Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
151 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#soliqchi_komakchi #onlayn_NKT

🔴 Onlayn chek maʼlumotlari soliq hisobotlarida aks etmayapti. Bu holatga nima sabab bo‘lishi mumkin

⚙️AOS va QQS hisobotlaridagi maʼlumotlar onlayn-NKT cheklari maʼlumotlari asosida soliq to‘lovchining (my.soliq.uz va my3.soliq.uz) shaxsiy kabinetida "Cheklar bo‘yicha hisobot” bo‘limida avtomatik shakllanadi.

🧾Soliq hisobotlari va onlayn-NKT chek maʼlumotlari o‘rtasida tafovut aniqlaganda buni shaxsiy kabinetda real vaqt rejimida yangilash inkoniyati mavjud:

🔹my.soliq.uz - “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” ➡️ “Cheklar bo‘yicha hisobot” ➡️ “Yangilash”

🔹my3.soliq.uz - “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari” ➡️ Kunlik hisobot ➡️ "Hisobotni yangilash"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#онлайн_ККТ

🔴 Данные онлайн чека не отражаются в налоговой отчетности, в чем причина

⚙️ Данные отчётностей по налогу с оборота и НДС на основе чеков онлайн-ККТ автоматически формируются в разделе «Отчёт по чекам» в персональном кабинете (my.soliq.uz va my3.soliq.uz).

Если между сведениями чеков онлайн-ККТ и налоговой отчетностью выявлены расхождения, то можно обновить их в режиме реального времени через персональный кабинет:

🔹my.soliq uz - “Информация об онлайн-ККМ и виртуальных кассах ЮЛ➡️ Отчёт по чекам ➡️ “Обновить”

🔹my3.soliq.uz - “Информация об онлайн контрольно-кассовой технике юридических лиц➡️ Ежедневный отчёт ➡️ "Обновить отчёт "

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори билан Шерзод Давлятович Кудбиев Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Солиқ қўмитаси раиси лавозимига тайинланди. Шу муносабат билан у Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёт ва молия вазири лавозимидан озод этилди.

Постановлением Президента Республики Узбекистан Кудбиев Шерзод Давлятович назначен на должность председателя Налогового комитета при Кабинете Министров Республики Узбекистан. В связи с этим он освобожден от должности министра экономики и финансов Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|Twitter
#tayinlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sherzod Davlyatovich Kudbiyev Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatini mahalla darajasigacha tushirish, hududlardagi tadbirkorlarning soliq ma’murchiligi bilan bog’liq muammolarini o‘rganish va joyida bartaraf etish maqsadida yangi tizim joriy qilinmoqda.

📊Ishchi guruh Termiz shahridagi mahallalarda tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rganmoqda, faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarni faoliyatini tiklash, bo‘sh turgan binolardan unumli foydalanish, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#imtiyoz

Nodavlat taʼlim tashkilotlarida malaka oshirish uchun toʻlovlar soliqqa tortilmaydi

Soliq toʻlovchilarning quyidagilarni toʻlash uchun yoʻnaltirilgan BHMning 8 baravarigacha* boʻlgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi:

🔹xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallari
(badallarning toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat mavjud boʻlganda);
🔹qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga toʻlovlar
(kursni tugatganlik toʻgʻrisida berilgan hujjat mavjud boʻlganda).

👉
Soliq kodeksi 378-modda 21-band

📌*BHM 8x330 000 = 2 640 000 soʻm

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Ta'lim uchun to‘lov soliqqa tortilmaydi

Professional va oliy ta‘lim tashkilotlariga
jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta‘lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉 PF-67-son 11-band 08.05.2023
👉Soliq kodeksi 378-modda

Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim. Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.


Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo'lsangiz, shartnoma summasini o'zingiz (naqd yoki bank kartasi orqali) mustaqil ravishda to'lagan bo'lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to'langan daromad solig'ini qaytarishingiz mumkin.

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlari hisob raqamiga (ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplaganda tijorat banki hisob raqamiga) pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.


Agar ta'lim uchun yo‘naltirilgan mablag'lar miqdori jami yillik daromaddan ortiq bo'lsa, boshqa oila a'zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to'langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo'llanilgan summa miqdori to'g'risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.

Agar siz va sizning oila a'zolaringiz turli hududlardagi davlat soliq organlarida ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, u holda imtiyozni qo'llamoqchi bo'lgan shaxs boshqa hujjatlar bilan birga oilaning qolgan a'zolari ushbu imtiyozni hali qo'llamaganligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etadi.

👉 JShODS imtiyozlarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizom

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 5-avgust
dam olish (shanba) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 7-avgustga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
___
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 5 августа - выходной день (суббота), крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 7 августа.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.
👉ст.5 Налогового кодекса
👉ст.86 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 7-avgust

iyul oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizom 7-band).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 7 августа 2023 года последний день

за июль:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlarning soliq maʼmurchiligi bilan bogʻliq muammolarini oʻrganish va joyida hal etish boʻyicha Margʻilon shahrida ishchi guruh oʻrganishlar olib bordi

📊Ishchi guruh tomonidan past quvvatda ishlayotgan korxonalar, boʻsh va foydalanilmay turgan yer va binolar oʻrganilib, faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarni faoliyatini tiklash, past quvvatdagi korxonalarni faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek,20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasida taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari va yengilliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#mol_mulk_soligi

Mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga masofadan yuborish mumkin

💻Soliq to‘lovchilar egaligidagi ko‘chmas mulk obyektlarining mustaqil baholash natijalarini my3.soliq.uz saytidagi “Mol-mulkni baholash natijalarini taqdim etish” interaktiv xizmati orqali soliq organlariga masofadan yuborish mumkin.

⚙️Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan ushbu xizmatdan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan maxsus qo‘llanma bilan 👉 bu еrda tanishing!

❗️Agar soliq to'lovchilar egaligidagi ko‘chmas mulk obyekti mustaqil baholanmagan bo‘lsa, ular mol-mulkning minimal qiymatini hisobga olgan holda ma'lumotnoma taqdim etadi.

Shuningdek, yuridik shaxslar obyektini joriy yilda mustaqil baholagan bo‘lsa, mol-mulk solig‘i bazasi baholangan oydan boshlab baholash natijalari asosida hisob-kitob qilinadi.

Soliq to‘lovchilar egaligidagi obyektning 1 kv.metri qiymati Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli.

Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.

👉Soliq kodeksi 412-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#yuridik_shaxs #YTT

2023-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan

🔹Yuridik shaxslar soni – 574 644 ta;

🔹
Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni – 245 965 ta.
______
#юридические_лица #ИП

По состоянию на 1 августа 2023 года в Узбекистане осуществляют деятельность:

🔹 574 644 юридических лица;

🔹 245 965 индивидуальных предпринимателей.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#imtiyoz

Moliyaviy va xalqaro tashish xizmatlari uchun soliq imtiyozidan qanday foydalaniladi?

▫️Kreditlarni, zayomlarni pul va qimmatli qog‘oz shaklida, shu jumladan foizlar bilan berish;
▫️REPO operatsiyalari, shu jumladan ular bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar berilganligi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pul summalari QQSdan ozod etilgan – ID-103277.
👉 Soliq kodeksi 244-modda 7-band

▪️Shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistondan eksport qilinadigan tovarlarni tashish, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun QQS “nol” stavkasi qo‘llaniladi – ID-103312.
👉 Soliq kodeksi 263-modda 4-bandi

Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali asoslantiruvchi hujjatlarni* ilova qilgan holda shaxsiy kabinetdan murojaat yo‘llash lozim.

👉“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish” xizmatidan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

*asoslantiruvchi hujjatlar - faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beruvchi guvohnoma yoki litsenziya, kontragent bilan tuzilgan shartnoma nusxasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#льгота

Как воспользоваться льготой по финансовым услугам и услугам международных перевозок?

▫️Предоставление кредитов, займов в денежной форме и ценными бумагами, включая проценты по ним,
▫️операции РЕПО, включая денежные суммы, подлежащие уплате за предоставление ценных бумаг по операциям РЕПО
освобождаются от НДС – ID льготы 103277.
👉 п.7 ст.244 НК

▪️Вместе с этим к услугам, оказываемым перевозчиками — юридическими лицами, по перевозке или транспортировке экспортируемых за пределы Узбекистана товаров, а также вывозу продуктов переработки применяется нулевая ставка НДС – ID-103312.
👉п.4 ст.263 НК

Чтобы воспользоваться этими льготами, нужно подать обращение с прикреплением подтверждающих документов* через персональный кабинет при помощи интерактивной услуги «Обращение по использованию налоговой льготы».

👉Инструкция по использованию интерактивной услуги “Обращение по использованию налоговой льготы”

*подтверждающие документы - свидетельство или лицензия, подтверждающие разрешение на осуществление деятельности, копия договора, заключённого с контрагентом

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish to‘g‘risida

“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish”
interaktiv xizmati my3.soliq.uz portalida test rejimida ishga tushirilgan.

Ushbu xizmatdan yuridik shaxslar, QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YTTlar foydalanishi mumkin.

Interaktiv xizmat orqali imtiyoz mavjud bo‘lgan ko‘chmas mulk egalik huquqi yoki maydoni o‘zgarganda ham ushbu obyekt uchun murojaat yuborish mumkin.

Buning uchun “Sotib yuborilgan yoki yer maydoni o‘zgargan maydonlar” oynasida tegishli ma’lumotlar (davr, hudud va kadastr ma’lumotlari) ko‘rsatilishi lozim.

👉“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish” xizmatidan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

👉Eslatma: mavjud soliq imtiyozlari havolada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM