Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.6K subscribers
8.11K photos
1.98K videos
162 files
8.57K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#hashar

Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki

Bugun xalqimizning qadimiy va ezgu va qadriyatiga muvofiq, butun mamlakatimiz boʻylab “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Xalqimizning sevimli bayrami Navroʻz ayyomini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyogarlik koʻrish maqsadida oʻtkazilgan hasharda mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar va koʻchalar obodonlashtirildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogiron va keksalar holidan xabar olindi.

Soliq qoʻmitasi markaziy apparati, hududiy soliq boshqarmalari hamda qoʻmita tasarrufidagi tashkilotlarda faoliyat koʻrsatuvchi xodimlar ham ushbu xayriya hasharida faol ishtirok etdi.

Yurtning obod boʻlishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshishni insoniy burchi deb bilgan soliq xizmati organlari xodimlari hasharni bino atrofiga gul koʻchatlari va manzarali daraxt koʻchatlari ekish bilan boshladi. Atrof supurib-sidirildi, chang gʻuborlardan tozalandi.

Hashar chin maʼnoda ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatlik ramzi ekanini yana bir karra namoyon etdi.

Soliq qoʻmitasi Axborot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter