Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.8K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
150 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yarmarka

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari – el xizmatida

⚖️Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligi va xavfsizligini hamda xalqimizni arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

🧮Savdo yarmarkalarida taʼminot korxonalari hamda dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular tomonidan go‘sht, tuxum, baliq, kartoshka, sabzi, piyoz, o‘simlik va paxta yog‘i hamda un mahsulotlari arzon narxlarda sotuvga qo‘yilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yarmarka

Savdo yarmarkalari: narxlar xaridorlarga, sharoitlar tadbirkorlarga manzur bo‘lmoqda

Aholi isteʼmoli uchun zarur bo‘lgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash, aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Daladan — dasturxonga” tamoyili asosida dehqon bozorlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🧮Yarmarkaga taʼminot korxonalari hamda dehqon va fermer xo‘jaliklari jalb qilinib, xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida nazorat-kassa texnikalari hamda to‘lov terminallari o‘rnatildi.

📍Qashqadaryo, Surxondaryo va Qoraqalpog‘iston dehqon bozorlarida tashkil etilgan yarmarkalar faoliyati "Reportaj 24" da

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yarmarka

“Daladan — dasturxonga” tamoyili asosida savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda

🍇🥕🥩Yurtimiz bozorlari sarxil qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘la. Ayni jarayonda aholini qulay narx-navodagi mahsulotlar bilan taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Samarqand viloyati dehqon bozorlarida davlat soliq xizmati organlari va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Daladan dasturxonga” tamoyili asosida arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yarmarka

Hamyonbop narxlar aholiga manzur bo‘lmoqda

⚖️Bozorlarda mahsulotlarning mo‘l-ko‘lligi dasturxonlarimiz to‘kinligiga xizmat qiladi. Bunda albatta narx-navoning hamyonbopligi muhim ahamiyatga ega.

🔸Davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlarda narxlarning barqarorligini va aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yarmarka

Yarmarkalarda mahsulotlarning arzon va mo‘l-ko‘lligi dasturxonlarimiz to‘kinligiga xizmat qilmoqda

Rastalarda
🥩mol go‘shti 55000
🐔tovuq go‘shti 24000
🛢yog‘ 16000
🥚tuxum 1000
🥔kartoshka 3500 so‘mdan sotuvga qo‘yilgan

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yarmarka

Bayramoldi savdo yarmarkalari el xizmatida


Yangi yil bayrami arafasida aholiga qulaylik yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash maqsadida Soliq xizmati organlari va qator tashkilotlar hamkorligida bayramoldi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Ayni paytda respublikamizdagi 215 ta dehqon bozorlari va 31 ta aholi gavjum joylarda yangi yil savdo yarmarkalari tashkil etilgan boʻlib, goʻsht, tuxum, yogʻ, kartoshka, sabzi, guruch va boshqa asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda aholiga taqdim etilmoqda.

Yarmarkaga taʼminot korxonalari hamda dehqon va fermer xoʻjaliklari jalb qilinib, xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida nazorat-kassa texnikalari hamda toʻlov terminallari bilan jihozlangan.

Savdo qoidalariga rioya etish, xususan, narxlarni sunʼiy oshirish, toʻlov terminallaridan foydalanmaslik holatlarining oldini olish maqsadida yarmarkalarga 600 nafarga yaqin soliq organlari xodimlari biriktirilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads