Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
151 files
8.31K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#ҳамкорлик

Давлат солиқ қўмитаси раиси Шерзод Кудбиев бошчилигидаги делегациянинг Россия Федерациясига ташрифи давом этмоқда

Мазкур ташриф давомида ДСҚ делегацияси Россия Федерациясининг расмий идоралари ҳамда йирик бизнес вакиллари билан муҳим учрашувлар ўтказиб самарали келишувларга эришмоқда.

Хусусан, “ЦРПТ РФ” МЧЖ раҳбари Михаил Дубин билан учрашувда маиший техника, дори воситалари ва салқин ичимликларни маркировкалашни жорий этишга тайёргарликнинг институционал ва технологик жиҳатлари кўриб чиқилди.

Шунингдек, учрашувда Пиво маҳсулотларини маркировкалаш бўйича “Ўзбекистон тажрибаси”ни инобатга олган ҳолда шу йилнинг охиригача МДҲ мамлакатларида биринчи марта қадоқли пивони (баночное) маркировкалашни жорий этишга келишиб олинди.

Бундан ташқари, Россия томони таркибида тамаки ва никотин мавжуд бўлган барча маҳсулотларни маркировкалаш синов лойиҳасини амалга ошириш бўйича ДСҚ таклифини қўллаб-қувватлаб, бу лойиҳани бошлашга тайёрлигини билдирди.

Учрашувда дори маҳсулотларини маркировкалаш концепциясини ишлаб чиқиш ва ҳаётий муҳим дори воситаларини текин маркировкалаш масаласи ҳам муҳокама қилинди.

Шунингдек, “CRPT TURON” сервер ускуналарини ДСҚ маълумотларни қайта ишлаш маркази ҳудудига кўчиришни тезлаштириш, маркировкаланган маҳсулотларнинг ҳаракатини кузатиб бориш дастурий-таҳлилий комплексни жорий этиш тўғрисида қарор қабул қилинди.

Делегация “Яндекс” компаниясида ҳам бўлди. Унда Давлат солиқ қўмитаси раиси Шерзод Кудбиев ва компания раҳбарияти ўртасида учрашув ўтказилди.

Учрашув якунларига кўра, “Яндекс-такси Узбекистан” ахборот тизимини ДСҚ ахборот базасига интеграция қилиш, такси бозорини “қонунийлаштириш”да тажриба алмашиш мақсадида “Яндекс” мутахассисларининг Ўзбекистонга ташрифини ташкил этиш тўғрисида келишувларга эришилди.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Toshkent viloyatida ''Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam'' loyihasi doirasida sport tadbiri o‘tkazilmoqda.

Tafsilotlar bilan rasmiy manbalarimizda tanishib boring.
#onatilimfaxrim

Davlat soliq xizmati xodimlari o‘rtasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi

Davlat soliq xizmati organlari tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi. Unda DSQ markaziy apparati va uning tarkibidagi tashkilotlar, Kadastr agentligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati DSB xodimlari ishtirok etdi.

Ular dastlab Yangi O‘zbekiston bog‘i hududida sog‘lom hayot uchun besh ming qadam yo‘lni piyoda bosib o‘tdi.

Shundan so‘ng, tadbirga jalb etilgan xotin-qizlar sportning suzish turida mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. Yigitlar esa mini-futbol musobaqasida bahslashdi.

Tadbir yakunida eng faol jamoalar Davlat soliq qo‘mitasining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_aktiv

“E-aktiv” AAT – tovar-moddiy resurslar harakatini masofadan hisobga olishning yangi tizimi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qarori bilan 2022-yil 1-yanvardan QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxslar uchun:

🔹asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish;

🔹xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yo‘q qilinganda va hisobdan chiqarilganda 3 ish kunidan kechiktirmasdanE-aktiv” AATda aks ettirish majburiy etib belgilandi.

❗️Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga muvofiq tovar-moddiy resurslar harakatini masofadan hisobga olish tizimi – “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilgan.

♻️Hozirda ushbu tizimdan 24 ta korporativ va 7 ta budjet buyurtmachisi test rejimida foydalanmoqda.

“E-aktiv” AAT:
▫️
mahsulotlar kirimi va qoldig‘i hisobini onlayn yuritish va kuzatib borish;
▫️tovarlar uchun yaratilgan bir yoki bir nechta elektron ombor yaratish;
▫️tovarlarni masofadan turib elektron ravishda ombordan omborga olib o‘tish;
▫️kirim qilinmagan tovarlarni sotish bo‘yicha EHF rasmiylashtirish holatlariga chek qo‘yish imkonini beradi.

Shuningdek EHFlarda MXIKlarning yagona elektron milliy katalogiga muvofiqligini hamda shartnomalar Yagona elektron shartnomalarning axborot portalida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini taʼminlaydi.

Tizim sinov davomida takomillashtirilib boriladi, bunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan asosli takliflar inobatga olinadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

☝️15-oktabrga qadar mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashni unutmang!

Soliqlar mamlakatimiz taraqqiyoti va kuch-qudratini, xalqimiz farovonligi va tinchligini taʼminlashga xizmat qiluvchi muhim manbadir. Ularni o‘z vaqtida to‘lash fuqarolik burchimizdir.

🔹Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini soliq organlari va bank bo‘limlariga borgan holda yoki masofadan Soliq, Payme, Click va boshqa mobil ilovalar orqali ham to‘lashlari mumkin.

Mol-mulk va yer solig‘i haqida batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Yangi O‘zbekiston bog‘i hududida besh ming qadam yo‘lni piyoda bosib o‘tdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#sorovnoma

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Dehqon bozorlarining xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha anonim so‘rovnomada ishtirok eting.

Sizningcha, quyidagi qulayliklar/imkoniyatlar xarid qilish joyi sifatida dehqon bozorlarining Siz uchun jozibadorligini oshiradi deb o‘ylaysizmi?

⚡️
Sizning fikringiz biz uchun muhim!
____________
#опрос

Уважаемые налогоплательщики!

Примите участие в анонимном опросе по улучшению сервисной инфраструктуры продуктовых рынков.

Считаете ли Вы, что следующие предлагаемые удобства/возможности повысят привлекательность продуктовых рынков (базаров) для Вас в качестве места совершения покупок?

⚡️Нам важно мнение каждого!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
1. Avtomobillar uchun erkin va qulay avtoturargohlar tashkil etish.
Anonymous Poll
96%
Ha
4%
Yo‘q
2. Mahsulotlarni bevosita ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotilishi uchun maxsus savdo maydonchalarini ajratish.
Anonymous Poll
94%
Ha
6%
Yo'q
3. Xaridorlarga bozor hududida xaridlar bilan erkin harakat qilish imkoniyatini yaratish uchun bepul yuk aravalari bilan taʼminlash.
Anonymous Poll
90%
Ha
10%
Yo'q
4. Xarid qilingan mahsulotlarni vaqtincha saqlash uchun
maxsus qutilar o‘rnatish.
Anonymous Poll
84%
Ha
16%
Yo'q