Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
151 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iste'molchilarga yil boshidan to‘langan keshbek 72 mlrd so‘mdan oshdi

Joriy yil 29-aprel - 6-may kunlari o‘rganish natijalaridan kelib chiqib yanvar-mart oylari uchun yana 4,2 mlrd so‘m keshbek iste'molchilarga to‘lab berildi.
Natijada yil boshidan to‘langan summa 72,3 mlrd so‘mga yetdi.

🧾Keshbek olish uchun chek qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?
📲"keshbek" mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

☝️Eslatib o‘tamiz, aprelda yig‘ilgan keshbek summasi 21-25-mayda isteʼmolchilarga to‘lab beriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonun_loyihasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Loyiha muhokamasi joriy yil 14-maygacha davom etadi.

👉Batafsil
__________
#законопроект

На портале обсуждения проектов нормативно-правовых актов размещен проект документа «О признании утратившими силу отдельных ведомственных нормативно-правовых актов, принятых Государственным налоговым комитетом Республики Узбекистан».

Обсуждение проекта продлится до 14 мая текущего года.

👉Подробнее

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#imtiyoz

Avvalroq O‘RQ 767-son Qonun bilan bir qator mahsulotlarni QQSdan ozod etish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.

Shu munosabat bilan "E-imtiyoz" tizimiga:

go‘sht (mol va qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlar (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek, ularni O‘zbekistonga olib kirishga taqdim etilgan imtiyoz uchun yangi ID-kod 104004 qo‘shildi;

o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish, shuningdek o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma imtiyoz muddati uzayturildi ID-kodi 103012 o‘zgarishsiz qoldi.

👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha elektron murojaat qanday yuboriladi?
______________
#льготы

Ранее сообщалось, что в соответствии с №ЗРУ-767 до 31 декабря 2022 года продлен срок освобождения от НДС ряда продуктов.

В связи с этим в системе "E-imtiyoz":

добавлен новый ID-код льготы 104004 - для оборота по реализации мяса (говядины, баранины), этих животных в живом виде и продуктов их убоя, картофеля, а также их ввоза на территорию Узбекистана;

продлен срок действия льготы и остался без изменений ID-код 103012 - для ввоза растительного масла, семян подсолнечника и льна, соевых бобов, а также оборота по производству и (или) реализации растительного масла (кроме хлопкового масла).

👉Как подать электронное обращение по использованию налоговых льгот?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Soliq huquqbuzarliklari to'g'risidagi murojaatlar asosida o‘tkazilayotgan tekshiruvlarga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan eʼtirozlarga mutaxassis javobi

👉Chek berilmaganda tekshiruvlar qanday o‘tkaziladi

👉Onlayn-NKM, virtual kassa va 2D-skaner sotib olgan tadbirkorlar soliqlarni kamroq to‘laydi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#9_may

Yurtimiz tinch turmushimiz farovon. Bunda albatta Vatan ozodligi, yurt mustaqilligi uchun jonini fido qilgan jasur vatandoshlarimizning beqiyos hissasi bor.

9-may – Xotira va qadrlash kuni
munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati Qumqo‘rg‘on tumanining “Munchoqtepa” mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Musayev Hayit boboning xonadonida bo‘ldi.

Samimiy muloqot chog‘ida qahramonimiz urushning suronli damlarini yodga olib, bugungi dorilomon kunlarga shukr qilish va uning qadriga yetish kerakligini ta’kidladi.

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#9_may

Siz hamisha yonimizda va yodimizdasiz, aziz faxriylar!!!

Davlat soliq qo‘mitasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan soha faxriylari sharafiga bayram tadbiri tashkil etildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#9_may

“Siz doim yodimizda va yonimizdasiz faxriy hamkasblar!” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbirda soliq sohasida mehnat qilib hozirda keksalik gashtini surayotgan va ayni kunlarda o‘z tajribasi bilan yosh kadrlarga o‘rnak bo‘layotgan faxriy xodimlar uchun turli ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi.

Shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida keyingi yillarda erishilgan yutuqlarning elektron taqdimoti o‘tkazildi.

Fiskal institut professor-o‘qituvchilari Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi va “Temur tuzuklari”da soliqqa oid g‘oyalarning tutashuv nuqtasi haqida qiziqarli maʼruzalar qildi.

Tadbir davomida faxriylarning dil so‘zlari tinglandi. Ularga davlat soliq xizmati organlarining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#9_may

Xotira abadiy, jasorat mangu!

Aziz yurtdoshlar, muhtaram faxriylar Sizlarni va ko‘pmillatli butun xalqimizni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 77 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Sizlarning fashizmga qarshi mardona kurashib buyuk G‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissangiz haqiqiy qahramonlikdir.

Ushbu qutlug‘ ayyomda urush va mehnat faxriylariga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimiz, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy, jasorati mangudir.

Bugun mustaqil Vatanimiz ozodligi, el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur harbiylarimizni ham hurmat va ehtirom bilan yodga olish zarur.

Ularning jasorati hech bir zamonda unutilmaydi.
Davlatimiz tomonidan ularning oila aʼzolari, farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘satilib, ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

Shu kunlarda bugungi osoyishta kunlar uchun jon fido qilgan vatandoshlarimizning so‘nmas xotirasini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Bugun Toshkent shahrida, barcha viloyat va tumanlarda Xotira maydonlari to‘lib-toshgan, urushda halok bo‘lgan vatandoshlarimiz yod etilmoqda, faxriylar holidan xabar olinmoqda.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ham
bayram arafasida muhtaram faxriylarimiz bilan samimiy uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga mukofotlar, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hurmatli vatandoshlar, muhtaram faxriylar ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan sizlarni yana bir bor tabriklayman.

Hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram