Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.9K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
148 files
8.28K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan bank hisobvaraqlariga asossiz ravishda inkasso topshiriqnomasi qoʻyilganligi haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

Soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlarni toʻlash maqsadida joriy yilning 20-yanvar (juma) kuni bank ish kuni tugagandan (17:00dan) soʻng tijorat banklariga toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgan (elektron yoki qogʻoz koʻrinishida).

Bank ish kuni tugaganligi sababli mijoz (soliq toʻlovchi)larning toʻlov hujjatlari banklar tomonidan ushbu sana bilan qabul qilinmagan.

Toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilgandan keyingi kunlar dam olish kuni (shanba, yakshanba) boʻlganligi uchun Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga tijorat banklarining toʻlov topshiriqnomalarni qabul qilganligi toʻgʻrisida elektron axboroti kelib tushmagan.

Natijada, joriy yil 23-yanvar (dushanba) kuni avtomatlashgan tizim orqali shakllangan inkasso topshiriqnomalari inson omili ishtirokisiz ushbu soliq toʻlovchilarning bank hisobvaragʻiga joʻnatilgan. Oʻz navbatida, tijorat banklari ish kuni boshlangan soʻng toʻlov topshiriqnomalarini ijroga qabul qilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar tezkorlik bilan oʻrganilib, ortiqcha toʻlangan mablagʻlar belgilangan tartibda qaytarilmoqda.

👉To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
#официальная_информация

В социальных сетях распространяются сообщения о том, что налогоплательщиков принуждают к переходу на уплату налога с оборота в фиксированной сумме.

В связи с этим сообщаем следующее.

В соответствии с внесенными в законодательство изменениями с 1 января 2023 года налогоплательщикам предоставлено право уплаты налога с оборота в фиксированной сумме.

Налоговыми органами среди налогоплательщиков активно проводится разъяснительная работа о предоставленных возможностях: посредством семинаров, через персональные кабинеты, а также официальные аккаунты территориальных налоговых органов в социальных сетях.

Переход на уплату налога с оборота в фиксированной сумме не является обязательным, а осуществляется только на добровольной основе.

Если
Вы столкнулись с тем, что сотрудники налоговых органов принуждают к переходу на уплату налога с оборота в фиксированной сумме, сообщите об этом через специальный Telegram-бот @dsq_anticorrupciya_bot

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining axboroti

Prezident farmoniga muvofiq Soliq qo‘mitasi 2023-yil 1-oktabrga qadar tajriba tariqasida QQS to‘lash bo‘yicha soliq uzilishi aniqlanganda soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirishi mumkin.

QQS bilvosita soliq bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun uning neytralligi hisob-kitob mexanizmi orqali ta’minlanishi sababli, tovar (xizmat)lar realizatsiyasining har bir bosqichida soliq budjetga to‘lanishi zarur.

Shuni amalga oshirish maqsadida intizomsiz soliq to‘lovchilar tomonidan QQSni noqonuniy qoplashni oldini olish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi.

Bu Yevropa va MDH davlatlarida keng qo‘llaniladigan butunjaxon amaliyotdir. Ushbu mamlakatlarning soliq ma’murchiligida tovar (xizmat)larni yetkazib berish zanjirida QQS uzilishlari aniqlanganida, soliqni asossiz qoplashda nafga ega bo‘layotgan benefitsiarlarni aniqlash uchun bunday yetkazib berish jarayonlarida ishtirok etgan barcha shaxslarga nisbatan qat’iy soliq nazorati tadbirlari o‘tkaziladi.

❗️Muhim. Tajriba doirasida o‘tkaziladigan soliq nazorati choralari ommaviy xarakterga ega bo‘lmaydi.

Biroq, soxta tadbirkor - soliq to‘lovchilar tomonidan QQSni budjetga to‘lamaslik shart-sharoitlarining yaratilishi tovar (xizmat)larni yetkazib berish zanjirining barcha ishtirokchilarini, hatto ular bilan bog‘liq bo‘lmagan insofli tadbirkorlarni, soliq huquqbuzarligi sodir etlishi mumkin bo`lgan xavf guruhiga kirib qolishiga olib kelmoqda.

Shu bois, soliq organlarining vazifasi haqiqiy benefitsiarlar hamda ularga aloqador shaxslarni va noqonuniy qoplangan soliqlarni aniqlashdan iborat.

Bugungi kunda Soliq qoʻmitasining soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirish tajribasi qoʻshilgan qiymatni yaratish va oʻtkazish, shuningdek, QQSni budjetga toʻlash zanjirining toʻliq xaritasini shakllantirish imkonini beradi.

Ushbu imkoniyatdan kelib chiqib, soliq uzilishi ko‘rsatkichini qoʻllash faqat soliqdan qochishning agressiv usullariga murojaat qiladigan intizomsiz soliq to‘lovchilarga nisbatan amalga oshiriladi.

Ta’kidlash joizki, manzilli ishlar firibgarlik sxemalardan foydalangan holda asossiz soliq nafi olish bilan bog‘liq bo‘lmagan insofli soliq to‘lovchilarning huquqlarini himoya qilish imkonini beradi. Bunday aniq va manzilli ishlarni amalga oshirish zarurligi ishbilarmon doiralar va professional jamoatchilik vakillari tomonidan ham bildirilgan.

Tajriba keng jamoatchilik va ekspertlar hamjamiyatini jalb qilgan holda o‘tkaziladi va uning natijalari, jumladan, dastlabkilari OAVda yoritiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

FACE ID – foydalanuvchilar uchun xavfsizlik kafolati

Soliq mobil ilovasi orqali 2 099 554 ta foydalanuvchiga jami 890,1 mlrd so‘m keshbek tasdiqlab berildi.

❗️Shu bilan birga keshbeklarni to‘plash va uni olishda firibgarlik holatlari yoki shubhali xaridorlar ko‘p uchramoqda.
20 mingdan ortiq foydalanuvchi shubhali xaridorlar ro'yxatiga tushgan.

📱 Face ID dan o‘tish talabi bosqichma-bosqich kiritildi. Buning uchun ko‘p narsa talab etilmaydi, faqat 2 ta amal bajariladi (aksariyat 30 sekundgacha vaqt oldi), xolos:
🪪 jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) kiritish;
🤳 yuzni to'liq suratga olib tasdiqlashga yuborish.

🎧Murojaatlarni 24/7 rejimda 1198 call markaz orqali qabul qilamiz. 💯 Iste'molchilar va haqiqiy foydalanuvchilarning keshbek olishi kafolatlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM