Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
151 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#savol_javob
#soliq_tekshiruvi

- Men tadbirkorman. Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali menga tegishli savdo nuqtasiga "chek bermaslik" bo‘yicha shikoyat kelib tushsa, uni tekshirish tartibi qanday bo‘ladi? Ushbu shikoyat xodimlar rasman ishga olingan yoki olinmaganligi, ularning tibbiyot kitobchasi (medknijka) mavjudligi, kassadagi naqd pullar, ijara shartnomasi va shu kabi boshqa malumotlarni tekshirishga asos bo‘ladimi?

- Sayyor soliq tekshiruvi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan o‘tkaziladi.

Nazorat-kassa texnikasi (NKT) va (yoki) hisob-kitob terminallari qo‘llanilishi nazoratini amalga oshirishda, quyidagilar tekshirilishi belgilangan:
🔹soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan NKT va hisob-kitob terminali tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi;
🔹xaridorlarga NKT cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi.

👉VM-1-son qarori, 2-ilova 78-band.

Sayyor soliq tekshiruvlari tekshiruv dasturida ko‘zda tutilgan me’yoriy hujjatlarga asosan tekshiruv o‘tkazilishi tushuntiriladi.

Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirishda ushbu dasturga asosan quyidagilar tekshirilishi mumkin:
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, faoliyat turi va joyining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;
🔸
soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, ushbu mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida mol-mulkka va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi.

👉VM-1-son qarori, 2-ilova 68-band.

Sayyor soliq tekshiruvi doirasida soliq to‘lovchi — yuridik shaxslar ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotida aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.

👉VM-1-son qarori, 2-ilova 90-band.

Sayyor soliq tekshiruvi doirasida uni amalga oshirish dasturida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi kerak.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_tekshiruvi

Agar tadbirkorga chek berilmaganligi haqida shikoyat kelib tushsa, soliq tekshiruvi qanday o'tkaziladi?

Bunday holda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa texnikasi (NKT) qo‘llanilishi yuzasidan sayyor soliq tekshiruvi o‘tkaziladi.

Jumladan quyidagilar tekshiradi:
🔹soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan NKT va hisob-kitob terminali tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi;
🔹xaridorlarga NKT cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi.
👉VM-1-son qarori, 2-ilova 78-band.

Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq uni amalga oshirish dasturini tasdiqlaydi, unda tekshirilishi kerak bo‘lgan masalalar ro‘yxati aks ettiriladi.

Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirishda ushbu dasturga asosan quyidagilar tekshirilishi mumkin:
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, faoliyat turi va joyining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;
🔸
soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, ushbu mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida mol-mulkka va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi.
👉VM-1-son qarori, 2-ilova 68-band.

Sayyor soliq tekshiruvi doirasida soliq to‘lovchi — yuridik shaxslar ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotida aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.
👉VM-1-son qarori, 2-ilova 90-band.

Sayyor soliq tekshiruvi doirasida uni amalga oshirish dasturida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi kerak.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi
#soliq_tekshiruvi

Tekshiruvlar vaqtida soliq organi tomonidan hujjatlarni qayta talab qilish qonuniymi?

Soliq tekshiruvi va soliq nazoratining boshqa tadbirlari davomida soliq organlari tekshirilayotgan shaxsdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:
▫️tekshiriluvchi shaxsning oldingi kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlarida soliq organlariga taqdim etilgan hujjatlari;
▫️soliq monitoringi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari.
Agar hujjatlarning asl nusxalari avval soliq organiga taqdim etilgan va keyinchalik soliq to‘lovchiga qaytarilgan bo‘lsa yoki soliq organiga taqdim etilgan hujjatlar fors-major holatlari tufayli yo‘qolgan bo‘lsa, hujjatlar qayta talab qilib olinishi mumkin.
👉 Soliq kodeksining 146-moddasi 11-qismi

Soliq to'lovchining bu huquqi Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ham mustahkamlangan.
👉VMQ 1-son 2-ilova 17 band
__________
#знаете_ли_вы
#налоговая_проверка

Правомерно ли повторное истребование налоговым органом документов при проверках?

В ходе налоговой проверки и иных мероприятий налогового контроля налоговые органы не вправе истребовать у проверяемого лица:
▫️документы, которые уже были представлены в налоговые органы при проведении предыдущих камеральных или выездных налоговых проверок проверяемого лица,
▫️заверенные копии документов, представленные в ходе налогового мониторинга.

Документы могут быть истребованы повторно, только если ранее в налоговый орган были представлены, а впоследствии возвращены налогоплательщику подлинники документов, или документы, представленные в налоговый орган, были утрачены вследствие обстоятельств непреодолимой силы.
👉ч.11 ст.146 НК

Это право налогоплательщика закреплено и в Положении о порядке организации и проведения налоговых проверок.
👉п.17 Прил.№2 к ПКМ от 07.01.2021 г. №1

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram