchilar 5 mingdan oshdi

Prezidentimizning “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan (PQ-5108-son 07.05.2021) haydovchidan tashqari to‘rtta o‘rindiqli yengil avtotransportda taksi xizmati ko‘rsatish yakka tartibdagi tadbirkorlik (YATT) faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Ushbu norma 2022-yil so‘nggiga qadar eksperiment tariqasida amalga oshirishi belgilangan.

Bunda yakka tartibdagi tashuvchilar:

🔹 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida 10 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda ekspluatatsiya qilinayotgan yengil avtomobil bo‘lishi;
🔹 transport vositasini texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida har 6 oyda kamida bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazishi;
🔹 “O‘ztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan ko‘p tarmoqli poliklinikalar, xususiy klinikalarda yoki oilaviy poliklinikalarda oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi;
🔹 avtotransport vositasi tepasiga “TAXI” belgili to‘q sariq rangli fonar o‘rnatishi;
🔹 to‘lovni amalga oshirish, bosib o‘tilgan yo‘lni elektron qayd etish imkoniyatiga ega moslamalarga ega bo‘lish lozim.

Shuningdek:
🔸 faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollamaydi;
🔸 litsenziya varaqasi uchun yiliga bir marotaba BHMning bir barobari (270 ming so‘m) miqdorida davlat boji to‘laydi;
🔸 har oylik qatʼiy (2021 yil uchun 150 ming so‘m) va ijtimoiy soliq (270 ming so‘m) soliqlarni to‘laydi.

Yakka tartibdagi tashuvchilar 2021-yil 1-sentabrdan faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshirmoqda.

2021-yil 14-oktabr holatiga 5 mingdan ziyod yakka tartibdagi tashuvchi ro‘yxatga olindi. Jumladan, Samarqand viloyatida YATT sifatida taksi xizmati ko‘rsatayotganlar 807 nafarni tashkil etadi. Surxondaryoda esa 678 nafar yakka tartibdagi tashuvchi ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich, Toshkent shahrida 504 nafarni tashkil etmoqda.

YATT sifatida taksi xizmati ko‘rsatayotganlarga jami 2,2 mlrd so‘m qatʼiy beliglangan soliq va 3,9 mlrd so‘m ijtimoiy soliq hisoblangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram