Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
97.3K subscribers
8.02K photos
1.93K videos
161 files
8.46K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#gimnastrada_2024

Sport — nafislik va salomatlik manbai

Bugun vazirlik va idoralar xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan festivalda Soliq qo‘mitasining jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Soliqchi ayollardan iborat jamoaning chiqishlari muhlislar olqishi va hakamlar e'tirofiga sazovor bo‘ldi.

Soliq qo'mitasi jamoasi 30 ga yaqin tashkilotlar ichida eng yaxshi TOP-5 jamoalar safidan joy olib, "Kompozitsiyani sahnalashtirishdagi kutilmagan yechimlari uchun" nominatsiyasi g'olibi bo‘ldi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#TTY

Aprel oyi uchun elektron TTYlarni 1-iyungacha rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi


Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.

Soliq to‘lovchilarda yangi tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda manzilli ishlar tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 6-may kuni Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Mirzayev ishtirokida xo‘jalik subyektlari va tizim operatorlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda dastlab tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi. O‘zaro konstruktiv muloqot davomida tizimni yanada soddalashtirish yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlandi.

Tadbirlarda bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, soliq organlari mutaxassislari tizimni optimallashtirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rmoqda.

Xususan, Soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘p sonli soliq to‘lovchilarning murojaatlari inobatga olinib, aprel oyida rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan elektron TTYlarni joriy yilning 1-iyuniga (01.06.2024 y.) qadar rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, Sizlardan o‘tgan davrda rasmiylashtirilmasdan qolgan elektron TTYlarni berilgan muddatda to‘liq rasmiylashtirish choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.

👉 Hammasi elektron tovar-transport yuk xati haqida
👉 Elektron TTY mavzusida onlayn seminar-trening
👉
Didox tomonidan o‘tkazilgan seminar
👉 Elektron TTY tizimidan foydalanish bo'yicha videoqo'llanma
👉 Faktura.uz saytida elektron TTY yaratish bo‘yicha videoqo'llanma
_______
#ТТН

Создана возможность оформления электронных ТТН за апрель до 1 июня

Ранее сообщалось, что с 1 апреля для крупных налогоплательщиков внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

В целях формирования у налогоплательщиков навыков по использованию новой системы организована адресная работа с субъектами предпринимательства.

В частности, 6 мая текущего года состоялась встреча первого заместителя председателя Налогового комитета М.Мирзаева с хозяйствующими субъектами и представителями операторов системы.

В ней выслушаны мнения предпринимателей. В ходе взаимного конструктивного диалога были высказаны предложения по дальнейшему упрощению системы.

Исходя из этих предложений специалисты налоговых органов принимают практические меры по оптимизации системы.

Так, Налоговым комитетом приняты во внимание многочисленные обращения налогоплательщиков и создана возможность оформления электронных товарно-транспортных накладных за апрель до 1 июня текущего года.

❗️Уважаемые налогоплательщики, просим принять меры по полному оформлению электронных ТТН, которые не были оформлены за предыдущий период.

👉 Все об электронных товарно-транспортных накладных
👉 Онлайн семинар-тренинг по электронным ТТН
👉
Семинар, проведенный Didox
👉 Видеоинструкция по использованию системы электронных ТТН
👉
Видеоинструкция по созданию электронной ТТН на сайте faktura.uz

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tayinlov

Samarqand viloyatining yana 3 ta tumaniga inspeksiya boshliqlari tayinlandi

✍️Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan Samarqand viloyatining Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on va Bulung‘ur tumanlari soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🔹 Isoxonov Zokir Isoxon oʻgʻli Ishtixon tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Razzakov Nurbek Yarashevich  Kattaqoʻrgʻon tumani soliq inspeksiyasi;

🔹Isokov Bobirmirzo Isroilovich Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#9_may

Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar, Sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Siz, azizlarga va sizlarning timsolingizda butun xalqimizga oʻzimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Mana shu qutlugʻ kunda eng avvalo urush maydonlaridan qaytmagan minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ruhi poklariga hurmat bajo keltiraman. Ularning xotirasi abadiy, jasorati mangudir!

Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimizning mustahkamligi uchun jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun ham yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan muhtaram faxriylarimiz oldida taʼzim qilaman.

Shu kunlarda yurtimizning barcha goʻshalarida Xotira maydonlari toʻlib-toshgan, urushda halok boʻlgan vatandoshlarimiz yod etilmoqda, faxriylar holidan xabar olinmoqda. Zero, Sizlarning va marhum safdoshlaringiz sadoqati tufayli osmonimiz musaffo, koʻnglimiz xotirjam, farzandlarimiz baxtiyor va chehralari gulgun.

Hurmatli faxriylar, ushbu qutlugʻ ayyom munosabati bilan Sizlarni yana bir bor tabriklayman.

Hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

Yaxshi insonlar xotirasi abadiydir

Buxoro viloyati soliq xizmati organlarida hamkasblarni qadrlash, dunyodan o‘tganlarni xotirlab turish an’anasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Ayniqsa, soliq xodimlari Xotira va qadrlash kuni oldidan o‘z kasbini ulug‘lagan ustozlari, bevaqt olamdan o‘tgan hamkasblari yodini xotirlab qo‘yishni aslo esdan chiqarishmaydi.

Viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan tayyorlangan ushbu videorolik ularning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi.

Xotira – abadiy, qadr – muqaddas.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ehtirom

Xotira va qadrlash kuni, buyuk g'alabaga erishganimizga 79 yil to'lishi munosabati bilan mehnat faxriylari holidan xabar olindi. Ushbu ulug' ayyomda fidokorona mehnat qilib, bugungi osoyishta hayot uchun kurashgan keksa nuroniylarimizni ziyorat qilish xalqimizning ezgu fazilatidan hisoblanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Буюк Ғалабага беқиёс ҳисса қўшган, шу ёруғ кунларга етиб келолмаган азиз инсонларни ёд этамиз, уларнинг хотираси, пок руҳлари олдида таъзим қиламиз. Урушда, меҳнат фронтида иштирок этган мўътабар фахрийларимиз олдида чексиз қарздормиз.

Склоняем голову перед памятью наших отцов и дедов, внесших огромный вклад в великую Победу, которым не довелось увидеть нынешние светлые дни. Мы в неоплатном долгу перед ветеранами войны и трудового фронта.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-may

aprel oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

may oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 мая 2024 года - последний день

за апрель:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за май:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции*
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не
являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#aksiz_soligi

Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar va xizmatlarga aksiz solig'i stavkalari

2024-yil 1-apreldan:

🔹neft mahsulotlari
uchun qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi;

🔹quyidagilarga aksiz solig‘i joriy etildi:
▫️tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno)1 litr uchun 500 so‘m;
▫️energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar – 1 litr uchun 2 000 so'm.
___________
#акцизный_налог

Ставки акцизного налога на нефтепродукты и другие подакцизные товары и услуги

С 1 апреля 2024 года:

🔹фиксированные ставки акцизного налога на нефтепродукты проиндексированы на 12%;

🔹введен акцизный налог на:
▫️напитки газированные, содержащие сахар или другие подслащивающие или вкусо-ароматические вещества и упакованные в потребительскую упаковку (за исключением энергетических и тонизирующих напитков) - 500 сумов за литр;
▫️энергетические и тонизирующие напитки - 2 000 сумов за литр.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads