Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.87K photos
1.88K videos
153 files
8.31K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etildi.

Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan.

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:

▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalari uch kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.

Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilish vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinyapti.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi toifasi va bali test rejimida soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetiga joylashtirildi

Savdo sanoat palatasi saytida "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi" test rejimida ishga tushirildi*
👉 https://chamber.uz/contractor-rating

Reyting toifasi va ballari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetida ham aks etmoqda.

Bunda tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Ushbu reytingda past ball olgan korxonalarga jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Yuqori ballga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi.

❗️*Platforma vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish jarayonida test rejimida ishlamoqda. Reytingni to‘liq va to‘g‘ri baholanishi hamda mezonlar kesimida aniqlash metodikasi bilan 15-fevraldan ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
___________
#рейтинг_устойчивости

Категории и баллы рейтинга устойчивости в тестовом режиме доступны в персональном кабинете налогоплательщиков

Рейтинг устойчивости предпринимателей в тестовом режиме запущен*
на сайте Торгово-промышленной палаты
👉 https://chamber.uz/contractor-rating

Категории и баллы рейтинга также отражаются в персональном кабинете налогоплательщика.

Субъекты предпринимательства разделяются на следующие категории:
▪️категории «ААА», «АА» и «А» высокий рейтинг устойчивости;
▪️категории «ВВВ», «ВВ» и «В»средний рейтинг устойчивости;
▪️категории «ССС», «СС» и «С» удовлетворительный рейтинг устойчивости;
▪️категория «D» низкий рейтинг устойчивости.

В отношении организаций с низким рейтингом не предусмотрены меры наказания.

Предприниматели с высоким рейтингом будут поощряться.

❗️ *Электронная платформа находится в процессе интеграции с базами данных министерств и ведомств. Правильная и полная оценка рейтинга, а также возможность ознакомления с методикой определения критериев появится с 15 февраля.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Navoiy #Bobur

Ikki buyuk siymoga ehtirom


Soliq qo‘mitasida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Ikki buyuk siymoga ehtirom” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova she’riyat mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi A.Navoiy hamda shoh va shoir, oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, Z.M.Bobur hayot yo‘llari hamda o‘lmas asarlari avlodlar uchun ma’rifat mayog‘i bo‘lib xizmat qilishi xususida so‘z yuritdi.

Shuningdek, soliq to‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamiyatda soliq organlari ijobiy imijini oshirishda tizim xodimlarining nafaqat sohaviy bilimi, balki yuqori ma’naviy salohiyati ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal pinned «#barqarorlik_reytingi Barqarorlik reytingi toifasi va bali test rejimida soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetiga joylashtirildi Savdo sanoat palatasi saytida "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi" test rejimida ishga tushirildi* 👉 https://ch…»
#elon

Hurmatli soliq toʻlovchilar!

Elektron soliq xizmatlarining uzluksiz va sifatli ishlashini taʼminlash maqsadida joriy yilning 10-11-fevral (shanba va yakshanba) kunlari maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz va my3.soliq.uz saytlari orqali elektron hisobotini yuborish xizmati vaqtinchalik ishlamaydi.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях обеспечения бесперебойной и качественной работы электронных налоговых услуг 10-11 февраля (суббота и воскресенье) в центре обработки данных запланировано проведение профилактических работ.

Во время профилактических работ временно будет недоступна услуга по отправке электронной отчетности через сайты my.soliq.uz и my3.soliq.uz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy #Bobur

Ulug‘ ajdodlar o‘giti yoshlar uchun hayotiy qo‘llanmadir

Bundan besh asr oldin Hazrat Navoiy asarlarida ulug‘lagan insoniylik hamda shoirlar shohi va shohlar shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur dilidagi Vatanga oshiqlik, yurt sog‘inchi ular bitgan asarlarda bo‘y ko‘rsatib, har bir o‘qirmanni ezgulikka, elparvarlikka, sadoqatga chorlab turibdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Jamila Shermuhammedova Soliq qo‘mitasida o‘tkazilgan "Ikki buyuk siymoga ehtirom" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas bitiklari bugun ham avlodlari uchun dasturilamal bo‘lib kelayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

❗️Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari diqqatiga!

Joriy yilning 13-fevral kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish hamda reytingni aniqlash mezonlari bilan tadbirkorlarni tanishtirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi.

Uchrashuvga savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari rahbarlari va ularning hisobchilari taklif etiladi!

13-fevral, 15:00

📍 “InterContinental Tashkent” (Trilliant) mehmonxonasi — LOKATSIYA

Ro’yxatdan o‘tish: https://forms.gle/Ft8n26tYf6PwjcVc9

Batafsil ma’lumot uchun:
📞
+998781506006

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim
👉 Soliq kodeksi 440-modda

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 433-modda

Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️qishloq va dehqon xoʻjaligi uchun berilgan;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan;
▫️jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchilik uchun berilgan,
▫️yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan;
▫️meros yoki hadya qilingan va sotib olinganda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilganda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari ostidagi yer uchastkalari.
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
👉 Soliq kodeksi 434-modda

👉 Yer solig‘i stavkalarini Soliq qo‘mitasining interaktiv xizmatidan bilib oling

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi

Mustaqil baholash natijalari soliq organiga qanday yuboriladi?

2024-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln soʻm.


Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past boʻlsa, soliq toʻlovchilar koʻchmas mulk qiymatini soliq maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Joriy yil 1-martga qadar fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuboriladi.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads